H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Korxonalarda kasbiy kasallik va zaharlanishlarni tekshi-


Download 485.49 Kb.
bet76/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Korxonalarda kasbiy kasallik va zaharlanishlarni tekshi-
rish. Korxonalarda kasbiy kasalliklar va zaharlanish hodisalari
yuz berganda F.058/U shakldagi xabarnoma dSENMga yubo-
rilgach, 24 soat davomida (o‘tkir holatda) va 7 kun davomi-
da (surunkali holatda) kechiktirilmasdan tekshirish o‘tkazilishi
shart. F.058/U shoshilinch xabarnomasi olingach, bajariladigan
ishlar tartibi qu yidagicha:
1. Kasb kasalliklari va zaharlanish holatlarini tekshirish
bo‘yicha hay’at tuzish.
2. quyidagi ma’lumotlar asosida kasb kasalliklari,
zaharlanish sabablari va vaziyatlarini aniqlash:


149
– kasbiy zaharlanish (kasallik) qachon va qanday vaziyat-


da sodir bo‘lgan;
– mehnat sharoitlarining tashkil etilganligi, uning sifat va
miqdoriy­tavsifi;
– zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirining oldini olish
bo‘yi cha belgilangan tadbirlar;
– shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
– ishchilarning texnik xavfsizlik bo‘yicha o‘qitilganligi
haqidagi ma’lumotni o‘rganish.
3. Kasbiy zaharlanishlar va kasb kasalliklari holatlarini
tekshi rish bayonnomasini tuzish (F 362/U).
4. Kasbiy zaharlanish (kasallik) kelib chiqishining sabablari
haqi da hay’at xulosasini tayyorlash va yana kasallanish
hodisalariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar
belgilash.
Umumiy va kasbiy kasallanish natijalarini tahlil qilish.
Ishchilarning kasallanishini o‘rganish va tahlil qilishning asosiy
vazifalari quyidagilar:
– kasallanish, mehnat sharoiti va mehnat faoliyatining xususi-
yati orasidagi bog‘lanishni aniqlash;
– sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Kasallanishni o‘rganishda, asosan, uchta usul qo‘llaniladi:
1)­davolash-profilaktika­muassasalarida­murojaatlar­bo‘yicha­
o‘rganish (bunda ishdan ozod etilmagan holda birlamchi muro-
jaatlar yoki vaqtincha mehnat qobiliyatining yo‘qotilishiga olib
kelgan hollar qayd etiladi);
2)­tibbiy­ko‘riklar­natijasiga­ko‘ra­o‘rganish­(profilaktik­dis-
panserizatsiya, gospitalizatsiya).
3) o‘lim sabablari bo‘yicha o‘rganish.
Birinchi usul – murojaatlar bo‘yicha o‘rganish umumiy
kasallanishni dinamikada o‘rganish imkonini bersa, ikkinchi-


150
si, undan tashqari kasbiy kasallanishni ham o‘rganish imkoni-


ni beradi.
VMqY (vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish)
bilan bog‘liq kasallanishda bemorga kasallik varaqasi
rasmiylashtiriladi va bu vaqtincha ishdan ozod bo‘lishga asos
bo‘la oladi. Birinchi usulda to‘liq ma’lumotga ega bo‘linmaydi.
Bu usul kasallanish haqida butun korxona yoki boshqa korxona
bilan­dinamikada,­boshqa­korxona­bilan­taqqoslagan­holda­fikr­
yuritish imkonini beradi.
Kasallikni chuqur tahlil etganda barcha kasallik ma’lumotlari
„Ishchining vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik varaqasi“ga
kiritiladi.
№ Ko‘rsatkich
Hisoblash usuli
1 Kasallangan
shaxs
Kasallangan shaxslar
soni, 100
Yil bo‘yi kontingentlar soni
2
Hodisalar
Hodisalar soni, l00
Yil bo‘yi o‘rtacha shaxslar
soni
3
Kunlar
Mehnatga yaroqsiz
kunlar, 100
Yil bo‘yi shaxslar soni
4 davomiylik
Mehnatga yaroqsiz
kunlar soni
Kasallik hodisalari soni
5
Taqsimlanish
nisbiy ulushi
(ekstensiv
ko‘rsatkich)
Kasallik hodisalari
(kunlar soni), 100.
Barcha kasalliklar bo‘yicha
hodisalar (kunlar) soni
Ish sharoitida salbiy ta’sirni to‘liq aniqlash uchun 3–5 yil
orasi dagi kasallanishni tahlil etgan ma’qul bo‘lib, kuzatuv-
lar sonining ko‘p bo‘lishi va yuqori statistik aniqlikka erishish
imkonini beradi. 16-VN hisobot shakli bo‘yicha kasallik tahlil
etilganda, ko‘pincha, 100 ish chiga to‘g‘ri keluvchi kasallan-


151
gan shaxslarga to‘g‘ri keladigan hodi salar va yo‘qotilgan kun-


lar ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.
Kasallanishni baholashda Y. L. Notkin tomonidan ishlab
chiqilgan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling