H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet74/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Changning teriga ta’siri. Chang ajralishi bilan bog‘liq
ishlarni bajarishda chang to‘g‘ridan to‘g‘ri teriga tushadi.


146
Bunda teri ga tushgan chang hech qanday reaksiya paydo


qilmasligi mumkin. Ba’zi hollarda esa yallig‘lanishni keltirib
chiqaradi, bunda teri shishadi, qizaradi va og‘riq paydo bo‘ladi.
Yog‘ bezlarining te shiklari berkilib qolsa, papullyoz toshmalar
kelib chiqishi mumkin. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilishi
sababli piodermiya (teri ning yi ringlab ketishi) kuzatiladi.
Bunday holatlar sement ishlab chiqa rishda kuzatila di. Ishqorli
changlarning teriga ta’siri natijasida yarali dermatitlar paydo
bo‘lishi mumkin. Bunday changlarga xrom, ishqorli tuzlar,
mishyak, ohak, soda, kalsiy karbit, osh tuzi, superfosfat
changlari va boshqalar kiradi.
Changning ko‘zga ta’siri. Chang ta’siridan paydo
bo‘ladigan ko‘z kasalliklaridan eng ko‘p tarqalgani konyunktivit 
bo‘lib, buni faqat kuchli ta’sir etuvchi changlar emas, balki
indifferent changlar (paxta, yog‘och, ko‘mir changlari) ham
qo‘zg‘atadi. Toshko‘mir changi o‘tkir konyunktivit paydo qiladi.
Metall va tamaki changi ko‘zning muguz pardasiga ta’sir etadi.
Changdan hosil bo‘ladigan kasalliklarning oldini olish. 
Ishlab chiqarishning chang hosil bo‘ladigan barcha tarmoqlarida
unga qarshi kurash va chang kasalliklarining oldini olish chora-
tadbirlari asosan 3 yo‘nalishda olib boriladi:
1) texnologik;
2) sanitar-texnologik;
3)­tibbiy-profilaktik­tadbirlar.
Texnologik chora-tadbirlar eng samarali usul hisoblana-
di, bunda changning hosil bo‘lishi kamaytiriladi yoki butunlay
bartaraf etiladi. Tog‘ rudasi va ko‘mir sanoatida suvli parma-
lashni joriy qi lish (parmalashda kanalni suv bilan yuvib turish)
havoning­chang­bilan­ifloslanishiga­qarshi­kurashishda­samarali­
usul hisoblanadi. Suvli parmalashda hosil bo‘lgan chang nam-
lanadi va havoga ko‘tarilmaydi. Ko‘mir qatlamlariga oldindan


147
3–4 atm bosimda suv urilganda mahsulot sirti ho‘llanganda, uni


yig‘ib olish, ortish, ta shish va tushirishda chang hosil bo‘lishi
va uning tarqalishi keskin kamayadi.
Tashqi muhitni, aholini changdan himoya qilishda ishlab
chiqa rish korxonalarining sanitariya-himoya qoidalariga rioya
qilish katta ahamiyatga egadir. Bunda „shamol guli“, albatta,
inobatga oli nishi kerak.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling