H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet71/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Dozimetr bilan ishlash. dozimetrlarni ish holatiga kelti-
rish uchun u zaryadlanadi. dozimetr shkalasi 0 da turishi
kerak. Asbob g‘ilofdan chiqarilib, unda shikastlangan joy-
lar bor-yo‘qligi tekshiriladi. Shundan keyin telefonlar ulana-
di. diapazonchalar ulash holatiga qo‘yiladi, dasta esa soat mili
yo‘nalishida oxirigacha bura ladi. Korrektorning tiqini burab oli-
nadi va mikroampermetr mili mexa nik usulda 0 ga keltiriladi.
dozimetr vaqt-vaqti bilan kuza tib boriladi va olingan nurlanish
dozasi shkaladan bevosita rentgen nuri hisobida aniqlanadi. Ish
vaqtida dozimetrni shikastlanishdan saqlash lozim.
Radiometr. Bu asbob yordamida joydagi radiatsiyani
aniqlash va radiatsiya darajalarini o‘lchash, shuningdek, mol-
mulk, oziq-ovqat, suv va har xil buyumlarning radioaktiv
zaharlanganlik darajasini aniqlash mumkin. dP-5A asbobi 6 ta
diapazonga bo‘lingan.
Asbobni ishga tayyorlashda uning ish rejimi qanchalik
yaroq li ekanligi tekshirib ko‘riladi. Asbob qutichadan olinadi
va telefonlar ulanadi. diapazonchalar o‘zgartirgichi qo‘shish
holatiga qo‘yiladi. Rejim dastasi esa oxirigacha buraladi. Mik-
roampermetr 0 ga qo‘yiladi. Himoya plastinkasi o‘z o‘qi atro-
fida­aylantirilib,­nazorat­radioaktiv­modda­ochiladi­va­zont-
ning tayanch chiziqlari g‘ilof qopqog‘iga radioaktiv modda
tuynuk ro‘parasida turadigan qilib o‘rnatiladi. Shundan keyin
almashlab ulagich 1000, 100, 10, 1, 0,1 vaziyatlarga qo‘yiladi.


141
O‘lchash o‘tkaziladigan joyda 5 rentgen-soatgacha bo‘lgan radi-


atsiya darajalari, ikkinchida – 1000 diapazonda 5 rentgen-soat-
dan oshig‘i, birinchida – 200 diapazonda o‘tkaziladi. O‘lchash
vaqtida asbob yerdan 0,7–1 m balandlikda osiladi. Agar mik-
roampermetrning ko‘rsatishi 5 r dan kichik bo‘lsa, diapazon-
chalar o‘zgartirgichi 1000 vaziyatga o‘tkaziladi. Birinchi diapa-
zonda o‘lchash vaqtida ionlovchi nurni o‘lchash pultning gaz-
razryad hisoblagichi, ikkinchi diapazonda o‘lchashda zontning
gaz-razryad hisoblagichi qabul qiladi. Zont va pultning gaz-raz-
ryadlari yerdan bir xil masofada turadi.
Shaxsiy buyum, odam tanasi, mol-mulk, suv va boshqalarning
zaharlanganlik darajasi asbobning 1000, 100, 10, 1 va 0,1
va ziyatla ri da o‘lchanadi. Ko‘rsatkichlar mikroampermetrning
yuqo rigi shkalasidan aniqlanib, diapazon o‘zgartirgichining
vaziyati ga muvofiq koeffitsiyentga ko‘paytiriladi. Asbobni
zaharlangan obyektdan 15–20 metr narida tutib turib, gamma-
fonning miqdori o‘lchanadi. Asbob 0,7–1 metr balandlikda
turishi kerak. Keyin zont tekshirila yotgan obyektga keltiriladi.
diapazon o‘zgartirgichi 1000 vaziyatga qo‘yiladi. Telefonlarda
eshitiladigan ovozdan yoki mikroampermetr ovozining
ortib borishiga qarab eng yuqori zaharlangan joy topiladi.
Mikroampermetrning yuqori shkala sidan ko‘rsatkichlar
aniqlanib, 1000 ga ko‘paytiriladi. Odamda radioaktiv
zaharlanish darajasi tana ning ochiq qismlarida bo‘ladi. Suvning
radioaktiv zaharlanganlik darajasini aniqlash uchun undan 1,5
yoki 10 l hajmda namuna olinadi. Asbob suv betiga parallel
vaziyatda 0,5–1 sm balandlikda tutiladi va ko‘rsatkichlar
yuqorida ko‘rsatilgandek aniqlanadi. qolgan mahsulotlardagi
radioaktivlik ham shu usulda aniqlanadi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling