Kuydirish jarayoni
Download 30.29 Kb.
|
Piro javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarni tuzilishi
KUYDIRISH JARAYONI Pirometallurgiya (yun. rug -olov, ano — yuqori va metallurgiya) — metall va metall qotishmalarini yuqori (800—2200°) temperaturada olish hamda tozalash jarayonlari majmui. Metal-lurgiyanij asosiy va qad. usullaridan biri. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan past temperaturada metall olish jarayonlari majmui — gidrometallurgiya rivojlan-di, lekin P. ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi. P. jarayonlari pishirish, eri-tish, konverterlash, rafinatsiyalash, distillash kabi usullarga boʻlinadi. Pishirish — turli gazlar muxitida materialga yuqori temperatura sharoitida ishlov berish (material qattiq hola-tini saqlaydi); bu jarayon turlicha pechlarda oʻtadi. Eritish — shixtani toʻla eritib, uni 2 qatlam (metall va shlak yoki metall va shteyn)ga ajratish; shaxta pechlar, qaytargich pechlari, elektr pechlar va boshqalarda boradi. Konverterlash — eritishning bir turi; bunda erigan materiallar (choʻyan, shteyn) va xom ashyolar (lom, konsent-ratlar)ga havo yoki kislorod puflanadi. Rafinatsiyalash — erigan xomaki metallarni qoʻshimchalar (tuzlar, ishqorlar, metallar) va boshqa yordamida ishlash. Distillash — kaytariladigan metallarni bugʻ holatiga kelti-rib, soʻngra kondensirlash. Rotorli pechlar (rux olishda), shaxta pechlari (qoʻrgʻoshin, qalay va boshqa olishda) va boshqalarda qoʻllaniladi. Metallarni tuzilishi Metallarni ichki tuzilishini o‘rgatadigan fan metalografiya deb aytiladi. Qattiq moddalar ikkiga: amorf moddalar va kristall moddalarga bo‘linadi. Amorf moddalarning atomlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi, ularni sindirilganda ham tartibsiz yo‘nalishda sinadi, siniqlarida tekis yuzalar bo‘lmaydi. Qizdirilganda asta-sekin yumshab boradi va suyuqlanadi, ularning muayyan bir suyuqlanish va qotish temperaturasi bo‘lmaydi. (Elim, kanifol, shisha va boshqalar.) Amorf degan so‘z – shaklsiz demakdir. Hamma metall va qotishmalar kristal tuzilishiga ega. Kristall moddalarni atomlari aniq fazoviy geometrik shaklda tartibli joylashgan bo‘ladi . Ba’zi moddalar sharoitga qarab, ba’zan amorf, ba’zan esa kristall holatda bo‘lishi mumkin (kauchik, elimva x.k). Kristall haqidagi fan kristollografiya deb ataladi. Kristall moddalar muayyan suyuqlanish va qotish temperaturalariga ularning atomlari muayyan geometrik shakllarga egadir, ularning xossalari turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi, bu xususiyat anizotropiya deb ataladi. Kristall moddalarning mexanik puxtaligi, issiqlik va elektir o‘tkazuvchanligi, suyuqlanish tezligi va temperaturasi, ularni atom tuzilishiga bog‘liq va xossalariga ta’sir etadi. Kristall moddalar buzilganda ularning bo‘laklari ham tekis yuzali bo‘lib, bapzan ularni batartib tuzilganligi ham ko‘rinib turadi. Kristallar ko‘pincha eritmalardan olinadi, eritma qizdirilganda erituvchi bug‘lanib, kristall hosil bo‘ladi. Bu xodisa kristallanish deb ataladi. Kristallanish sharoitiga qarab, kristallar mayda yoki yirik bo‘lishi mumkin. Eritma past temperaturada asta – sekin bug‘latilsa yirik kristallar, yuqori temperaturada bug‘latilib, tez sovitilsa mayda kristallar hosil bo‘ladi. Mayda donli po‘latlar qattiq, yirik donli po‘latlar yumshoq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kichik bir kristall atrofida muntazam ravishda o‘suvchi yirik kristall olish mumkin. Bu jarayon kristallni o‘sishi deb aytiladi. Kristall donlar geometrik shaklsiz bo‘lib, tashqi tomonidan kristall-ko‘p qirraga o‘xshaydi va ularni kristall donali yoki granullar deb ataladi. Download 30.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling