Kuydirish jarayoni


Suvning dissotsiatsiyalanish va ion ko’paytmasi


Download 30.29 Kb.
bet14/19
Sana08.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1083833
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Piro javoblari

Suvning dissotsiatsiyalanish va ion ko’paytmasi. Vodorod ko’rsatgich Ionlarning o’zaro reaksiyalarda hosil bo’ladigan, eng kam dissosilanadigan moddalardan biri suvdir. Toza suv elektr tokini juda yomon otkazadi, lekin har ho’ld, bir qadar olchab bo’ladigan elektr otkazuvchanlik xususiyatiga ega; suvning, garchi kam bo’lsa ham, elektr otkazishiga sabab, uning vodorod va gidroksil ionlariga ozgina dissosilanishidir: H2O←→H+OH′ Toza suvning elektr otkazuvchanligiga qarab, suvdagi vodorod ionlari bilan gidroksil ionlarining konsentrasiyasini hisoblab chiqish mumkin. Bu konsentrasiya 10-7 g-ion/l ga teng. Suvning dissosilanishiga massalar ta’siri qonunini tatbiq etib: [H]. [OH′] =[H2O] K tenglamani yozish mumkin. Suvning dissosiya darajasi juda kam bo’lganidan, dissosilanmagan H2O molekulalarining konsentrasiyasini suvdagina emas, balki suv qoshib suyultirilgan har qanday eritmada ham o’zgarmas kattalik deb hisoblash mumkin. Shu sababli, [H2O].K ni yangi konstanta KH2O bilan almashtirsak [H]. [OH′]= KH2O tenglama hosil bo’ladi. Bu tenglama vodorod va gidroksil ionlari konsentrasiyalarining ko’paytmasi o’zgarmas tempuraturada suv uchun va suv qoshib suyultirilgan eritmalar uchun o’zgarmas kattalik ekanligini korsatadi. Ana shu o’zgarmas kattalik, suvning ionli ko’paytmasi deb ataladi. Keyingi tenglamaga vodorod va gidroksil ionlari konsentrasiyalarini qoyib, uning son qiymatini topish qiyin emas. KH2O=10-7.10-7 =10-14
Kislota-asoslar nazariyasi.. Brenstedning kislota asoslarining protolitik nazariyasi va Lyuyisning umumlashgan kislota asos nazariyalaridir. Brenstedning protolitik kislota-asos nazariyasiga binoan kislota ozidan proton ajratib chiqarish xususiyatiga ega modda (u protonlar donori) asos - proton biriktirib olish xususiyatiga ega bo’lgan moddadir (u protonlar aktseptori). Bu nazariyaga binoan: A) Kislota asos xususiyat ionlar (shu jumladan kompleks ionlar) va ionlamagan molekulalarda ham bo’lishi mumkin; B) Kislota - asoslarning ionlanishi kislota (asos) xususiyati bo’lgan erituvchi moddalarning reaktsiyaga kirishuvi natijasida yuz beradi; V) Erituvchi kislota yoki asosligiga qarab, biror modda yo kislota yoki asos bo’lishi mumkin. Bunday amfoterlik xossa ko’pgina moddalarda uchraydi. Kislota-asos reaktsiyalarida protoning bevosita roli taqidlanib, kislota va asos protolit deb, kislota - asos reaktsiyasi esa protolitik reaktsiya deb ataladi.



Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling