6-Mavzu: Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi. Reja: Inson organizmiga elektr tokening ta’siri. Undan shikastlanish turlari. Shikastlanishga olib keladigan sabab va omillar
Download 23.54 Kb.
|
6-Mavzu Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi. Reja Inson orga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Avtomatik nazorat himoya, to’siqlash turlari, tizimlarini qo’llash tadbirlari.
6-Mavzu: Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi. Reja: 1.Inson organizmiga elektr tokening ta’siri. Undan shikastlanish turlari. Shikastlanishga olib keladigan sabab va omillar. 2.Elektr xavfsizligini ta’minlashda muhim bo’lgan va qo’llaniladigan texnikaviy choralar va himoya vositalari. 3.Sanoat korxonalarida avtomatizatsiyaning qo’llashning ahamiyati. 4.Avtomatik nazorat himoya, to’siqlash turlari, tizimlarini qo’llash tadbirlari. 1.Inson organizmiga elektr tokening ta’siri. Undan shikastlanish turlari. Shikastlanishga olib keladigan sabab va omillar. Elektr toki ta’siridan inson organizmida termik (issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining issiqlik ta’siri inson tanasining ba’zi uchastkalarida kuyish, qon tomirlari, asab va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik vv ximik xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir uchastkalarigagina ta’sir ko‘rsatishda ro‘y beradi. I - muskullar keskin qisqarilishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi; II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi; III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi. IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi. Elektr tokining biologik ta’siri bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida inson organizmidagi tirik hujayralar muskullarning keskin qisqarishi natijasida to‘lqinlashadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi natijasida ro‘y beradi. YA’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri, bu biotoklar rejimini buzib yuboradi va buning natijasi sifatida inson organizmida tok urish hodisasi vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir vazifalari bajarilmay qoladi, nafas olish tizimlari ishlarining buzilishi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k. Elektr kuyishlar esa kuyidagi ikki xil kurinishda buladi: bevosita yeki kontaktli -bunday xolat inson tanasining elektr kurilmalaridagi tok utkazuvchi kismlar bilan yaxshi kontaktda bulmasligi natijasida yuz beradi; bilvosita (“kosvenniy”)-elektr simlarining kiska tutashuvi okibatida erigan metall parchalarining sachrashi yeki elektr yeylaridagi uchkunlar tasirida yuz beradi. Elektr tokining inson tanasiga tasirini belgilovchi faktorlar orasida tok kuchi mikdori asosiy kursatkichlardan xisoblanadi. Tok kuchini, inson tanasiga tasir darajasiga karab kuyidagi guruxlarga ajratishimiz mumkin: Sezilarli tok (2 mA.gacha) . Kuyib yubormaydigan tok (10…25 mA.) Fibrillyatsion tok (50 mA.dan yukori). Download 23.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling