Kuydirish jarayoni


Umumiy yoki fizikaviy termodinamika


Download 30.29 Kb.
bet8/19
Sana08.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1083833
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Piro javoblari

Umumiy yoki fizikaviy termodinamika. Bu bo’lim energiyaning umumiy ozgarish qonunlarini organadi. 2. Texnik termodinamika. Issiqlikning mexanik ishga aylanish qonuniyatlarini organadi.
3 . Kimyoviy termodinamika. Kimyoviy reaktsiyalarda, fizikaviy jarayonlarda sodir bo’ladigan energiya ozgarishlarini organadi.
Sistema - termodinamik jihatdan organish uchun tashqi muhitdan ajratib olingan, doimo birbiri bilan o’zaro munosabatda bo’lgan jism yoki jismlar guruhi.
Tashqi muhit – sistema bilan to’g’ridan-to’g’ri yoki juziy aloqada bo’lgan hamma narsa. U shunday katta olchamga egaki, u tomondan issiqlik berilishi yoki olinishi uning haroratiga tasir etmaydi. Termodinamik sistemaning bir ho’latdan boshqa ho’latga otishi – protsess (jarayon) deyiladi. Tashqi muhit bilan tasirlashishiga qarab sistemalar ochiq, yopiq, izolirlangan sistemalarga bo’linadi. 1. Ochiq sistema – tashqi muhit bilan ham modda, ham energiya almashadi. masalan: ochiq kolbadagi eritma. 2. Yopiq sistema – tashqi muhit bilan modda almashmaydi, energiya almashadi. Q W m=const masalan: usti yopiq kolbadagi eritma. 3. Izolirlangan sistematashqi muhit bilan modda ham, energiya ham almashmaydi. masalan: termostatda sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiya. Amalda bunday sistema bo’lmaydi. Tashqi muhit bilan energiya almashmaydigan sistemalar ham mavjud. Ular adiabatik sistemalar deb ataladi. Sistemalar gomogen va geterogen bo’ladi. Gomogen sistema bitta fazadan, geterogen sistema bir necha fazadan iborat bo’ladi. Faza – geterogen sistemaning chegara sirt bilan ajralgan va hamma nuqtalarida bir xil fizikaviy xossaga ega qismi
Ichki energiya(U) – sistemaning umumiy energiya zahirasini xarakterlaydi. Unga energiyaning barcha turlari – zarrachalarning ilgarilanma va aylanma harakat energiyalari, o’zaro tortilish va itarilish energiyalari, ilgarilanma va aylanma harakat, atomlarning tebranish energiyasi, ichki molyar, elektronlarning qozgalish energiyalari, yadro ichidagi energiyalar, nurlanish energiyalari kiradi. Ichki energiyaning qiymati modda tabiatiga, uning massasiga, ho’lat parametrlariga bog’liq.
Entalpiya (H)– doimiy bosimdagi sistemaning energiyasi bo’lib, ichki energiya va potentsial energiyalar yig’indisiga teng. H=U+PV Entalpiya ham ho’lat funktsiyasi bo’lib, sistemaning bir ho’latdan ikkinchi ho’latga otishdagi o’zgarishi olchanadi. SHuning uchun ΔH=ΔU+PΔV olchov birligi J/mol. Demak, Qr= N2– N1=ΔN, Doimiy bosimda borayotgan jarayonning issiqlik effekti sistema issiqlik saqlamining (entalpiya) o’zgarishiga tengligini korsatadi. Entalpiya – bu ham energiyaning bir turi, aniqrogi sistema energiyasidir; u tashqi muhit bilan ham modda almashinuvida, ham energiya almashinuvida bo’ladi. Sistema energiyasini birinchi bo’lib 1872 yilda Gibbs issiqlik funktsiyasi, keyinchalik Kamerling-Onnes(1909) entalpiya deb atadi. Grekcha enthalpo-isitaman degan manoni anglatadi. Entalpiya – termodinamik sistema energiyasini toliq xarakterlaydi, uni ochiq hamda yopiq sistemalar uchun ham qollash mumkin. U ichki energiyaning barcha xossalarini ozida namoyon qiladi va sistemaning ichki energiyasi va hajmga bog’liq bo’lgan tashqi energiyaning (potentsial energiya) yig’indisiga tengdir.

Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling