Kuydirish jarayoni


Termokimyo. Issiqlik effektlari


Download 30.29 Kb.
bet10/19
Sana08.01.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1083833
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Piro javoblari

Termokimyo. Issiqlik effektlari kimyoviy reaktsiyalar issiqlik effektlarini; moddalarning bir agregat ho’latdan ikkinchiga otishidagi issiqlik effektlarini, bir kristall ho’latdan boshqasiga otishdagi energiya effektini; modda hamda sistemalar issiqlik sigimlarini organadi. Termokimyoning ahamiyati katta. Uning yordamida turli texnologik jarayonlarning issiqlik balansi hisoblanadi. Ishlab chiqarish qurilmalarining sovutish, isitish bo’yicha apparatlari xarakteristikasi belgilanadi. Doimiy xajmdagi jarayonlarning issiqlik effekti ichki energiya«U»ning kamayish olchovidir. Doimiy bosimga ega bo’lgan jarayonlardagi ajralgan issiqlik entalpiya«H»ning kamayish olchovidir. Demak, issiqlik effekti o’zgarmas bosim Qr=ΔH va o’zgarmas hajmda organiladi QV=ΔU Kimyoviy reaktsiyalarda  U moddaning dastlabki ho’latiga va reaktsiya mahsulotiga bog’liq. Termokimyoviy reaktsiyalarda issiqlik effekti  orqali, yoki sistema entalpiyasi(issiqlik saqlami)ning o’zgarishi orqali ifodalanadi. Issiqlik effektini korsatish bilan yoziladigan reaktsiyalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi, masalan: 2H2+ O2 = 2H2O H = -285,8 kDj Jarayonda issiqlik yutilsa endotermik, issiqlik ajralib chiqsa ekzotermik jarayon deyiladi.
Gess qonuni - 1836 yilda rus olimi G.I. Gess juda ko’p tajribalar asosida termokimyoning asosiy qonunini - reaktsiya issiqlik yig’indisining doimiylik qonunini tarifladi: Reaktsiyaning issiqlik effekti uni olib borish yoliga bog’liq bo’lmay, reaktsiyada ishtirok etayotgan moddalarning boshlangich va oxirgi ho’latlariga bog’liq.
.Kirxgoff tenglamasi va qonuni. Jarayonning issiqlik effekti haroratga bog’liq. Bu bog’liqlikni energiyaning saqlanish qonunidan keltirib chiqarish mumkin. A→B reaktsiyani korib chiqamiz. To’g’ri yonilishda reaktsiya T1sodir bo’lsa, Q1 issiqlik ajraladi. Reaktsiya mahsuloti V T1 dan T2 ga qizdiriladi, bunda issiqlik yutiladi: C2 (T2 – T1) bu yerda C2 - V moddaning issiqlik sig’imi. Endi reaktsiyani teskari yonaltiramiz. Bunda harorat T2 (V→A) bo’ladi va Q2 miqdorda issiqlik yutiladi. A moddani T2 dan T1 haroratgacha sovutamiz. Energiyaning saqlanish qonuniga binoan bu jarayonda ajralgan (+) va yutilgan (-) energiyalar yig’indisi 0ga teng bo’ladi. Q1 - C2 (T2 - T1) - Q2 + C1 (T2 - T1) = 0 (C1 - C2 )(T2 - T1) = Q2 - Q1 Q Kirxgoff qonuni: Jarayon issiqlik effektining haroratga bog’liqligini Kirxgoff qonuni tushuntiradi, bu yerda Q1 – T1 haroratdagi issiqlik effekti Q2 – T2 haroratdagi issiqlik effekti C1 –dastlabki moddalar issiqlik sigimlarining yig’indisi C2 – oxirgi moddalar issiqlik sigimlarining yig’indisi Formuladan korinib turibdiki, haroratni 10 ga oshirganda jarayon issiqlik effektining o’zgarishi dastlabki moddalar issiqlik sigimlari yig’indisidan mahsulotlar issiqlik sigimlari yig’indisini ayirmasiga teng. Agar, С1  С2 bo’lsa, jarayonning issiqlik effekti ozgarmaydi, yani issiqlik effekti haroratga bog’liq bo’lmay qoladi.

Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling