H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Ochiq va yopiq holdagi radioaktiv moddalar bilan


Download 485.49 Kb.
bet69/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Ochiq va yopiq holdagi radioaktiv moddalar bilan 
ishlashda profilaktik choralar. Radioaktiv va ionlashgan
nurlar foydalanilishi, kelib chiqishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi.
Birinchi turga mansub radioaktiv moddalar berk (germetik)
idishlarda saqlanadi. Bunda faqat gamma va neytron nurlardan
yuzaki nurlanish kuzatiladi. Bu holat germetik idishlarning
sinishi yoki ishlab chiqarish dagi nuqsonlar natijasida xonalar
havosiga, asbob-uskunalarga yoki kiyimlarga ta’sir qiladi.
Shu sababli, bunday paytlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tarqoq
gamma nurlanishlardan saqlanish kerak (rentgen qurilmalari
yoki gamma nur chiqaruvchi qurilmalar).
Ochiq holdagi radioaktiv nurni qo‘llash jarayonida u havoni,
qurilmalarni, kiyimlarni zararlantirishdan tashqari organizm ning
ichki qismiga ta’sir etib, nurlanish kasalligiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli, ochiq radioaktiv moddalarni ishlatish jarayonida
murakkab himoya vositalaridan foydalanish talab etiladi. Bunda
maxsus himoya vositalari, maksimal oraliq, nurlanish kuchi va
manbayining masofasiga qarab ish vaqti qisqartiriladi hamda
qo‘rg‘oshin, temir, beton va suv kabi himoyalanish vositalari-
dan foydalaniladi. Insonga ichki ta’sirning oldini olish maqsadida
binolarni to‘g‘ri loyiha lash, tegishli gigiyena talablariga (havo
almashinuvi, isi tish, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tarmoq-
lari, ish tartibini to‘g‘ri belgilash va shaxsiy gigiyenaga) amal
qi lish ke rak. Bundan tashqari umumiy himoyalanish bo‘yicha
ishga qabul qi lishda va ish jara yonida har 6–12 oyda tibbiy
ko‘rikdan o‘tib tu rish tavsiya etiladi.
Dozimetr va radiometrlar yordamida nurlanishni 
o‘ichash. Radioaktiv moddalar bilan zaharlangan hududda
tashqi nurlanish shaxsiy dozimetr vositasida o‘lchanadi. dP-22
va shaxsiy dozimetrlar majmuyi Zd-5 zaryadlash qurilmasi va
shaxsiy foydalaniladigan dozani bevosita ko‘rsatib beruvchi 50


139
ta dKP-50A dozimetridan iborat. dKP-50 dozimetrlari gamma


nuri miqdorini radia tsiya 0,5 dan 200 r/soatgacha bo‘lganda 2
dan 50 r gacha diapazonda o‘lchash imkonini beradi. Asbobning
ko‘rsatkichlari dozimetrda joylashgan va rentgen hisobida dara-
jalangan shkaladan aniqlanadi. Asbobning umumiy og‘irligi 5
kg. dozimetrning og‘irligi esa ko‘pi bilan 32 g, 3 soat beto‘xtov
ishlash imkoniga ega.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling