H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lazer nuri.
sus ko‘zoynaklarda ishlaydilar. Elektr bilan payvand qilish joy-
lari yonidagi ishchilarni himoya qilish uchun ko‘chma ekran- lar, to‘siq lar ishlatiladi. Payvandlash xonalari alohida ajratiladi. Simob-kvarsli gorelkalar bilan ishlashda to‘siqlar va himoya ko‘zoynaklaridan foydalaniladi. Kinoga olish vaqtida volt yoy- ni qo‘llaganda va undan yoritish maqsadlarida foydalanilganda ko‘zga ko‘rinadigan nurlarni o‘tkazadigan va ultrabinafsha nur- ni o‘tkazmaydigan ekran ishlatiladi. Ko‘z va terini himoya qilish bilan bir qatorda elektr yoyi bilan eritib ulash va simob-kvarsli gorelkalardan foydalanish- da havoni umumiy yoki mahalliy almashtiruvchi ventilatsiyani qo‘llash mehnat sharoitini sog‘lomlashtirishning asosiy yo‘li hisoblanadi. Bunda havoda paydo bo‘lgan gazlar yo‘qotiladi. Elektr bilan payvand qilish ishlarida esa payvand qilish vaqtida hosil bo‘ladigan va tarkibida Ko‘pincha, toksik moddalar – mar- ganes oksidlari, ftor birikmalari, kremniy va boshqalarni saqlov- chi mayda changlar bartaraf qi linadi. 135
imkoniyatlari texnologik jarayonlarga yangi, o‘ta kuchli nur olib keldi. Bu la zer nuridir. Bu nur optik kvant generator, ya’ni, lazerlardan chiqadi. Uning ma’nosi yorug‘lik nurini jadallashgan nurlanish yo‘li bilan kuchaytirish demakdir. U elektr, yorug‘lik, issiqlik va kimyoviy energiyaning bir xil rangdagi elektomagnit to‘lqinlarini yuqori chastotali (tezlik dagi) nurlanishga o‘zgartirib beradi. La zer nuri o‘ta chidamli moddalarni, qiyin eriydigan materiallarni payvan d lash va kesish uchun, qo rishmalarga ishlov berishda, teshiklar ochishda (masalan, olmos larda) ishlatiladi. Bundan tashqari radio texnolo giya, sanoat va aloqa tizimlarida, aniq uskunalarni ishlab chiqishda, shu bilan birga biologiya va tibbiyotda ham ishlatiladi. Tibbiyotda lazer yordamida ko‘z operatsiyalari o‘tkazilib, ko‘zning oq tushgan to‘r pardasini eritib yopishtirib yo‘qotilganda ko‘rish qobiliyati yana tiklanadi. Jarrohlikda lazer „yorug‘lik nishtari“ sifatida ishlatiladi. Lazer ta’sir etgan joydagi to‘qimani kuydiradi, bu esa buyrak, jigar, ichak va boshqa organlarni kesish kabi operatsiyalarni qon chiqarmay amalga oshirishga imkon beradi. Lazer nurining bu xususiyatidan, masalan, metropoliten liniyala- rini qurishda, kema, samolyot va raketalar ning tezligi va harakat yo‘nalishini aniqlashda foydalaniladi. Lazer nuri yordamida turli ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish mumkin. Lazer nuri aloqada ham ishlatilmoqda. Bunday aloqa tovush ning aniq eshi- tili shi ga xala qit beruvchi chastotalarning yo‘qligi bilan boshqa aloqalardan farq qiladi. Lazerdan tovush va televizion tasvirlarni yozib olish, qayta ko‘rsatish hamda zamonaviy texnikaning boshqa so halari da keng foydalanilmoqda. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling