H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet68/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

O‘tkir nurlanish kasalligi. Bunda nur me’yoridan ortiq
darajada bo‘ladi. Klinik belgilari erta paydo bo‘ladi. Kasal-
lik umumiy zahar lanish belgilari bilan (darmonsizlik, ko‘ngil
aynish, tez charchash, holsizlanish) va maxsus kasallik belgilari
– qon yaratuvchi a’zolar, oshqozon-ichak tizimi, markaziy asab
tizimining zararlanish belgilari bilan boshlanadi.
O‘tkir nurlanish kasalligi 4 bosqich: boshlang‘ich, yashi-
rin, avj olish va tugallanish bosqichidan iborat. Kasallik nur-
lanish daraja siga, organizmning sezuvchanligiga qarab har xil
ko‘rinishda ke chishi mumkin.
Yengil ko‘rinishida kasallikning birinchi kunida bir necha
ma rotaba qayt qilish, 2–3 haftagacha holsizlik kuzatiladi.
O‘rtacha og‘irlikdagi darajasida qon yaratuvchi a’zolarning
za rarlanishi kuzatiladi. Bu zararlanish kasallikning avj olish
bosqi chida namoyon bo‘ladi.
Og‘ir darajasida qon yaratuvchi a’zolar faoliyati buziladi.
Ko‘p­qon­ketish­va­yuqumli­kasalliklar­kabi­hayot­uchun­xavfli­
bo‘lgan asoratlar paydo bo‘ladi.
O‘ta og‘ir darajasida oshqozon-ichak tizimining zararlanishi
kuzatiladi, to‘xtovsiz qayt qilish, qon aralash ich ketishi bilan
kechadi.
Surunkali nurlanish kasalligi uzoq tashqi yoki ichki
me’yoriy nurlanishning natijasida kelib chiqadi. Uning
boshlang‘ich belgilari turg‘un bo‘lmagan vegetativ asab
tizimining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi (qon tarkibidagi
qon elementlarining o‘zgarishi, qon bosimi va oshqozon-
ichak tizimi faoliyatining buzilishi). Markaziy asab tizimining
psixofiziologik­o‘zgarishlari­kuzatiladi.­Kasallik­rivoj­lanish­
davrida qondagi o‘zgarishlar turg‘un ko‘rinishga keladi. Teri
qoplamida mahalliy o‘zgarishlar yuz beradi. Terida qayta
tiklanish bilan kechuvchi epilatsiya (tukning to‘kilishi),
ikkinchi darajali ku yish belgilari paydo bo‘ladi. Bunda teridagi
pufakchalar 2–3 haftadan so‘ng tuzala boshlayadi.


138


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling