136
zumda qaynaydi. Natijada to‘qimalarda bosim keskin oshadi.
Zarba to‘lqini hosil bo‘ladi, kuyish kuchayadi. To‘qimalarda
mexa nik shikastlanish yuz beradi (to‘qimalarning yirtilishi
kuzatiladi). demak, la zer nuri to‘qimalarga termik va mexanik
ta’sir etadi. qonda irsiy belgilar ning o‘zgarishiga olib keladi.
Mahalliy ta’siri – bu ko‘z to‘qimalariga ta’sir etishidir. Bu
ta’sir
nurning uzunligi, diametriga, ko‘zning nur manbayidagi
masofasiga bog‘liq. Nur ta’sirida ko‘z gavhari ning xiralashishi,
adaptatsiya pasayishi kuzatiladi.
Bundan tashqari, nur markaziy
asab tizimiga, yurak-qon tomir ti zimi va endokrin bezlarga
ham ta’sir etadi. Yurak-qon tomir
tizi mida uzoq muddatli
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Profilaktikasi. Lazer nuri bilan ishlaganda maxsus himoya
ki yimlari, himoya ekranlaridan va ko‘zni himoya qilish uchun
maxsus ko‘zoynaklardan foydalaniladi.
Ionlashtiruvchi nurlar. Nur kasalligi va uning kelib
chiqish sabablari. Ionlashgan nurlar
XIX asrning oxiriga kelib
kashf etildi. 1895-yilda rentgen nuri, 1896-yilda Bekkerlom
uran tuzlarida radioaktivlik borligini aniqladi. Hozirgi vaqtda
50 dan ortiq tabiiy va 900 dan ortiq sun’iy radioaktiv
izotoplar
mavjud. Radioaktiv moddalar hozirda fan va xalq xo‘jaligini
rivojlantirishda keng qo‘llanilmoqda. Tibbiyotda radioaktiv
izotoplardan molekulalar ning tuzilishi, moddalar almashinuvi va
o‘sma kasalliklari diagnostikasida hamda davolash
maqsadlarida
foydalaniladi. Sun’iy radioaktiv moddalar metall parchalari
tuzilishini o‘rganishda, kimyoviy moddalarni sintez qilishda
keng qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda organizmning nurlanishiga, asosan,
mehnat-
ni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lmoqda.
Inson organizmi darajasiga qarab o‘tkir va surunkali nurlangan
bo‘ladi. qisqa muddatda yuqori darajada bir marotaba nurlanish
oqibatida o‘tkir nurlanish, ko‘p marotaba
uzoq nurlanish oqiba-
tida surunkali nurlanish kasalligi kelib chiqadi.