Angionevrozlar. Agar ishchi ish jarayonida tez-tez va
uzluksiz tebra nishga majbur bo‘lsa (oyoq kiyim fabrikalarida
ishlovchilar, pnevmatik asbob bilan ishlovchilar), shuningdek,
issiq yoki sovuq suvni navbat bilan ta’sir qilishiga yoki mahalliy
sovishga du chor bo‘lsa (kir yuvuvchilar, bo‘yoqchilar, baliqchi-
lar), kasbiy angio nevrozlar paydo bo‘lishi mumkin. Kasallik
uvushish xurujlari, qo‘l barmoqlari ning og‘rishi, harakatning
qiyinlashishi bilan xarakterlanadi. Bunda ka pillarlarning spazmi
kuzatiladi.
Koordinator nevrozlar. Bu kasallik odatda uzoq vaqt
xat yozish natijasida paydo bo‘ladi. Hisobchilar, idora
xizmatchilari, savdo, temiryo‘l xizmatchilarida ko‘proq
uchraydi. Bunda yozish davri da qo‘lning charchab qolishi,
mushaklarning taranglashishi, ba’zida qo‘llar qaltirab og‘rishi,
barmoqlarning xat yozishda ixtiyorsiz buki lishi yozuvning
o‘zgarishi, sekinlashuvi, notekisligi, bosib yozish kuzatiladi.
Neyromialgiyalar, angionevroz va koordinator nevrozlarning
ol dini olishda mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, mexanizatsiyalash,
ish vaqtida kichik tanaffuslar joriy qilish, turli xil mashg‘ulotlarni
bajarib turish, ishdan oldin va ishdan keyin iliq vannalarni
qo‘llash, barmoq larni uqalash kabi choralarni ko‘rish lozim.
131
Miopiya. Bunda ishchilarda uzoqni ko‘ra olmasilik yuza-
ga keladi. Bu kasallik mayda detallarni yig‘uvchilar, soatsoz-
lar, o‘ymakorlar, zargarlar, chizmakashlar, harf teruvchilar va
boshqalarda uchraydi. Kasallik bu ishlarda uzoq vaqt ishlagan-
dan keyin namoyon bo‘ladi. Oldini olish uchun yoritilganlik ning
me’yorida bo‘lishi, tanaffuslar ning joriy qilinishi, ishni to‘g‘ri
tashkil etish, ish jarayonini o‘zgartirib turish kerak bo‘ladi.
Karnaychivasurnaychi,shishapuflovchilardanafasa’zolari
va tovush boylamlarining taranglashuvi kasbga aloqador o‘pka
Do'stlaringiz bilan baham: |