H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Dispanser ko‘rigining maqsad va bosqichlari


Download 485.49 Kb.
bet60/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

6.4. Dispanser ko‘rigining maqsad va bosqichlari
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi SSVning 300-sonli „O‘zbekiston
Respublikasi ishchilarini ishga kirgandagi dastlabki va davriy
tibbiy ko‘riklar tizimini takomillashtirish haqida“gi buyrig‘iga
asosan tartibga solinadi.


124
Xodimlarning salomatligini saqlashda ishga qabul qilishdan


ol din o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik hamda ishlab chiqarishda zara-
rli, no xush mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarni davriy
tibbiy ko‘ rikdan o‘tkazib turish chora-tadbirlari muhim hisobla-
nadi. Bu buy ruq tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, o‘tkazilish tar-
tibi va hujjatlar ni to‘ldirishni belgilovchi quyidagi materiallar-
ni o‘z ichiga oladi:
– zararli va nomaqbul ishlab chiqarish omillari ro‘yxati, tib-
biy ko‘rikda ishtirok etuvchi shifokor mutaxassislar, laborato-
riya va funksional tekshiruv ro‘yxati, zararli ishlab chiqarish
omillariga ega bo‘lgan ishga qo‘yish uchun qarama-qarshi tavsi-
yalar ro‘yxati;
– davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart bo‘lgan ishchilar ro‘y-
xati;
– birlamchi tibbiy hujjatlar shaklining ro‘yxati;
– kasb kasalliklari ro‘yxati.
Ishga kirish vaqtida dastlabki tibbiy ko‘riklarning asosiy
maqsadi quyidagilardan iborat:
– javobgarlikni va ishchilarga hamda atrofdagilarga
bo‘ladigan xavfni hisobga olgan holda ushbu kasbga faqat salo-
matligi shu kasb talablariga javob beradigan shaxslarni qo‘yish;
–­ishga­faqat­sog‘lom,­zararli­va­xavfli­ishlab­chiqarish­omil-
lari ta’sirida kuchayishi mumkin bo‘lgan kasbiy kasallanishlarga
olib keluvchi kasallik alomatlari bo‘lmagan shaxslarni qo‘yish;
– ishga faqat sog‘lom, yuqumli va parazitar kasalliklar alo-
matlari bo‘lmagan shaxslarni qo‘yish.
dastlabki tibbiy ko‘riklar chuqur va to‘liq o‘tkazilishi ke rak,
xulosa bergan shifokor butun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishi
ke rak. dastlabki tibbiy ko‘rik natijalari ambulator bemorning
tibbiy varaqasida qayd etiladi. dastlabki tibbiy ko‘rik natijalari
davriy tibbiy ko‘riklarda aniqlangan ishchining organizmida-


125
gi o‘zgarishlar bilan taqqoslash uchun boshlang‘ich ko‘rsatma


hisoblanadi.
davriy tibbiy ko‘riklar muntazam ravishda o‘tkazilib, ularni
o‘tkazish­muddatlari­ishning­zararli,­xavfli­omiliga­va­xususiya-
tiga, texnologik jarayonga bog‘liq.
davriy tibbiy ko‘rikdan asosiy maqsad quyidagilardan ibo-
rat:
– kasbiy kasallikka chalingan ilk bemorni aniqlash va zararli
omillarning ta’siriga ko‘ra patologik jarayonning rivojlanishini
tugatish bo‘yicha choralar ko‘rish;
– baxtsiz hodisalarning oldini olish, yuqumli va parazitar
kasalliklarning tarqalishini to‘xtatish maqsadida kasalliklarni
aniqlash;
–­tibbiy­ko‘rik­natijalariga­ko‘ra­shaxsiy­davolash-profilak-
tika chora-tadbirlarini amalga oshirish.
300-sonli buyruqni tatbiq etish ishlarini yuqori darajada baja-
rish kasbiy kasalliklarning oldini olishda zarur chora hisoblana-
di. Kasbiy kasalliklarni to‘liq aniqlanmasligining sababi dast-
labki va davriy tibbiy ko‘riklarni tashkil etish va o‘tkazish sifa-
tining pastligidandir.
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni tashkil qilishda tibbiy
ko‘ rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan ishchilar kontingentini aniqlash-
dan boshlab, ishning barcha bosqichlarida, yakuniy dalolatno-
mada­ko‘rsatil­gan­takliflarni­nazorat­qilishda­mehnat­gigiye-
nasi bo‘yicha muta xassislar asosiy rol o‘ynaydilar. 300-sonli
buyruqning bajari lishi bo‘yicha mehnat gigiyenasi mutaxassis-
larining ish mazmuni quyi dagilardan iborat:
– faqat dastlabki tibbiy ko‘rikdan so‘ng ruxsat etiladigan
kasb lar ro‘yxatini tuzish va uni xodimlar bo‘limiga yetkazish;
– davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan shaxslar
kontingentini aniqlash;


126
– tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi va jadvalini o‘zaro


kelishib olish;
– davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazish vaqtida ularning davriyli-
giga rioya qilish;
– kasbiy kasalliklar aniqlanganda ularni tekshirish;
– davriy tibbiy ko‘rikni baholash, gigiyenik, davolash-pro-
filaktika­chora-tadbirlarini­ishlab­chiqish;
–­hay’at­ishida­ishtirok­etish­(davolash-profilaktika­muassasa-
lari shifokori, korxona ma’muriyati, kasaba qo‘mitasi vakillari)
va yakuniy dalolatnoma tuzish;
–­davolash-profilaktika­muassasasi­so‘roviga­asosan­kasbiy­
kasallikka shubha qilinganda mehnat sharoitlarining sanitariya-
gigiyenik tavsifnomasini tuzish.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling