H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Nafas organlarini himoya qiluvchi uskunalar


Download 485.49 Kb.
bet56/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Nafas organlarini himoya qiluvchi uskunalar. Nafas
organla­rini­himoya­qiluvchi­uskunalar­filtrlovchi­va­izolatsiya­
qiluvchi uskunalarga bo‘linadi. Nafas olinadigan havo dastlab
filtrlovchi­uskunalarda­zararli­aralashmalardan­tozalanib­o‘tadi.­
Izolatsiya qiluvchi uskunalarda nafas organlari atrofidagi
muhitdan to‘siladi. Filtrlardan nafas olinadigan havoni yetarli
darajada tozalash qobilyatiga ega bo‘lganda va bundan tashqari
atrofdagi atmosferadagi kislorod yetarli miqdorda bo‘lganda
foydalanish mumkin. Atmo sferada kislorod yetarli miqdorda
bo‘lmasa, shuningdek, zararli aralashmalar nihoyatda ko‘p
bo‘lsa, izolatsiya qiluvchi uskunalardan foydalaniladi.
Filtrlovchi asboblar o‘z navbatida gaz va bug‘lardan saqlaydigan
gazniqoblarga, chang va tutunlardan saqlaydigan respiratorlarga
bo‘linadi.­Changga­qarshi­filtrli­gazniqoblar­bir­vaqtning­o‘zida­
gaz, bug‘ va changdan himoya qiladi. Izolatsiya qiluvchi
asboblar shlangli va kislorodli niqoblarga bo‘linadi.
Shovqinga qarshi vositalar. Shovqindan maxsus himoya
qilishda antifonlar yoki shovqinga qarshi asboblar qo‘llaniladi.
Shovqinga qarshi vositalarning asosan 2 turi qo‘llaniladi: shov-
qinga qarshi ichki vositalar – quloq ichiga qo‘yiladigan vositalar
(paxta, doka parchalari, maxsus qo‘yiladigan antifonlar) ham-
da quloq suprasini butunlay qoplab turuvchi shovqinga qarshi
tashqi vositalar. Shovqinga qarshi ichki vositalar quloq yo‘lining


117
devo rini qitiqlashi va infeksiyaning manbayi bo‘lishi mumkin.


Bundan tashqari ular quloqda yot narsaga o‘xshash seziladi.
Shuning uchun ularni ishchiga mos, quloq supra sini bemalol
qoplab turadigan hajmda tayyorlanadi. Shovqin yutuv chi mosla-
ma ishchiga noqulay sharoit tug‘dirsa va ish kuni davomida kiy-
ib yura olmasa, unga ish kunining kamida 2 soatida taqib yurish
kasbga oid karlikka va quloqning og‘irlashib qolishiga qarshi
profilaktik­tadbir­ekan­ligi­tushuntiriladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling