H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Ishchilar o‘rtasida ish joyidagi xavfsizlik va


Download 485.49 Kb.
bet54/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

6.2. Ishchilar o‘rtasida ish joyidagi xavfsizlik va
gigiyenik me’yorlarga rioya qilish haqida
suhbatlar olib borish
Sanitariya shifokori ishchilar orasida quyidagi mavzularda
suhbatlar olib boradi.
Shaxsiy himoya kiyimlarining ahamiyati. Shaxsiy himoya
vositalari ishchilarga kasbiy zararlanishlardan saqlanish uchun
korxo nalar tomonidan beriladi.
Shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash boshqa usullar
bilan shikastlanishlar, kasbiy zaharlanish va kasallanishlar
xavfining oldini olish imkoni bo‘lmagan vaqtlarda zarur
bo‘lgan­qo‘shimcha­profilaktik­tadbirdir.­Ta’mirlash­ishlarida,­


114
avariyalarda shaxsiy himoya vositalari zarur. Shaxsiy himoya


vositalariga maxsus kiyimlar (oyoq kiyimlar, maxsus ichki
kiyimlar, bosh kiyimlar), ko‘zoynaklar, respiratorlar, sanoat
gazniqobi, shovqindan himoyalanish vositalari, himoya mazlari
va pastalar kiradi.
Maxsus kiyimlar ishchilar organizmining issiqlik almashi-
nuvini buzmagan holda ularni tashqi muhitning salbiy
ta’siridan saqlaydigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun maxsus
ish kiyimlariga qo‘yiladigan asosiy gigiyena talablaridan
biri ularning havo va bug‘ o‘tkazuvchan bo‘lishidir. Bundan
tashqari, ish kiyimlari ishchining harakatiga xalal bermasligi
va­ular­ilinib­qolib­baxtsiz­hodisalar­xavfini­oshirmaydigan,­o‘t­
olib ketmaydigan bo‘lishi ke rak. Ish kiyimlari tayyorlanadigan
gazlamalar yetarlicha chidamli, pishiq, yumshoq, yengil
va terini qitiqlamaydigan bo‘lishi kerak. Bu gazlamalar
ularni­ifloslantiradigan­moddalardan­oson­tozalanadigan­va­
zararsizlantiriladigan bo‘lishi zarur.
Turli zararlanishlardan himoya qiladigan maxsus 
kiyimlar. Cho‘g‘langan metallarning uchqunlaridan
himoyalanish uchun kanop va jun gazlamalari qo‘llaniladi,
chunki ular tez yonib ketmaydi. Issiq sexlarning nurlanishiga
duchor bo‘lib turadigan joylardagi ishchilar ning ish kiyimlari
bir necha qavat qilib tikiladi. Tashqi qavati o‘t olib ketmaydigan
brezent to‘qimasidan, ichki qavati yumshoq ip gazlamadan
tikilgan bo‘ladi.
Kislotalarning ta’siridan himoyalanishda jun, rezina
to‘qimalar, xlorvinil qoplangan matolar qo‘llaniladi.
Ishqorlar junlarni oson, kanop, ip-gazlamalarni qiyinroq par-
chalaydi. Rezina to‘qimalar ishqorlar ta’siriga juda chidamli-
dir. Shu ningdek, bu maqsadda xlorvinil bilan yoki nitrosellulo-
za bilan qoplangan kiyimlar kiyiladi.


115
Zaharli changlar chiqadigan korxonalarda ish kiyimlari


uchun pishiq ip-gazlamalar, masalan, tekis bo‘yalgan
merserizatsiyalangan moleskin ishlatiladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling