H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Kasbga aloqador kasalliklar haqida tushuncha
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
6.6. Kasbga aloqador kasalliklar haqida tushuncha
Kasallikning bu guruhiga majburiy noqulay yoki bir xil vazi- yatda ishlash (oldinga, yonga, orqaga engashish, tizzada o‘tirish) natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklari kiradi. Umurtqa pog‘onasining o‘zgarishlari. Bu holat bukcha yib qo lish yoki skoliotik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Engashgan yoki orqasida yuk tashiydigan holda ishlovchi kishilarda ko‘proq uchraydi. Skoliotik o‘zgarishlar majburiy tik turub ishlashda kuzatiladi. Bu kasalliklarda og‘riq bo‘lmaydi, lekin bemorlar orqaning charchashidan, orqa mushaklarining yozilishi qiyinligidan shiko yat qilishadi. Bu ning oldini olish uchun yuk og‘irligini kamaytirish va ishni to‘g‘ri tashkil etish kerak. Oyoq qon tomirlarining varikoz kengayishi. Novvoy, na zo- ratchi, temirchi usta, harf teruvchi va to‘quvchilarda uzoq tik 129
shi mumkin. Bu kasb lardagi ishchilar oyoqlarida vena qon tomirlari ning kenga yib ketishi kuzatiladi. Ayollarda vena qon tomirlari ning kenga yishi ko‘proq uchrashi mehnat shoroitlari- dan tashqari homiladorlik, tug‘ish, yurak-qon tomir kasalliklari- ga ham bog‘liq. Tomirlarning kuchli kenga yishi oyoqlarning tez charchashigavayiringlitromboflebitlarningpaydobo‘lishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun ishchilarga o‘tirib ish- lash imkonini yaratish, jismoniy mashqlar va tibbiy ko‘riklar tashkil qilish kerak. Yassioyoqlik tik turib ishlashda paydo bo‘lishi mumkin. Bu kasallik yuk tashuvchilar, to‘quvchilar, ip yigiruvchilar, og‘ir yuk ko‘taruvchilar, ustalar va boshqalarda rivojlanadi. Uzoq vaqt ishlaganda tovon va boldir mushaklari charchaydi, boylam- lar cho‘ziladi, bu esa tovon suyaklarining yassilanib qolishiga sabab bo‘ladi. Kasallik zo‘rayganda, oyoq panjalarining shakli o‘zgarishi, qon aylanishi buzilishi, og‘riq, tez charchash kuza- tiladi. Bundan tashqari tik turib ishlaganda qorin ichi bosimi oshadi va churra tushishi mumkin (chov, qorin churralari). Bu kasallik yuk tashuvchilarda, shaxta ishchilarida ko‘proq uchraydi. Kasb- ga bog‘liq bo‘lgan churralar 5–10 yil ishlagandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin. Travmatik churralar esa o‘tkir, kutilmaganda yuzaga keladi, kuchli zo‘riqishdan keyin paydo bo‘ladi. Oldini olish uchun ishni me xanizatsiyalashtirish, dam olishni to‘g‘ri tashkil etish, yuk og‘irligi me’yoridan oshmasligi kerak. O‘tirib bajariladigan ish birmuncha qulay bo‘ladi, lekin bunday ish ham ayrim o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Orqadagi turli xil mushaklarga og‘irlik bir xil me’yorda tushmasligi natijasida chevarlarda, mashinachilarda umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, ko‘krak qafasining ichiga botishi 130
karton buyumlar bilan ishlovchilar, konfet o‘rovchilar, chevarlar va boshqalarda neyromialgiyalar uchraydi. Bu kasallik to‘g‘ri tashkil etilmagan ish o‘rni (stol va dastgohlar balandligining to‘g‘ri kelmasligi) natijasida paydo bo‘ladi. Ko‘pincha, qo‘l neyromialgiyalari kuzatiladi. Bunda barmoqlar ning tirishib og‘rishi, nerv mushaklarini bosgan- da og‘riq bo‘lishi, ish vaqtida og‘riqning kuchayishi, tegish- li mushaklarning shishib ketishi kuzatiladi. Bu kasallik qo‘lda asbobni tutib kuchli harakat qiladigan kasblardagi ishchilar (non kesuvchilar, qolip quyadiganlar, jilolovchilar)da ham uchraydi. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling