Reja Alimentar kasalliklar haqida tushuncha


Download 172.55 Kb.
bet1/15
Sana09.01.2022
Hajmi172.55 Kb.
#262833
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Gigiena 25tazas


25Mavzu. Alimentar kasalliklar va ularni oldini olish.Birlamchi alimentar kasalliklar

Reja

1.Alimentar kasalliklar haqida tushuncha

2.Birlamchi alimentar kasalliklar

Alimentar kasalliklar haqida tushuncha

Ovqatlanishning fiziologik me’yorlarini bajarmaslik, hamda boshqa gigiyenik talablarga rioya qilmaslik aholi o’rtasida juda keng tarqalgan va ovqatlanish sifatiga bevosita va bilvosita bog’liq bo’lgan alimentar kasalliklarni yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining tavsiyasiga ko’ra quyidagi alimentar kasalliklar guruhlarini ajratish mumkin.

I. Juda yuqori qiymatli ratsionga bog’liq bo’lgan kasalliklar:

1. Alimentar semirish kasalligi;

2. Ortiqcha ovqatlanish - quyida keltiriladigan kasalliklarning shakllanishida xavfli omil vazifasini o’tashi mumkin - yurakning ishemik kasalliklari, ateroskleroz, gipertoniya podagra, qandli diabet, buyrak tosh kasalliklari, o’t pufagi tosh kasalliklari.

II. Yetarlicha ovqatlanmaslik bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar:

1. Energiya tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar- alimentar distrofiya, alimentar marazm (alimentar kam quvvatlik).

2. Ovqatlarning to’la qiymatli emasligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar: OET - oqsil energiya tanqisligi, Kvashiorkor-ovqat tarkibida to’la qiymatli oqsillarning bo’lmasligi tufayli kelib chiqadigan kasallik turi yoki yog’larning tanqisligidan kelib chiqadigan kasallik, gipo- va avitaminozlar.

III. Ovqat mahsulotlarining sifatsizligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar-ovqatdan zaharlanishlar. Alimentar kasalliklarni oldini olishdagi muhim tadbirlardan biri organizmning eng zaruriy oziq moddalarga bo’lgan fiziologik ehtiyojlarini ta’minlashga imkon beradigan ovqat mahsulotlarini to’g’ri tanlanishi hisoblanadi.




Download 172.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling