H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Ishlab chiqarishdagi kasallanishning
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
6.5. Ishlab chiqarishdagi kasallanishning
oldini olish chora-tadbirlari Mehnat gigiyenasining asosiy vazifalaridan biri umumiy kasallanishni kamaytirish va kasallanishning oldini olishdan iborat. Ishchilarning kasallanishi salomatlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bu omillar 4 guruhga bo‘linadi: – biologik (jins, yosh, irsiyat va boshqalar); – tibbiy-ijtimoiy (ish faoliyatiga qadar salomatlik holati, oila- viy-maishiy, iqtisodiy sharoit); – tibbiy yordamga ta’sir qiluvchi omillar (tibbiy yordamn- ing qulayligi, uning sifati, insonning o‘z salomatligiga muno- sabati va boshqalar); – ishlab chiqarish omillari: ish sharoitlari, mehnat sharoiti- ningxarakteri(zararlivaxavfliishlabchiqarishomillarining turi va darajasi, ish staji, kasbiy mehnatning og‘irligi, keskinli- gi va boshqalar). 127
ular boshqa omillar bilan bir qatorda ishchilar kasallanishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda turli yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalarida asab tizimi, sezgi organlari, teri kasalliklari va chang ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar kasallanishning yuqori ko‘rsatkichlarini tashkil qiladi. To‘qimachilik sanoati ishchilarida ham nafas yo‘llari (asosan, o‘tkir respirator kasalliklar), qon aylanish tizimi, asab, periferik gang liya va teri kasalliklari yetakchi o‘rinni egallaydi. Tikuvchilik korxonalarida o‘tkir respirator kasallik, tog‘- kon sanoatida ish sharoiti chang bo‘lganligi sababli umumiy kasalliklar, asosan, nafas yo‘llari kasalliklari ko‘p uchraydi. Bu kasalliklar ning vujudga kelishida konlarda ishlatiladigan texni- kadan chiquvchi gazlar ham asosiy omillardan hisoblanadi. Metallurgiya sanoati ishchilarida vaqtincha ish qobiliyati- ni yo‘qotish bilan bog‘liq kasallanishlar orasida nafas yo‘llari, yurak ning revmatik, norevmatik kasalliklari, radikulit, nevrit, nevralgiyalar ko‘roq uchraydi. Ishlab chiqarish korxonalarida kasallanishni chuqur o‘rganish va oldini olish faqat gigiyenik ahamiyatga ega bo‘libgina qol- may, muhim iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Hozirgi kunda ishlab chiqa rish korxonalarida kasallanishni kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: 1) texnik-texnologik chora-tadbirlar (ishlarni mexanizatsiya- lash, avtomatlashtirish, masofadan boshqarishni joriy etish). Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar eng yuqori samara beradi. Iqti- sodiy jihatdan boshqalariga nisbatan qimmatroq bo‘lsa ham, ular vositasida zararli omilning hosil bo‘lishini keskin kamay- tirishga eri shish mumkin; 128
o‘r natish, ventilatsiya). Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar vositasidazararlivaxavfliomillarbutunlayyo‘qotilmaydi, balki ish chiga ta’sir etuvchi miqdorining keskin kamayishi, ayrim hollarda yo‘qolishiga erishiladi; 3) ishni iloji boricha yengillashtirish; 4) ish va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish; 5) dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish; 6) ishchilarga tibbiy sanitariya xizmati ko‘rsatishni tashkil etish va uni takomillashtirish; 7) ish joylarida ish sharoitlari ustidan nazorat o‘rnatish. Opti- mal ish sharoitlari tashkil etish; 8)tibbiy-profilaktikchora-tadbirlarniamalgaoshirish; 9) ishchilarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash; 10) ishchilarni bevosita ish joylaridagi zararli va xavfli omillar ning salbiy ta’siridan himoya qilish. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling