H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Ko‘p diqqat talab qiladigan ishlarning oliy asab
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toliqish va uning oldini olish.
Ko‘p diqqat talab qiladigan ishlarning oliy asab
tizimiga ta’siri. Har qanday ish jarayoni asab tizimi – bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘iga ta’sir etadi. Bunda ko‘p diqqat talab qiladigan, tezkor mexanizmlarda bajariluvchi ishlar, avtomatlarning va boshqalar ning ishini kuzatish yuzasidan olib boriladigan ishlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Bu ishlarni bajarishda miya po‘stlog‘ining ayrim hujayralariga tushadigan haddan tashqari funksional og‘irlik shu ishlayotgan hujayralarning funksional jihatdan tezda toliqi shiga va tormoz- lanish ro‘y berishiga sabab bo‘ladi. Bu tormozlanish esa katta yarim sharlar po‘stloq hujayralarini yanada og‘ir oqibatlarga olib keladigan toliqishdan saqlaydi. Toliqish va uning oldini olish. Toliqish – organizmning alohidafiziologikholatibo‘lib,uzoqvaqtyokizo‘rberibishlash natijasida yuzaga keladi va ish qobiliyatining pasayishi bilan ifodalanadi. Mehnat turining xususiyatlariga qarab o‘zgarishlar organizmga tur licha ta’sir ko‘rsatadi. Butun organizmning toliqishi oliy asab tizi mida boshlanadigan va organizmning hammatizimlarigatarqaladiganmurakkabfiziologikjarayondir. I. P. Pavlov toliqishga, markaziy asab tizimi funksional holatining o‘zgarishiga bosh miya po‘stlog‘i sabab, deb hisoblaydi. Ishlash natijasida bosh miya po‘stlog‘ida tarqalgan tormozlanish jarayoni vujudga keladi. Bu po‘stloq hujayra larni toliqishdan saqlab turadi. Toliqish qaytar hodisa bo‘lib, hordiq chiqargandan so‘ng yo‘qoladi va organizmning ish qobiliyati asl holiga qaytadi. Toliqish natijasida paydo bo‘ladigan subyektiv charchoq sezgisi dam olishni talab etadi. Agar bunga amal qilinmasa, toli qish holdan ketishga olib keladi. Bu holat patologik holat hisoblanadi. Og‘ir va uzoq vaqt davom etadigan ishda va uzoq vaqt davomida dam olinmaganda 111
Toli qishda markaziy asab tizimi o‘ta qo‘zg‘alishi kuzati- ladi,bundaodamningkayfiyatiyomonlashadi,jahldorbo‘lib, uyqusizlik paydo bo‘ladi. O‘ta toli qish nevrozga, yurak-qon tomir kasalliklari, xafaqonlik, me’da yarasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunda organizmning himoya kuchlari pasayib ketadi. Noto‘g‘ri tashkil qi lingan bir xil ritmdagi ishni bajarish vaqtida, masalan, murakkab bo‘lmagan bir xil opera tsiyalarni ba’zida bir shaklda bir necha marta takrorlab, tanafussiz ishlaganda ta’sirlovchi jarayon bosh miya po‘stlog‘ida nisbatan kam sondagi nerv hujayralari tarqaladi. Bunda bosh miya po‘stlog‘idagi ayrim hujayralarga funksio nal jihatdan haddan tashqari ko‘p og‘irlik be rilishi natijasida tezda toliqish va himoya tormozlanishi yuzaga keladi. Bunday tormoz lanish yuzaga kelishini ishdan oldin va ishdan keyingi harakat shartli reflekslari ning xususiyatini tekshirish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bunda tekshirilayotgan odam stol yonida o‘tiradi va qo‘lining ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini rezina ballonga qo‘yadi. Ballon rezina naycha orqali ballonning bosilishini qayd qiladigan uskuna bilan tutashtirilgan. Tekshirishda biror ta’sir ko‘rsatiladi. Masalan, qo‘ng‘iroq chalish yoki tekshirilayotgan odam oldiga lampa yoqish mumkin. Oradan bir soniya vaqt o‘tgach tekshirilayotgan odamga „ballonni bos“ degan buyruq beriladi. Tovush bilan buyruq bir necha marta takrorlanadi, so‘ngra tekshirilayotgan odam tovushdan so‘ng buyruqsiz ham ballonnibosadi,buharakatnibizharakatrefleksipaydobo‘ldi, debtushunamiz.Agarshartlireflekspaydobo‘lgandankeyin har xil kuchdagi tovushlar bilan ta’sir qilinsa, tekshirilayotgan odam kuchli tovushlilarga ballonni qattiqroq bosadi, kuchsiziga esa sekinroq javob qaytaradi. Mehnat yaxshi tashkil qilinmagan 112
unumdorligi va ish qobiliyatini pasaytiradigan hollarga yo‘l qo‘ymaslik uchun asab hujayralarining ishlash va dam olish davrlari to‘g‘ri navbatlanishini tashkil qilish zarur. Ish jarayonida 5–10 daqiqali tanaffuslarni keltirib chiqarish mumkin. Bunda jismoniy mashqlar bajarish, ishchilarni navbat bilan almashtirish yaxshi natija beradi. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling