107
olib keladi. Ish jarayonida mushaklar qisqarishi 2 fazada:
anaerob–kislorodsiz va aerob–kislorod ishtirokida o‘tadi.
Bu jara yonlarning birinchisi boshqa laridan ilgariroq yuzaga
kelib, mu shak ishining anaerob fazasi deb ataladi,
ikkinchisi
esa keyinroq sodir bo‘lib, aerob faza deyiladi. Anaerob fazada
mushaklar fosfat kislota ishtirokida uglevodli parchalanish
hisobiga qisqaradi. Bu parchalanishning natijasida
sut kislota
hosil bo‘ladi. Aerob faza vaqtida sut kislotaning
bir qismi
karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi. qolgan sut kislota
esa erkin holda qoldiq energiya hisobiga qaytadan tiklanib,
glikogenga aylanadi va mushakdagi modda almashinishi
jarayonida yana ishtirok etishi mumkin. Bir minutda to‘plangan
parchalanish mahsulotlarini to‘la oksidlash uchun zarur bo‘lgan
kislorod miqdori kislorodga talab yoki kislorodga bo‘lgan
ehtiyoj deb ataladi. Ishning boshlanishida paydo bo‘lgan sut
kislotaning ma’lum qismigina oksidlanadi. qolgan sut kislota
esa mushaklarda vaqtincha to‘planadi va qonga o‘tadi. Ish
boshlangandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tgach (2–4 daqiqa) sodir
bo‘layotgan mushak harakatlari ta’sirlari nerv tizimiga borishi
sut kislota va boshqa mahsulotlar qonga kirishi tufayli nafas
va yurak-qon tomirlari tizimining faoliyati oshadi.
Natijada
organizm hosil bo‘layotgan sut kislota oksidlanishi uchun zarur
bo‘lgan kislorod miqdorining hammasini oladi. Parchalanish
mahsulotlarining to‘planishi va oksidlanib yo‘qolishi o‘rtasidagi
muvozanat turg‘un holat deb ataladi. Ish tamom bo‘lgandan
keyin bir qancha vaqt davomida kislorod ko‘proq
miqdorda
iste’mol qili nadi, bu kislorod parchalanish mahsulotlaridan
qolgan qismining oksidlani shiga sarf qilinadi.
Bu vaqt tiklanish
davri deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: