H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet46/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Yoshga aloqador o‘zgarishlar
Odamning keksayishi ijtimoiy, psixologik, moliyaviy
va jismoniy holatdagi, shuningdek, bandlik sohasidagi
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bu omillarning barchasi keksa
kishilarning salomatlik holatiga ta’sir qiladi va tegishlicha
qo‘llab-quvvatlashni talab etadi. Odamlarga turli-tuman
harakatlarni bajarishga imkon beruvchi xususiyatlar biologik
keksayish mezonlari hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda
aholining salomatlik holati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi
keksa kishilarning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy darajasi
bilan belgilanadi.
qarilikda yuz beradigan jismoniy va ruhiy tushkunlik
ko‘pincha, oilaga va ijtimoiy hamda tibbiy ta’minot tizimlariga
og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Surunkali xastaliklar – qandli diabet,
yurak qon-tomir kasalliklari va rak keksa yoshdagi kishilar
o‘rtasida ancha keng tarqalgan. Jismoniy cheklanishlar ijtimoiy
muloqotlar qilishga va ruhiy holatga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan
qolmaydi.
Ruhiy tushkunlik va surunkali kasalliklar yoshi ulg‘aygan
kishi ning holatiga va uning tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojiga
ta’sir qiladi. Yoshi ulg‘aygan sayin ko‘proq tarqalib boradigan
Alsgeymer kasalligi ruhiy holatning jiddiy buzilishlariga sabab
bo‘ladi. Parkinson kasalligi tobora avj olib boradigan mushaklar
rigidligiga va harakatlarining cheklashishiga olib keladi.
qarilik – hayot jarayonining yakuniy davridir. qarilik
ham orga nizm rivojlanishining ma’lum bir bosqichi, davri
bo‘lib xuddi embrional, bolalik, o‘smirlik davrlari kabi o‘z


102
xususiyatlariga­egadir.­Qarilik­davrida­organizmning­fiziologik­


funksiyalari ning yetishmov chiligi vujudga kelib, yoshi
qaytgan sari ekzogen va endogen omil ning salbiy ta’siri qarish
jarayonini tezlashtirib yubo radi. Shu tufayli organizmning
moslashuv, adaptatsiya xususiyati susayadi va yoshga bog‘liq
patologiyaning rivojlanishiga olib keladi.
S. P. Botkin va I. I. Mechnikov keksayishning ikki turi –
fi­ziologik­va­patologik­(erta­keksayish)­mavjudligini­ko‘rsatgan­
edilar.
Fiziologik keksayish aqliy va jismoniy sog‘liqning saqlanib
qo lishi, mehnat qobiliyatining saqlanishi, zamonga qiziqishi
bilan xa rakterlanadi. Organizm asta-sekin o‘zining pasaygan
imkoniyatlariga moslashib boradi, yangi kompensator
mexanizmlar ishga kirishadi va turli a’zolar hamda sistemalar
faoliyatini saqlab turadi.
Patologik keksayish ko‘pchilik kishilarda uchraydi va
keksa yish yoshiga qaraganda erta boshlanadi. Bunga boshdan
o‘tkazilgan kasalliklar, atrof-muhitning salbiy ta’siri sabab
bo‘lishi mumkin. Keksayayotganda organizm holati yoshga
hamma vaqt ham to‘g‘ri kelmasligi, qarilik har kimda har
xil kechishi sababli, xronologik va biologik keksayish degan
tushuncha mavjud.
Biologik yosh xronologik yoshdan oldin yurishi mumkin,
bunda vaqtdan ilgari keksayish yuzaga keladi. Xronologik va
biologik yosh o‘rtasidagi farq erta keksayishning darajasini
ko‘rsatadi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling