H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Ayollar salomatligi
Bolalik bilan menopauza o‘rtasidagi muddatda ayollarning salomatlik muammolari reproduktivlik (farzandli bo‘lish) bilan an’anaviy bog‘langan. Ayolning ma’lumot darajasi oshishi, hamma sohalarda ishlaydigan ayollar sonining ko‘payishi va boshqa ijtimoiy-axloqiy o‘zgarishlar tufayli ayolning salomatlik muammolari boshqa sohalarga ham ta’sir etadi. So‘nggi yillarda jamoat sog‘liqni saqlash tizimi ayollar salomatligi muammolariga ko‘proq ahamiyat berib kelmoqda. Ayollar aho lining boshqa toifalariga nisbatan tibbiy yordamga 99
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ayollar erkaklarga nisbatan uzoq umr ko‘radilar, ular erkaklarga qaraganda shifokorlarga 25 % ko‘proq murojaat qiladilar va kasalxonalarda 15 % ko‘proq yotadilar. Ayollarda reproduktivlik bilan bog‘liq alohida tibbiy ehtiyojlar bo‘ladi, bundan tashqari, ayol sog‘lig‘ida boshqa tibbiy muammolar va ehtiyojlar ham katta o‘rin egallaydi. Rivojlangan mamlakatlarda o‘pka raki birinchi o‘rinni egallaydi, ayollarda sut bezi raki ko‘proq kuzatiladi. Ayolning menarxe va menopauza o‘rtasidagi hayot sikli reproduktivlik funksiyasi bilan bog‘langan. Jismoniy va ruhiy stress bilan bog‘langan menarxe, hayzdan oldingi sindrom va menopauzaayollarkasalliklariklinikasidavaprofilaktikdas- turlarda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayolning fiziologik ehtiyojlariga oilada, ish xonada va umuman jamiyatda to‘g‘ri munosabatda bo‘linar ekan, ayol ham o‘z ehtiyojlariga e’tibor ko‘rsatilayotganiga qarab, kasalliklarni yengilroq o‘tkazadi. Ayol sog‘lig‘ining boshqa jihatlari temir tanqisligi anemiyasi va ovqatlanishning buzilishlariga aloqador holatlarni o‘z ichi- ga oladi. Ayollar salomatligi biologik va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ayollar menopauzadan keyin ilgari gormonal himoya qilingan yurak qon-tomir kasalliklari, osteoporoz va ular bilan bog‘liq aso ratlarga mo yil bo‘lib qoladilar. Ayollarning ruhiy kasallik- lar, xususan patologik qo‘rquv, depressiya va ovqatlanishning buzilishla ridan kasallanish ko‘rsatkichlarining oshishi, aftidan, gormonalvaijtimоiyomillarbilanizohlansakerak.Tug‘uruqdan keyingi va menopauzal depres siya, ishlashni bola parvarishi bilan birga olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan stresslar, oila buzil- gani bois uzoq davrlargacha yolg‘iz yashash – bular oqibat-nati- jada ayollarda ruhiy xastaliklar kelib chi qishiga sabab bo‘ladi. Ayollarda spetsifik rak shakllari – sut bezi, tuxumdon, bachadon bo‘yni raki ham sog‘liqni muhofaza qilish jihatlaridan 100
davolashga imkon beradi. Jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, bolalarni yolg‘iz tarbiyalash, jamiyatda ayol uchun zarur bo‘lgan tibbiy ta’minot xizmatlarining mazmunini va yo‘nalishini belgilab beradigan omillardan hisoblanadi. Ayollar salomatligi ko‘p jihatdan uning jamiyat dagi mavqeyiga (ma’lumoti, ishga joylashishi, mehnatga haq olishi va h.k.) bog‘liq. Ayollar huquqlari va ularga amal qilish bo‘yicha choralar xususi dagi qonunlar turli mamlakatlarda turli-tuman va ularning sog‘liqni saqlash sohasidagi ifodasi ham bir xil emas. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ayol sog‘lig‘i bir qator muammolarga duch keladi, jumladan, homiladorlik va onalar o‘limining yuqori ko‘rsatkichlari, tanosil kasalliklari va SPId, kontratsepsiya vositalari bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik kabilar shular qatoriga kiradi. Afrikaning ba’zi bir tumanlarida homilador ayollarning uchdan bir qismi VICH infeksiya tashuvchilar hisoblanadi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra jahondagi barcha ayollarning qariyb to‘rtdan bir qismi oilada zo‘ravonlikka va jinsiy shil qimliklarga uchraydi. Tailand, Yangi Papua-Gvineya, Koreyada bu ko‘rsatkichlar 50 %dan yuqori, Pokiston va Chi lida ular 80 % gacha boradi. JSSTning boshqa ma’lumotlariga ko‘ra rivojlana- yotgan mamlakatlarda 85–115 mln. ayollar „xatna“ (klitorekto- miya) qi lingan va yiliga qariyb 2 mln qizlar shu marosimni boshdan kechiradilar. Ayollarni „xatna“ qilishning bevosita asoratlaridan qon ketish, og‘riq shoki va infeksion yallig‘lanish kabi hodisalarni sanab o‘tish mumkin. Uning keyinchalik yuz beradigan oqibatlari chanoq a’zolari yallig‘lanishi, bepushtlik, psi xologik shikastalik va jinsiy buzilishlardan iborat. Bu, shuningdek, tug‘uruqlarda tug‘uruq yo‘llari tuti lib qo lishiga sabab bo‘lib, odatda, onaning o‘limi bilan yakunlanadi. Klitorektomiya profilaktikasi jamiyatning ayolga bo‘lgan 101
jamiyatdagi mavqeyini, shuningdek, uning ijtimoiy rolini va obro‘sini oshirishni taqozo qiladi. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling