H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Keksa yoshli kishilar sog‘lig‘ini saqlashdagi


Download 485.49 Kb.
bet41/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

5.3. Keksa yoshli kishilar sog‘lig‘ini saqlashdagi
maqsad va vazifalar
Hamshira keksa yoshdagi bemorlar bilan muloqotga kirish-
ganda quyidagilarga amal qilishi lozim:
1. Muloqotni aniq, ravon va sodda tarzda olib borish.
2. Keksa bemorlarning dardlarini sabr-toqat bilan tinglash,
faol eshitish.
3. Unumli ravishda savollar berish.
4. qariyalarni muloqotda chorlovchi muhitni yaratish.
5.­Birlamchi­profilaktika:­erta­yetuklik­yoshidan­boshlab­
sog‘liqni saqlashga imkon yaratish: chekishni to‘xtatish, to‘g‘ri
ovqatlanish va jismoniy tayyorgarlik.
6. Surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni muntazam
tibbiy kuzatish (gipertoniya, diabet, yurakning ishemik kasal-
ligi va rak).
7. O‘tkaziladigan tekshirishlarni hujjatlashtirish: ijtimoiy
ajra lib qolganlik, jismoniy holat, kasalliklar mavjudligi, ularn-
ing simpto matikasi va og‘ir-yengilligi, funksional buzilishlar.
Nogironlik darajasi, qabul qilinadigan dorilar, vazn, odatdagi
ratsion, arterial bosim, glaukoma, chekish, alkogol va giyoh-
vand moddalar iste’mol qi lish, depressiya, yaqinlari o‘limidan
qattiq iztirob chekish, jismoniy zo‘ravonlik va sarishta emaslik,
terining rak oldi o‘zgarishlari.
8. Tibbiy tekshiruvlar: eshituv, ko‘rish, xotira, ruhiy holat,
ko‘z tubi, og‘iz bo‘shlig‘i, arterial bosim, yurak (EKG), o‘pka,
tomirlar, asab tizimi, jigar, anevrizmalar; rektal qon ketishlar-
da – sigmoidoskopiya.
9. Laboratoriya tekshiruvlari: qon xolesterini, gemoglobin,
ley kositlar, BUN (buyraklarni tekshirish), och qolishda qand-
ga,­axlatda­qon­borligiga­tahlil;­ko‘krak­qafasi­rentgenografi-


92
yasi­va­yil­sa­yin­mammografiya,­boshqa a’zolarni ko‘rsatmalar


bo‘yicha­rent­genografiya­qilish.
10.­Хulosa­va­muhokama:­hamma­tekshirish­natijalarini­
bemor bilan muhokama qilish uchun yig‘ish.
11. Bemor bilan jismoniy mashqlar; parhez va ovqatlanish;
za rarli odatlar: chekish, alkogol va giyohvand moddalar iste’mol
qilish;­travmatizm­profilaktikasi;­turmushda­va­yo‘llarda­texni-
ka xavfsizligiga rioya qilish; og‘iz bo‘shlig‘ni parvarish qilish;
immunizatsiya zarur ligi: difteriya-qoqshol anatoksini bilan har
10 yilda, grippga qarshi vaksinatsiya yil sayin, pnevmokokk
vaksinasi har 5–6 yilda; dorilar bilan davolashda ehtiyot cho-
ralari­va­ularning­qo‘shimcha­ta’siri;­ijtimоiy­qo‘llab-quvvat-
lash xizmatlariga murojaat qilish: vaqti-vaqtida o‘tkaziladigan
tekshiruvlarni rejalashtirish.
Jamoa va ijtimoiy muassasalar negizida qariyalarni
qo‘llab-quvvatlash jamoa xizmatlarini tashkil qilish sog‘liqni
saqlash muassasalarining faol ishtirokini talab etadi. Aholini
qariyalarning ehtiyojlari to‘g‘risida xabardor qilish, jamoani
yetarli mutaxassislar bilan ta’minlash, muayyan xizmatlarni
bevosita ko‘rsatish jamoat sog‘liqni saqlash faoliyatining
bir qismi sanaladi. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash tizimi
muvofiqlashtiruvchi­vazifasini­ham­bajaradi,­chunki­ko‘pgina­
xizmatlar uning vakolatiga kirmaydi, masalan: tibbiyot
muassasalarining uyda statsionar xizmat ko‘rsatishi, aholi
guruhiga xizmatlar va yordam ko‘rsatadigan ko‘pchilik tashkilot-
lar faoliyati shular jumlasidandir.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling