H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Keksa kishilarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash


Download 485.49 Kb.
bet40/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Keksa kishilarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash
O‘zini oilada va jamiyatda ortiqcha sezmasligiga imkon
beradigan ijtimoiy va oilaviy rishtalar qariyalar uchun g‘oyat


89
muhimdir. Sog‘lom oilaviy va ijtimoiy munosabatlar qariyalar


sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va qariyalar uylarida
yashashga muhtoj bo‘lgan kishilar sonini qisqartiradi. Keksa
odamning ruhan salomatligi uning o‘zini qanday his qilishiga
va oiladagi hamda jamiyatdagi roliga o‘zining qanday baho
berishiga­bog‘liq.­Sog‘lom­hordiq­chiqarish,­ijtimоiy­faollik,­
yoshi ulg‘aygan sog‘lom odam turmushining ajralmas qismi
hisoblanadi.­Qariyalarga­dam­olish­va­ijtimоiy­faollikka­imkon­
beradigan muassasalarni tashkil qi lish davlatning sotsial siyosati
doirasida amalga oshirilishi kerak. Bu muassasalar keksa
kishilarning jamoadan ajralib qolmasliklarini ta’minlaydi.
Yordamga muhtoj qariyalarni aniqlash va profilaktik
xizmatni tashkil qilish
Katta yosh guruhlaridagi aholining ko‘payishi va, ayniqsa,
75 yoshdan ortiq umr ko‘rishning uzayganligi munosabati bilan
sog‘liqni saqlash tizimi yoshi ulg‘aygan kishilarning sog‘lig‘i va
ularning farovonligini qo‘llab-quvvatlab turish dasturini ishlab
chiqishi ke rak. Bu surunkali kasalliklarga erta tashxis qo‘yish va
mavjud bo‘lgan kasalliklarni o‘z vaqtida davolash, organizm ning
umuman­zaiflashib­qolishiga­olib­keladigan­asoratlarning­oldini­
olishni­o‘z­ichiga­oladi.­Keksalik­kasalliklarining­profilaktik­
choralarini ko‘rishga odam 65 yoshga yetishidan ancha ol din
kiri shish lozim. 65 yoshdan keyin qarilikka tayyorgarlik
parvarish­va­gigiyenani­o‘z­tarkibiga­olishi­va­profilaktikaga­
qaratilishi kerak. Keksaygan kishilarni doimiy tibbiy kuzatish,
to‘g‘ri kelmaydigan dori vositalarini qabul qilish, mos bo‘lmagan
ovqatlanish bilan sog‘liqni ushlab turish mumkin emasligini
tushunmaslik,­shuningdek,­ijtimоiy­ajratib­qo‘yishning­ba’zi­
bir oqibatlari sababli paydo bo‘lgan asoratlarni qisqartirish va
ularga yo‘l qo‘ymaslik lozim.


90
qariyalarning umrini uzaytirish va sog‘lig‘ini saqlash


uchun­ijtimоiy­muloqotlar­muhimdir.­Buning­uchun­yosh­avlod­
jamiyatning­yoshi­ulg‘aygan­a’zolarining­oilaviy­va­ijtimоiy­
ehtiyojlarini tushu nishi kerak. Ijtimoiy faollik hatto eng qari
va quvvatdan ketgan keksa larning ham umrini cho‘zadi, ularda
o‘ziga ishonchni mustahkamlaydi. Kuniga bir mahal telefon
qo‘ng‘irog‘i, zarur bo‘lib qolgan taqdirda kimgadir murojaat
qilish­mumkinligi,­tibbiyot­va­ijtimоiy­xodimlar­bilan­muntazam­
uchrashib turishlar – bularning hammasi qariyaga katta foyda
keltiradi. qariyalar va nogironlarga tibbiyot muassa salari va
jamoat tadbirlariga qatnashishlariga, magazinlarda o‘zlari xarid
qilishlariga imkoniyat yaratilishi lozim. O‘z-o‘zini boshqaruv chi
avtobus kompaniyalari, ko‘pincha, qariyalarni tashish to‘g‘risida
shartnomalar tuzadilar, ular faqat maxsus yo‘nalishlarni
bajaribgina qolmay, balki yo‘l haqini ham pasaytiradilar,
nogironlar va keksalarning oromkursili aravachalarda jamoat va
o‘z-o‘zini boshqarish muassasalariga hamda savdo markazlariga
qatnashlari jamoat hayotida ishtirok etishlariga imkon beradi.
Ozodlik va istagan joyiga borishi mumkinligi keksa kishi
hayoti ning muhim qismidir. Pensiyaga chiqish, bir tomondan,
dam olish va vaqtni qiziqarli o‘tkazish imkoniyatini beradi,
ikkinchi tomondan esa yolg‘iz qolishga to‘g‘ri kelib, depressi-
yaga sabab bo‘lishi ehtimol. Shuning uchun hayotdagi keskin
o‘zgarishga ruhiy tay yorgarlik jismoniy tayyorgarlikdan kam
ahamiyatga ega emas. Yaqin kishilari ning o‘limi va judolik ala-
mi hayotning ajralmas bo‘lagidir. Bunda keksa lar jamoa hamda
oilaning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘ladilar.


91


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling