H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tug‘uruqxonaga borishdan oldin tayyorlab qo‘yiladigan narsalar
Tug‘uruqqa tayyorgarlik
Homiladorlikning 30-haftasidan boshlab og‘ir mehnat bilan shu g‘ullanmaslik, transportda uzoq vaqt yurmaslikka harakat qi lish kerak. Homiladorlikning 36-haftasidan boshlib soxta to‘lg‘oq (ushoq dard) paydo bo‘lishi mumkin, lekin tug‘uruq muddatli deb 39–41-hafta hisoblanadi. Ba’zi ayollar „tez- roq qutulib olish“ni istab, shifokordan tug‘uruqni tezlatishni so‘rashadi. Shoshilmaslik kerak, hamma narsa o‘z vaqtida bo‘lgani ma’qul. Ayolga tug‘uruq jarayonida bolasi ham ishtirok etishi, unga tug‘uruqqa yaxshi tayyorlanib olishga imkon berish kerakli gini tushuntiring. Bu davrda ayol tug‘uruqxonaga borishga tayyorgarlik ko‘ra boshlashi zarur. Ayol oila a’zolari bilan maslahatlashib qaysi tug‘uruqxonada tug‘ish ma’qulligini aniqlab olishini ayting. Ayol tug‘uruqxona, doya – akusherka va shifokorlarni tanlashga to‘la huquqi bor. Ayolga tug‘uruqxonada qanday xizmatlar ko‘rsatilishini, shifokor va akusherkani ona va bolaga qanday munosabatda bo‘lishi, tug‘dirishda qanday usullardan foydalanishi kabilarni tushuntiring. Ko‘proq tabiiy va ayolning xohish-istaklarini hisobga olgan holda va dori-darmonlarsiz tug‘dirish yo‘li qo‘llanadigan tug‘uruqxonalar tanlangani maq’ul. Bundan tashqari, ayol bilan tug‘uruq zalida birga bo‘lish mumkin bo‘lgan va ayolni qo‘llab-quvvatlaydigan kishi si (tug‘uruqdagi bo‘lajak 80
insoni bilan birga bo‘lish huquqiga ega ekanligini, bu turmush o‘rtog‘i, onasi, qaynonasi, opa-singlisi yoki dugonasi bo‘ladimi, buni ayolning o‘zi tanlashini tushuntiring. Tug‘uruqxonaga borishdan oldin tayyorlab qo‘yiladigan narsalar Ayolga tushuntiring! – xalat yoki oldida tugmachalari yechiladigan ip gazlama- li ko‘y lak, ro‘mol; – tish pastasi, tish chotkasi, sovun, tualet qog‘ozi, taroq, so chiq; – paxtali yengil ichkiyimlar; – odatdagi hajmdan kattaroq bo‘lgan ip gazlamali siynaband (taqinchog‘i oldida bo‘lsa qulay bo‘ladi); – ob-havoni hisobga olgan holda ustki kiyim va poyabzal; – 5 metr toza doka yoki dazmol bosilgan chit gazlama (tagliklar va ko‘krak salfetkalari uchun); – pasport va almashinuv kartasi; – chaqaloq uchun 2 tadan qalpoqcha, ko‘ylakcha, yo‘rgak, qishda issiq yopinchiq (har ehtimolga qarshi); –ifloslangankiyimlarnisolishuchunpolietilenxaltacha. Ayolning oila a’zolari bilan maslahatlashing, zarur payt tug‘ u ruqxonaga olib boradigan transport egasi bilan kelishib qo‘yishlarini tayinlang. Agarda uyida mashina bo‘lmasa, qo‘shnilari yoki qarindoshlari bilan gaplashib qo‘yishini eslating. Tug‘uruq yaqinlashgan sari nafas olish yengillashishi, lekin yurish qiyinlashishi va qorin pastida og‘riqlar sezilishi tabiiy hol ekanligini tushuntiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling