H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menopauzadan keyingi davr.
- 4.6. Ayol hayoti davrlarida salomatlikni muhofaza qilish Homiladorlik
- Homiladorlikda uchraydigan xavfli belgilar
Klimakterik davr – ayollar reproduktiv sistemasi funksiyasi-
ning so‘nib borish davri hisoblanib „klimaks“ termini o‘rniga qu yidagi terminlar qo‘llanilishi qabul qilingan. Menopauza oldi davri – 45 yoshdan menopauzagacha. Menopauza davri – menopauza oldi davri bilan menopau- zadan keyingi 2 yil. Menopauzadan keyingi davr. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotitasnifibo‘yicha70–74yoshkeksalik,75–89yosh qarilik, 90 yoshdan oshgan kishilar uzoq yashayotgan kishilar hisoblanadi. Хotin-qizlarsalomatliginisaqlashvatiklashmaqsadida 1991-yil 23-noyabrda O‘zSSVning 154-sonli „Tug‘uruq yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish“ buyrug‘i ishlab chiqildi va hayotga tatbiq qilindi. Buning shiori „Kasal ona tug‘masligi kerak, tug‘ilgan bola o‘lmasligi kerak“dir. 4.6. Ayol hayoti davrlarida salomatlikni muhofaza qilish Homiladorlik – bu har bir ayol kutadigan va hayajonlana- digan holat. Birinchidan, homilador bo‘lishi bilan ayolda bir nechta savollar tug‘ilishi mumkun va hamshira ushbu savollar- ga javob berishi lozim. Ikkinchidan, homiladorlik davrida bir nechta kichik muom- malar tug‘ilishi mumkin, lekin bu holatlar bezovta bo‘ladigan belgilar deb hisoblanmasdan, ayolga biror noqulaylik keltirishi mumkinligi ni bilish: – uyqu bosishi; – ishtaha oshishi, o‘tkir va sho‘r ta’mli ovqatlarni iste’mol qi lishni xohlash; – ertalab ko‘ngil aynishi; 71
– ushbu holatlarda ayolga tez-tez, kam-kam ovqatlanish, tinch lanish haqida ma’lumot bering va tushuntirish ishlarini olib boring. –homiladorayoldaxavflibelgilarkuzatilgandatezdatibbi- yot xodimiga murojaat qilishi lozimligini tushuntiring. Homiladorlikda uchraydigan xavfli belgilar HomiladorlikningIuchoylikdavridauchraydiganxavfli belgilar: – ko‘p takrorlanuvchi qayt qilish; – nafas olishning qiyinlashishi; – terida sariq rangli alomatlarning paydo bo‘lishi; – terining qichishishi; – haroratning ko‘tarilishi; – qorin pastida og‘riq; – qindan qonli ajralma kelishi. Homiladorlikning II va III uch oylik davrlarida uchraydigan xavflibelgilar: – homila qimirlashining tezlashishi, sekinlashishi yoki butun- lay yo‘qolishi; – oyoqlar yoki butun tananing to‘satdan shishishi; – bosh og‘rig‘i, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, ko‘z oldining qorong‘ilashishi yoki dog‘lar uchgandek va chaqnagandek bo‘lib ko‘rinishi; – qaltirash, varaja va tana haroratining 38 °C va undan ortiq bo‘lishi; – oshqozon sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusishning paydo bo‘lishi; – hushdan ketish; 72
– nafas olishning qiyinlashishi; – siydikning kamayishi; – haddan tashqari ko‘p uxlash yoki uxlolmaslik; – qindan suvli, yiringli, qonli ajralmalarning kelishi. Harbirtashrifdahomiladorlardauchraydiganxavflibelgilar- ning bor yoki yo‘qligini bo‘lajak onadan so‘rang. Agar xavf bo‘lsa, ayolni iloji boricha tezroq tibbiy yordam olishini ta’minlang. Ayollarnitasniflashningan’anaviyusullari,kamxavfli, o‘rtaxavfli,yuqorixavflimezonlaribo‘yichahomiladorlik va tug‘u ruq asoratlarini oldindan bilish isbotlangan. Yuqori darajada xavf so luvchi homiladorlik nima? Mutaxassis yordamiga muhtoj bo‘lgan homiladorlikdir. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling