H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Oila salomatligini mustahkamlashda


Download 485.49 Kb.
bet28/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

4.2. Oila salomatligini mustahkamlashda
hamshiraning maqsad va vazifalari
Oilalarda o‘rta tibbiy xodimlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda
ish olib borishlari lozim:
1. Oilaning tibbiy maslahatchisi tarzida oilada sog‘lom tur-
mush tarzini targ‘ib etish.
2. Oiladagi o‘tkir kasalliklarni oldini olish va kasalliklarni
remissiya davrini to‘liq amalga oshirish.
3. Oilada yuqori malakali, ko‘pqirrali tibbiy yordam
ko‘rsatish.
4. Oilaning tibbiy, ijtimoiy muammolarini o‘rganish va hal
etish.
5. Oilada ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkam-
lash va sog‘lom avlod tug‘ilishiga e’tibor berish.
6. Ayollar tibbiy madaniyatini oshirish.
7. Yolg‘iz, qariyalar va o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj bo‘lgan
aholi qatlami bilan ishlash.
Oila hamshirasi, albatta, ushbu oilaning sanitariya holati va
oila a’zolarining tibbiy ongini oshirish borasidagi ishlarni jur-
nalda belgilab borishi lozim.
4.3. Oilada hamshiralik jarayonini amalga oshirishda 
qo‘llaniladigan nazariyalar
Hamshiralarimiz aholini oilada muntazam kuzatib borish
uchun „Ish jarayoni“ni 5 bosqichda amalga oshirishlari kerak.
I bosqich – oila a’zolarining sog‘lig‘ini aniqlash, bemor
anamnezini yig‘ish va laboratoriya tekshiruvini o‘tkazish.


66
II bosqich – oila muammolarini o‘rganish va bemor shikoyat-


ini aniqlash, hamshira tahlilini o‘tkazish.
III bosqich – hamshira yordamini va parvarish rejasini tuzish.
IV bosqich – rejani amaliyotda qo‘llash.
V bosqich – bajarilgan ishlarni tahlil qilish va natijani oila
a’zolariga ma’lum qilish.
Oilaviy hamshiralar uchun bu 5 ta bosqichni qamrab olgan
„Oila a’zolarining oilada muntazam nazorati“ standart jurnali
amalga joriy etiladi.
Jurnalda oila a’zolarining ism-sharifi, tug‘ilgan yili va
sanasi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda hamshiraning tibbiy xulosasi,
bemorning qon bosimi, pulsi, tana harorati va shikoyati
haqidagi ma’lumotlar qayd etilishi lozim. Eng asosiysisi, shu
oilada qanday muammolar mavjud, yoki masalan, bemor qon
bosimining oshishiga qanday muammolar sabab bo‘ldi va
birinchi navbatda bemorni qon bosimi oshmasligi uchun mavjud
muammoni­qanday­bartaraf­etish­kerakligi­haqida­hamshira­fikr­
yuritishi kerak. Bemorga ko‘rsatiladigan yordam rejasi asosida
amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan yordam natijasi ushbu
jurnalda o‘z aksini topishi kerak.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling