H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet25/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Ijtimoiy salomatlik – jamiyatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyo-
siy jihatdan harakatlantiruvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun
jamiyat (aholi) salomatligining asosiy ko‘rsatkichlarini bilish
har bir tibbiyot xodimi uchun zarurdir.


53
Salomatlik ko‘rsatkichlari


Shunday qilib, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining
ta’rifiga­ko‘ra,­jamiyat­sog‘lig‘ini­saqlash­–­sog‘liqni­saqlash­
va mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda tibbiy
tadbirlar orqali aholi salomatligini yaxshilash, turmush daraja-
sini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy faoliyatdir.
Tug‘ilish – yil davomida tug‘ilganlar sonining 1000 ta aho-
li soniga nisbatan olingan miqdori. Hozirgi sharoitda tug‘ilish
o‘rtacha 15 dan 25 foizgacha o‘zgarib, shaharda qishloqlarda-
giga nisbatan kamdir.
O‘lim – 1000 aholi soniga nisbatan olingan yil davomida
o‘lganlar soni bo‘lib, o‘rtacha 9 – 15 foizni tashkil etadi.
Bolalar o‘limi hozirgi vaqtda O‘zbekistonda asosiy
muammolardan biri bo‘lib, oilalarni rejalashtirish haqida


54
tushuntirish ishla rini yaxshi yo‘lga qo‘yish, onalarning yetarlicha


tibbiy bilimga ega bo‘lib borishlari natijasida anchaga kamaydi.
Kasallanish – aholi salomatligining izdan chiqish hollari.
Bu aholi salomatligiga baho berishda katta ahamiyatga ega.
Kasallanish ha qidagi ma’lumotlar quyidagi manbalardan olinadi:
a)­davolash-profilaktika­muassasalariga­murojaat­etishlariga­
qarab;
b) tibbiy ko‘rik natijalariga qarab;
d) o‘lim sabablariga qarab.
Aholi salomatligining ko‘rsatkichlariga tayangan holda tib-
biyotimizni rivojlantirishda quyidagilar aniqlab olinadi:
1. Aholining tibbiy yordam turlariga talabi.
2. Kerakli mutaxassislar soni va xillari.
3.­Davolash-profilaktika­muassasalarining­soni­va­xillari.
4. Tibbiyot xodimlari faoliyatining hajmi va unumdorligi.
5. dispanserizatsiya ishini amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlari.
Turmush tarzi – insonning jamiyatda yashashi, mehnat
qilishi, dam olishi, davolanishi va hokazolarni o‘z ichiga olgan
tushun chadir. Uning tarkibiy qismlariga faqat ijtimoiy-siyosiy
va ishlab chiqarish faoliyatigina emas, balki ishlab chiqarishdan
tashqari vaqtdagi faolligi, ijtimoiy madaniy faoliyati ham kiradi.
Tibbiy faollik ham uning bir turidir. Turmushda odam turli xil
salbiy taassurotlar, nojo‘ya holatlar va sharoitlarga tushib qolishi
mumkin. Bular esa, o‘z navbatida, salomatlik, turmush tarzini
sog‘lomlashtirish haqi da to‘la bilimga ega bo‘lishni talab etadi,
aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash
va tibbiy bilimlarni targ‘ib qi lishni taqozo etadi.
Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib,
unumli mehnat qilish, faol dam olish, badantarbiya va sport
bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy va
psixogigiyenaga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli
odatlardan o‘zini tiyish va har yili shifokor ko‘rigidan o‘tib
turishdan iborat.


55


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling