H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet27/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Tayanch so‘z va iboralar
1. Sanologiya – salomatlik haqida ta’limot
2. Salomatlik determinanti­–­xavfli­omil
3. Dispanserizatsiya – kasalliklarni aniqlash va tashxis
qo‘yish
4. Konsultativ markaz – maslahat markazi
5. QVP – qishloq vrachlik punkti
6. Kardiologiya – yurak kasalliklarini o‘rganuvchi fan
7. Onkologiya – o‘sma kasalliklarini o‘rganuvchi fan
8. Statsionar – shifoxona bo‘limlarida yotib davolanadigan
tibbiyot muassasalari.
Savollar
1. Salomatlik ko‘rsatkichi nima?
2. Salomatlik determinantlari necha guruhga bo‘linadi?
3. Dispanserizatsiyaning vazifasi nima?
4. Aholini dispanser ro‘yxatiga olish muassasalarining necha 
turi mavjud?
5. Oilaviy hamshiraning vazifalari nimalardan iborat?
6. Oilaviy hamshiraning afzalliklari nimalardan iborat?


62
IV bob


OILA SALOMATLIGI VA HAMSHIRALIK 
PARVARISHI. HAMSHIRANING ONALIK VA 
BOLALIKNI MUHOFAZA QILISHDAGI FAOLIYATI
Reja
1. Sog‘lom oila tushunchasi.
2. Oila salomatligini mustahkamlashda hamshiraning
maq sad va vazifalari.
3. Oilada hamshiralik jarayonini amalga oshirishda
qo‘llani ladigan nazariyalar.
4. Onalik va bolalikni muhofaza qilish.
5. Bolalikning turli davrlaridagi xususiyatlari, balog‘atga
yet magan qizlar, ayollar organizmida rivojlanish davridagi
o‘zgarishlar va ularning salomatligiga ta’sir etuvchi omillar.
6. Jamoadagi ayol hayoti davrlarida salomatlikni muho-
faza qilish.
7. Reproduktiv salomatlik haqida tushuncha.
4.1. Sog‘lom oila tushunchasi
Sog‘lom oila butun jamiyatning sihat-salomatligini belg-
ilaydi. Sog‘lom oila – bu jamiyatimizning jismoniy sog‘lom,
ma’naviy boy va barkamol farzandlar tarbiyalanadigan o‘zagidir.
Aholi salomatligini yaxshilashda, onalar va bolalar o‘limini
kamay­tirishga­erishishda­demografik­holatni­muvofiqlashtirish­
muhimdir.­Demografik­holatni­muvofiqlashtirish­ikki­maqsad-
ni – bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ular o‘limini kamay-
tirishni nazarda tutadi.


63
Respublikamizda­demografik­holatni­muvofiqlashtirish­bora-


sida olib borilayotgan targ‘ibot ishlaridan maqsad tug‘ilishni
cheklash emas, balki tug‘ishdagi oraliq muddatini uzaytirib,
sog‘lom avlodni dunyoga keltirishdir. Onalar sog‘lig‘ini
yaxshilash, ona va bolalar o‘limini kamaytirishdan iboratdir.
demografik holatni muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi
oilada farzandlar sonini ko‘paytirish emas, balki uning sifatini
yaxshilashdir. O‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda aholining 60
%i­oilada­o‘rtacha­1–2­ta­farzand­bo‘lishini­maqsadga­muvofiq­
deb­hisoblaydi.­Respublikada­olib­borilayotgan­demografik­
siyosat o‘ziga quyidagilarni qamrab oladi:
– oila, oilaviy munosabatlar, oilada sog‘lom turmush tar-
zini targ‘ib qilish, yoshlar tafakkurini, dunyoqarashini shu
yo‘nalishda shakllantirish;
– yosh kelin-kuyovlarning bir-birini tushunishi, tinch va
moddiy jihatdan ta’minlangan oilada ertangi kunga ishonch
bilan ke lajak avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mas’uliyatini
anglab yetishi;
– erkaklarning farzandlari va ayollari sog‘lom bo‘lishi uchun
farzand ko‘rish oralig‘i 3 – 4 yil bo‘lishini, gap uning kelajakda-
gi nasli, avlodning salomatligi haqida borayotganligini anglatish;
– oila qurayotgan yoshlar faqat oila oldidagina emas, bal-
ki kelajak avlod va millatning sog‘lom bo‘lishi uchun javobgar
ekanliklarini anglab yetishlari;
– ma’naviy barkamol farzandlarni voyaga yetkazishda ota-
ona larning sanitariya-gigiyena jihatdan yetarli bilimga ega
bo‘lishlariga erishish;
– ayollar maslahatxonalarini zamonaviy uskunalar bilan
jihoz lash va bu yerda, tug‘ish oraliq muddatini saqlashda
qo‘llaniladigan zamonaviy kontraseptivlarning ayol organizmi-
dagi boshqa kasalliklarni davolovchi xususiyati haqida tashviqot
ishlarini olib bo rish;


64
– o‘smir yoshlarni bir yilda bir marta shifokor ko‘rigidan


o‘tka zish. Respublika Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda
ma’naviy barkamol, axloqiy pok yoshlarni tarbiyalash, makta-
blarda turli jinsiy yuqumli kasalliklar, jinsiy munosabat, nikoh-
oila munosabatlari haqida tarbiyaviy va tashviqot ishlarini olib
borish;
–­demografik­muammolar­–­ona­va­bola­salomatligini­muho-
faza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, ekologik sharoit-
larni yaxshilash, oila turmush madaniyatini oshirish kabi vazi-
falarni yechishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida
qu yi dagilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar deb ko‘r-
satilgan:
– loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan
shaxslar o‘rtasida;
– nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindosh-
lar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar
o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlik-
ka olinganlar o‘rtasida;
– loaqal bittasi ruhiy kasalligi yoki zaifligi sababli sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar
o‘rtasida.
Hozirda respublikamizda nikohlarni birmuncha yosharishi
kuzatilmoqda. qizlarning oilaviy hayotga jismonan, ma’nan
va ruhan, reproduktiv va jinsiy hayot madaniyatiga tayyor
bo‘lmagan holda erta turmushga chiqishlari quyidagi oqibat-
larga olib kelmoqda:
– yosh oilalar orasida ajralishlarning ko‘payishi, statistik
ma’lumotlarga qaraganda ajralishlar aynan yoshlar oila qurgan-
dan boshlab 5 yil davomida ro‘y berishi;
– tug‘ish vaqtidagi murakkabliklar, tug‘ish va homiladorlik
o‘rtasidagi oraliq vaqtning qisqarishi;


65
– 20 yoshgacha bo‘lgan birinchi bor tug‘ayotgan yosh ayol-


lar o‘rtasida o‘limning ko‘payishi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling