H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet31/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Jinsiy yetilish davri taxminan 10 yil davom etib bu davrda
jismoniy va jinsiy rivojlanish baravar kechadi. 18–20 yoshda qiz
bola jismoniy va ruhiy tomondan to‘liq yetiladi. 10–11 yoshda
sut bezlari hosil bo‘ladi (telarxe), 11–12 yoshda qo‘ltiq ostida,
qov sohasida tuklar paydo bo‘lishi, 12–13 yoshda birinchi hayz
qoni kelishi, tana massasining o‘shishi kuzatiladi.
Jinsiy yetilish – ayol umrining o‘zgaruvchan davri bo‘lib,
bu vaqtda qiz bola tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga va ichki
omillarga o‘ta sezgir bo‘ladi. Jinsiy yetilish davrida ovqatlanish,
o‘qish va dam olish qat’iy rejim asosida amalga oshirilishi, uning
jismi va ruhiyatiga og‘irlik tushmasligi shart. 10–12 yoshdan
qiz bolani jismoniy va ruhiy o‘zgarishga tayyorlab, unga jinsiy
rivoj lanish haqi da so‘zlab berish lozim. qiz bolaga birinchi
hayz vaqtida nimalar qilish lozimligi tushuntiriladi, jismoniy
zo‘riqishdan ehtiyotlab qo‘shimcha dam olish tavsiya etiladi.
Bu kunlarda qiz bola maxsus gigiyenik salfetkalarni qo‘llaydi.
Gigiyenik chora-tadbirlar suv muolajalari badan, tashqi jinsiy
a’zolarni yuvish tavsiya etiladi.
Jinsiy yetuklik davri 16–18 yoshdan 45–47 yoshgacha,
o‘rta cha 30 yil davom etadi. Bu davr mobaynida ayol organiz-
mi nasl qoldirish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Har bir ayol bu davrda homilador bo‘lish ehtimoli yuqori-
ligini hisobga olib homiladorlikdan saqlanish usullarini bilishi,
o‘ziga qulayini tanlay olishi kerak. Homiladorlik rejalashtiril-
gandan 2–3 oy oldin tibbiy muolajalarni to‘xtatish tavsiya eti-
ladi. Reproduktiv yoshda jinsiy yo‘llar orqali tarqaladigan
yuqumli kasalliklar asosiy muammo hisoblanadi. Kasallikning


70
oldini olishning eng ishonchli usuli sog‘lom turmush tarzini


yuritishdir.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling