113
energiyasarflaydiganishchilar(o‘roqchilar,daraxtkesuvchilar
va boshqalar) toliqmasligi uchun ishni mexanizatsiya lash va
avtomatlashtirish kerak bo‘ladi. Ish turi o‘zgartirib turilganda
toliqish ancha kamayadi. Masalan, aqliy mehnatdan so‘ng
jismoniy mehnat qilish yaxshi natija beradi. Bunday mehnatlarda
mikroiqlim – toza havo bo‘lishi,
ish joyi yoritilishi lozim,
shovqin bo‘lmasligi va to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga
ega. Bir kunda uzog‘i bilan 8 soat mehnat qilish ke rak. Ayrim
sohalarda, masalan, ko‘mir va tog‘ sanoati ishchilari uchun 6
soatlik ish kuni belgilangan. Toliqishning
oldini olishda dam
olishni to‘g‘ri tashkil etish ahamiyatli. dam olish ish davomida
va ishdan tashqari vaqtda bo‘ladi. Agar ish og‘ir bo‘lsa, 1–2
soatda 5–10 da qiqa dam olish yoki tanaffus qilish lozim.
davomli tanaffus qilish ishlash layo qatini pasaytiradi. Tushki
tanaffus 1 soat bo‘lishi mumkin. Juda
toliqib qolmaslik uchun
haftada bir kun dam olish va yillik mehnat ta’tiliga chiqish
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: