H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet55/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Ish kiyimlariga qarash. Ishchilarning ish kiyimlari o‘z
vaqtida ta’mirlanishi va yuvilishi kerak. Shunigdek, ko‘p miq-
dordagi­zaharli­changlarni­va­infeksiya­xavfi­bo‘lgan­mahsulot-
larning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarda ular changdan
tozalanishi, kimyo viy tozalanishi, dezinfeksiya qilinishi kerak.
Ish kiyimlari maxsus yo‘riqnoma bo‘yicha turli usullar bilan
tozalanadi.
Maxsus oyoq kiyimlarining sifati zararlanishlarning xususiya-
tiga qarab belgilanadi. Masalan, issiq sexlarda kiyiladigan
maxsus oyoq kiyimlari ishchilarni cho‘g‘langan metallning
uchqunlaridan va o‘tkir nurlanishdan himoya qiladigan bo‘lishi
kerak, nam ishlarda esa suvga chidamli va suv o‘tkazmaydigan
bo‘lishi, kislota, ishqor, moylar bilan ishlanadigan ishlarda
kiyiladigan oyoq kiyimlar esa shu moddalarga nisbatan chidamli
bo‘lishi zarur.
Himoya qiluvchi ko‘zoynaklar va qalqonlar. Ko‘zni
cho‘g‘ lan gan metallning uchqunlaridan, kislota, ishqordan va
boshqa kimyoviy moddalardan uchib chiquvchi parchalardan,
changlardan va, shuningdek, energiya nuri ta’siridan himoya qil-
ish uchun ishchilar tegishli ko‘zoynaklar bilan ta’minlanadilar.
Himoya qiluvchi ko‘zoynaklar ko‘zni zararli ta’sirlardan to‘la
saqlashi, shu bilan birga ko‘z oldini mumkin qadar oz to‘sishi,
terlamasligi, yengil bo‘lishi kerak. Ko‘zni sachrab chiqqan par-
chalardan va mayda zarrachalardan saqlash uchun tangasimon
ko‘zoynaklardan foydalaniladi, bularning gardishiga tangacha-
lar shunday joylashtirilganki, natijada uchgan parchalar ko‘zga
kira olmaydi.
Ko‘zoynaklarning oynasini terlashdan saqlash uchun qalam
shak lida tayyorlanadigan sovun moyidan foydalanish kerak,


116
bu moy sur kalgandan keyin oyna to‘liq tozalanguncha artila-


di. Agar bun day qalam bo‘lmasa, oddiy kir sovundan ham foy-
dalanish mumkin.
Yorug‘likni­filtrlovchi­ko‘zoynaklar­ko‘zni­domna,­marten,­
te mirchilik, quyish sexlarida va shunga o‘xshash boshqa sexlarda
metall eritishda chiqadigan infraqizil nurdan, shuningdek, elektr
yordami bilan payvandlash ishlarida chiqadigan ultrabinafsha
nurdan saqlaydi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling