H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Sanitar-texnologik chora-tadbirlar


Download 485.49 Kb.
bet75/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Sanitar-texnologik chora-tadbirlar. Mahalliy va umumiy
ventilatsiyadan foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘lib, chang-
ga qarshi kurashda asosiy chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
Mahalliy havo olib ketuvchi ventilatsiyaning yon tomonidan
germetizatsiyalashgan­moslama­o‘rnatish­maqsadga­muvofiq-
dir. Changni tortib olish joyida gi havoning tezligi 1,5–4 m/soni-
yadan kam bo‘lmasligi lozim, chang og‘irligining oshishi bilan
tortish tezligi oshiriladi. Bundan tashqari, umumiy havo olib
keluvchi ventilatsiya o‘rnatilishi ish joyidagi havo turg‘unligini
ta’minlaydi.
Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qo‘shimcha tadbir
bo‘lib, yuqoridagilar (texnika yoki ventilatsiya) qo‘llanilganda,
to‘ldiruvchi qo‘shimcha chora hisoblanadi. Shaxsiy himoya
vosi tala ridan respiratorlar, agar changning mahalliy ta’siri
bo‘lsa, ko‘z va te rini himoya qiladigan vositalar – ko‘zoynak,
himoya kremi, qo‘lqop, changga qarshi kastum va boshqalar-
dan foydalaniladi.
Tibbiy-profilaktik tadbirlar kasb kasalliklarining oldi-
ni olishda samarali vosita bo‘lib, unga ishga qabul qilishdan
oldin va ish dav rida davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazish kira-
di. Bu ko‘riklar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligining 300-sonli buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Chang
hosil bo‘ladigan ish joylariga nafas yo‘llarida kasali (burun
to‘sig‘ining qiyshayishi, surunkali bronx kasalliklari, o‘pka,


148
TBK, allergiya) bor shaxslar ishga olinmaydilar. davriy tibbiy


ko‘rik kasb bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning dastlabki bel-
gilarini aniqlash va uning oldini olishdan iborat. davriy tibbiy
ko‘rik chang ning turiga qarab 12– 24 oyda bir marta o‘tkaziladi.
Ko‘rikda terapevt, lor, dermatolog, ko‘z kasalliklari shifoko-
ri, akusher-ginekolog, sto matolog mutaxassislar qatnashadilar.
Changga qarshi asosiy tadbirlarda yo‘l qo‘yiladigan eng
ko‘p miqdor (REM) gigiyenik me’yorlar hisoblanib, ular
qonunlashtirilgan.­Hozirgi­kunda­100­dan­ortiq­fibrogen­ta’siri­
bor aerozollar me’yorlangan bo‘lib, bular 1–10 mg/m
3
orasida.
Chang bilan ishlaydigan ishchilarning yoshi chegaralangan,
ya’ni yer ostida chang hosil bo‘ladigan ish joylariga 20 yoshga
yetmagan erkak va ayollar qo‘yilmaydi. Bir qator ishlab
chiqarish (ko‘mir, kimyo viy me tallurgiya va boshqa)larda ish
vaqti 6 soat qilib belgilangan. Ularga qo‘shimcha ish haqi va
ta’til, oldinroq nafaqaga chi qish belgilangan.
Ishlab chiqarishda havo tarkibidagi chang miqdorini
tekshirish usulida tekshirilayotgan havoning ma’lum miqdori
paxtali­filtrdan­yoki­matoli­FPP-15­flltridan­o‘tkazilib,­keyin­
filtrning­qancha­og‘irlashganligi­aniqlanadi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling