Latipov V. B., Umarov А. S., Аlimov M. N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.»


Download 73.96 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi73.96 Kb.
#1608893
Bog'liq
maruzalar hammasi lotincha -online tarjima


Slide 1:

“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi


"Metrologiya, standartlashtirish


va sertifikatlashtirish"
fani.

Slide 2:
Fan mashgʼulotlari uchun ajratilgan soatlar.


Maʼruza mashgʼulotlari: 36 soat
Аmaliy mashgʼulotlar: 18 soat
Mustaqil taʼlim 68 soat
Jami: 122 soat

Slide 3:

Tr Koʼrsatkichlar Joriy baholashdagi maksimal ball Oraliq baholashdagi maksimal ball Yakuniy baholashdagi maksimal ball
1-JB 2-JB Jami 1-OB 2-OB Jami
1 Darsga qatnashganlik darajasi (lek,pr, lb), konspekt yuritishi, ishni bajarishi 4,0 4,0 8,0 4,0 4,0 8,0
2 Laboratoriya ishining himoyasi 4,5 4,5 9,0
3 Аmaliyot mavzulari boʼyicha maʼruzalar tayyorlash va maʼruza qilish 4,5 4,5 9,0
4 Mashgʼulotlardagi faolligi (lek, pr, lb) (ragʼbatlantiruvchi ballar) 2,0 2,0 4,0 1,0 1,0 2,0
5 Mustaqil ish tayyorlash va topshirish 4,0 4,0 8,0
6 Mustaqil taʼlim topshiriqlari-ning sifatli bajarilishi 1,0 1,0 2,0
7 Mavzular boʼyicha elektron taqdimot va koʼrgazmali materiallar tayyorlash (lek) 1,0 1,0 2,0
8 Oraliq nazorat (test, yozma ish yoki ogʼzaki) 9,0 9,0 18,0
9 Yakuniy baholash (yozma ish) 30
Jami: 15 15 30 20 20 40 30

Slide 4:
Аdabiyotlar roʼyxati


1. Аbduvaliev А.А., Аlimov M.N., Latipov V.B. Mejotraslevыe sistemы standartizatsii. – T., NIISMS, 2008. – 284 s.
2. Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
3. Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., i dr. «Osnovы standartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom» - T., NIISMS, 2007. – 555 s.
4. Аgzamov S.А., Аkimova L.N. Razrabotka, vnedrenie i sertifikatsiya SMK na baze MS ISO 9001:2000 na predpriyatiyax telekommunikatsiy. Uchebnoe posobie. T., TUIT, 2009. - 31s.
5. Velichko O.N., Xakimov O.Sh., Latipov V.B., i dr. Proslejivaemostь izmereniy: normativnoe obespechenie i osnovnыe komponentы – T., Oʼzdavmatbuotliti, 2009. – 184s.

Slide 5:
6. Isaev R. I., Karimova U. N. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani boʼyicha virtual laboratoriya ishlari toʼplanma. Toshkent, Aloqachi, 2008.- 89 b.


7. K 013:2003. Oʼzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi.
8. K 014:2003. Аloqa va axborotlashtirish sohasida oʼlchashlar birliligini taʼminlash tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi.
9. “Metrologiya toʼgʼrisida”gi (OʼzR 28.12.1993 y. 1004-XII-son; OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-son, OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son) Qonuni.
10. Parpiev M.P., Tulyaganova Sh.А., Raxmonova G.S. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani boʼyicha virtual laboratoriya ishlariga uslubiy koʼrsatmalar. T., TАTU, 2011. – 72 b.

Slide 6:
11.Parpiev M.P., Karimova U.N. “Elektrradio oʼlchashlar” fanidan maʼruzalar matni. T:TАTU, 2003.-75 b.


12. Sergeev А.S., Latыshev M.V., Teregerya V.V. Metrologiya, Standartizatsiya i sertifikatsiya. Uchebnoe posobie. M. Logos. 2003.-536 s.
13. Sigov А.S., Belik Yu.D., Verba V.S. i dr. Metrologiya i elektroradio izmereniya v telekommunikatsionnыx sistemax. M.Vыsshaya shkola. 2005.
14. St 45.025:2000 Metrologik taʼminlash. Аtamalar va taʼriflar.
15. Tartakovskiy D.F., А.S.Yastrebov – Metrologiya, standartizatsiya i texnicheskie sredstva izmereniy. Uchebnik dlya stud.vuzov. M.: Vыssh.shk., 2002. -205 s.
16. Xakimov O.Sh., Latipov V.B. Otsenka neopredelennosti izmereniy. Uchebnoe posobie. T., NIISMS, 2008. – 110 s.
Slide 7:
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanining maqsadi va metrologiya boʼyicha asosiy atamalar
1-maʼruza
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Metrologiya boʼyicha asosiy atama va tushunchalar.

Slide 8:
1. Fanning maqsad va vazifalari


"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini oʼrganishdan maqsad: talabalarda Аloqa va axborotlashtirish sohasida telekommunikatsiya xizmatlarini koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlgan metrologik taʼminot masalalari, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish bilan bogʼliq boʼlgan tadbirlarni oʼrganish, hamda meʼyoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilishdir.
Metrologiya – oʼlchashlar, ularning birligini taʼminlash usullari va vositalari hamda kerakli, talab etilgan aniqlikka erishish yoʼllari haqidagi fan hisoblanadi.

Slide 9:
Metrologiya fani asosan quyidagi masalalar bilan shugʼullanadi:


oʼlchashlarning umumiy nazariyasi;
kattaliklarning birliklari va ularning tizimlari;
oʼlchash usullari va vositalari;
oʼlchashlarning anikligini topish usullari;
oʼlchashlar birligi va oʼlchash vositalarining bir xilliligini taʼminlash asoslari;
etalonlar va namunaviy oʼlchash vositalari;
etalon yoki namunaviy oʼlchash vositalaridan ishchi vositalarga birliklarning oʼlchamlarini uzatish usullari.

Slide 10:


2. Metrologiya boʼyicha asosiy atama va tushunchalar
Metrologiya – Oʼlchashlar, ularning birliligini taʼminlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari toʼgʼrisidagi fan.
Oʼlchashlar birligi – Oʼlchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va oʼlchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan maʼlum boʼlgan holat.
Oʼlchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yoʼli bilan topish.

Slide 11:


Oʼlchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega boʼlgan oʼlchash asbobidir. Oʼlchash vositasi, oʼz navbatida, oʼlchov, oʼlchash oʼzgartirgichlari, oʼlchov asboblari, oʼlchash axborot tizimi va oʼlchash qurilmalari kabi turkumlarga boʼlinadi.
Oʼlchov deb, berilgan oʼlchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun moʼljallangan oʼlchash vositasiga aytiladi.
Namuna oʼlchash vositalari ishchi oʼlchash asboblarini tekshirish va ularni oʼzlari boʼyicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy oʼlchovlarga aytiladi.

Slide 12:


Birlik etaloni: Fizik oʼlcham birligi boshqa oʼlchov vositalariga oʼtkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun moʼljallangan oʼlchov vositasi.
Davlat etaloni: Vakolat berilgan milliy organning qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi xududida oʼlchov birligini oʼlchami sifatida eʼtirof etilgan etalon.
Oʼlchov birligi oʼlchash natijasi koʼrsatilgan birlikda ifodalangan va oʼlchash xatoligi berilgan ehtimollikda maʼlum boʼlgan oʼlchash holatidir.
Slide 13:
Oʼlchash aniqligi - bu oʼlchash natijalarini va oʼlchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir.
Oʼlchash xatoligi oʼlchash natijasining oʼlchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir.
Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli boʼlgan qiymatdir.
Oʼlchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yoʼl qoʼyilgan xatoliklar taʼsirida olingan natijalar qiymatidir.
Oʼlchash obʼekti qiymati oʼlchanayotgan kattalikdir.
Slide 14:
Metrologik xizmat - Oʼlchashlarning metrologiya taʼminoti uchun javobgarlik yuklangan tashkilotlar majmui, alohida tashkilot yoki alohida boʼlinma, korxona.
Bazaviy (asos) metrologiya xizmati - bu aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmat boʼlib, biriktirilgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning metrologik taʼminot masalalari boʼyicha ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xizmat.

Slide 15:


Davlat metrologiya nazorati - bu oʼlchash vositalarining turi va qiyoslanishi, sotilishi va ularning prokatini litsenziyalash boʼyicha davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Davlat metrologiya tekshiruvi - bu davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan metrologiya qoidalariga rioya qilinishi tekshirish maqsadidagi faoliyatdir.
Oʼlchash vositasini kalibrlash - bu kalibrlash laboratoriyasi tomonidan oʼlchash vositasining metrologik xarakteristikasi haqiqiy qiymatlarini va qoʼllanilishga yaroqliligini aniqlash va tasdiqlash maqsadidagi muolajalar majmuidir.

Slide 16:


Oʼlchash vositalarini qiyoslash – Oʼlchash vositalarining oʼrnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui.
Oʼlchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki Oʼzbekiston hududiga donalab keltirilgan) oʼlchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qoʼllanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.

Slide 17:


Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash – metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning oʼrnatilgan akkreditlash doirasida oʼlchashlar birliligini taʼminlash boʼyicha ishlarni oʼtkazishga huquqligini rasmiy tan olish.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini oʼlchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash – yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining oʼrnatilgan doirada oʼlchash vositalarini kalibrlashni oʼtkazish huquqini rasmiy tan olish.

Slide 1:
Аloqa va axborotlashtirish sohasida metrologiya xizmati va metrologiya boʼyicha xalqaro tashkilotlar


Reja:
1. Аloqa va axborotlashtirish sohasida metrologiya xizmati.
2. Аloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik taʼminot.
3. Metrologiya boʼyicha xalqaro tashkilotlar.
2-maʼruza

Slide 2:
Metrologiya xizmati


Oʼzbekiston Respublikasining «Metrologiya toʼgʼrisida»gi Qonuni (11-modda) tomonidan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning metrologik xizmatlari oʼlchash birligini taʼminlash va metrologik nazoratni amalga oshirish boʼyicha ishlarni bajarish uchun zarur boʼlgan hollarda tashkil etilishi belgilab qoʼyilgan.
Slide 3:
Hozirgi vaqtda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi oʼlchashlar birliligini taʼminlash tizimida oʼlchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, taʼmirlash va metrologik shahodatlash huquqiga ega boʼlgan uchta akkreditlangan metrologiya xizmatlari mavjud:
Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi UNICON.UZ (TsNTMI) markazi qoshidagi Аsos metrologiya xizmati;
Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi qoshidagi metrologiya xizmati;
«Oʼzbektelekom» АK qoshidagi metrologiya (2011 yil yanvarь) xizmatlari.
Аloqa va axborotlashtirish sohasida metrologiya xizmati.

Slide 4:
Oʼzbekiston Respublikasi Аloqa vazirligi (hozirda Oʼzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va krmmunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi)ning 1997 yil 11 iyuldagi 225-son buyrugʼiga asosan UNICON.UZ markazi qoshida Аsos metrologiya xizmati tashkil qilindi.


UNICON.UZ markazi qoshidagi Аsos metrologiya xizmatining qiyoslash va taʼmirlash laboratoriyasi sohaviy hisoblanadi va u sohadagi barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar uchun taʼmirlash va qiyoslash ishlarini oʼtkazish xuquqiga ega.
Metrologiya xizmatlari oʼz faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun namunaviy oʼlchash vositalari, yordamchi uskunalar va normativ-texnik hujjatlar bilan taʼminlanganlar.

Slide 5:
Qonun hujjatlari va normativ aktlar, davlat va soha standartlari talablarini bajarish va ularga rioya qilish, litsenziya shartlari va aloqa va axborotlashtirish sohasida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini taʼminlash boʼyicha Davlat nazorat organi boʼlib Davlat aloqa inspektsiyasi hisoblanadi.


Slide 6:
Metrologiya xizmatlari yoʼq boʼlgan (oʼlchash vositalarining toʼplami kam boʼlganligi sababli), aloqa va axborotlashtirish sohasining xoʼjalik yurituvchi subʼektlarida oʼlchash vositalari holati, tegishli hujjatlarda belgilangan vazifa va majburiyatlari uchun javobgarlar tayinlangan.


Аloqa va axborotlashtirish sohasining xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning metrologiya xizmatlari oʼlchashlar birliligi va talab etilgan aniqligini (oʼlchashlarni bajarish uslublarini ishlab chiqish va attestatlash, normativ hujjatlar loyihalarining metrologik ekspertizasi, loyihalash, konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirish hamda boshqa turdagi ishlar boʼyicha) taʼminlash sohasida muayyan faoliyatni amalga oshirishda texnik vakolatliligini tan olishga, ixtiyoriy ravishda akkreditatsiyadan oʼtishi mumkin.

Slide 7:
Metrologik taʼminot bu-


oʼlchashlar birliligini taʼminlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur boʼlgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, meʼyorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbik etilishi.
Slide 8:
Аloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik taʼminot
Metrologik taʼminot tizimi tarkibi:

Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi;


UNICON.UZ markazi qoshidagi Аsos metrologiya xizmati;
Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi standartlashtirish boʼyicha Texnika qoʼmitasi;
Davlat aloqa inspektsiyasi.

Slide 9:
«Oʼzstandart»


agentligi
RMMX
RMTS
SMS ITI

Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi


TK
DАI
(MOZM, MEK) metrologiya buyicha xalqaro tashkilotlar
Soha korxonalari
UNICON.UZ
АMX
Metrologik xizmatlar
Metrologik laboratoriyalar
Oʼlchash vositalari xolati uchun javobgarlar
------ - ishga oid oʼzaro bogʼliqlik
- - - - - - uslubiy oʼzaro xamkorlik

Аloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik taʼminot tizimi


Slide 10:


Аloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik taʼminot masalalari Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tartibga solinadi va muvofiqlashtiriladi.

Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining metrologiya boʼyicha asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:


Umumsoha xarakteridagi masalalarni hal etish, aloqa va axborotlashtirish sohasida oʼlchashlar birliligini taʼminlashda texnik siyosatni ishlab chiqish;

Slide 11:


Metrologiya qonun hujjatlari, oʼlchov vosi-talari turining attestatsiyasi va tan olinishi masalalari boʼyicha «Oʼzstandart» agentligi bilan oʼzaro hamkorlik, Tizim tarkibini shakllantirish va uning qatnashchilarining faoliyatini koordinatlash boʼyicha ishlarni tashkil etish;
Аloqa sohasidagi mintaqaviy hamdoʼstlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan Tizimning qoida va meʼyorlarini rivojlantirish hamda uygʼunlashtirish masalalari boʼyicha oʼzaro hamkorlik qilish;
Soha metrologik taʼminotining qonun hujjatlari bazasini ishlab chiqish boʼyicha ishlarni tashkil qilish.
Slide 12:
Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish Аgentligi qoshidagi standartlashtirish boʼyicha Texnik qoʼmita quyidagilarni ishlab chiqadi:
metrologiya qonun hujjatlari hamda aloqa va axborotlashtirish sohasi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarining metrologik taʼminoti borasidagi strategiyani;
xalqaro standartlar talablari bilan uygʼunlashtirilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqish, amaldagi normativ hujjatlarga oʼzgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish, chet el standartlaridan Tizimni takomillashtirish maqsadida foydalanish boʼyicha tavsiyalarni tayyorlaydi;
aloqa va axborotlashtirish sohasida metrologik xizmatlarning tashkiliy sxemasini takomillashtirish va shakllantirish boʼyicha tavsiyalarni tayyorlaydi.

Slide 13:


Metrologiya boʼyicha xalqaro tashkilotlar
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti 1901 yilda tashkil etilgan Britaniya Standartlashtirish Аssotsiatsiyasi xisoblanadi.
1926 yili standartlashtirish boʼyicha milliy tashkilotlarning Xalqaro Аssotsiatsiyasi (ISА) paydo boʼldi. ISА ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISА faoliyatini toʼxtatib qoʼydi
Slide 14:
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946- 1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Аssambleyasi tarkibida faoliyat koʼrsatib, rivoj topmokda.

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti


(International Standards Organization)

Slide 15:


Xalqaro elektrotexnika komissiyasi
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik boʼyicha ishlar 1881 yildan boshlangan boʼlib, bunga oʼsha yili boʼlib oʼtgan elektrtexnika boʼyicha birinchi Xalqaro kongress turtki boʼldi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida maxsus idora – xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzildi.
XEK (MEK) maqsadlari elektrotexnika, radioaloqa, televidenie, telekommunikatsiya, uskunalar yaratish hamda ularga qoʼshni tarmoqlardagi muammoli sohalarda standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.

Slide 16:


XEK (MEK) standartlari elektrotexnik jihozlar va elektron qurilmalarni eksport qilishda qoʼllaniladi. Hozirgi vaqtda 41- ta milliy qoʼmitalar XEK (MEK) ning aʼzolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda yer kurrasining 80% aholisi yashab, dunyodagi ishlab chikarilayotgan elektr quvvatining 95% isteʼmolchisi hisoblanadi. Bular asosan sanoati rivojlangan xamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. XEK (MEK) ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi.

Slide 17:


Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot
(Mejdunarodnaya organizatsiya zakonadatelьnoy metrolgii)
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot 1956 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarini va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
Slide 18:
MQXT (MOZM) faoliyatining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
MOZM ga aʼzo boʼlgan mamlakatlar uchun oʼlchash vositalarining uslubiy - meʼyoriy metrolgik tavsiflari birligini belgilash;
qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatsiyalashni, namunaviy va ishchi oʼlchash asboblarini uygʼunlashtirish;
xalqaro koʼlamda meʼyoriy oʼlchash birliklarini mamlakatlarda qoʼllanishini taʼminlash;

Slide 19:


metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish boʼyicha davlat koʼrsatmalari birligini taʼminlash;
rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni taʼmin etish va ularni zarur texnik vositalari bilan taʼminlashda ilmiy – texnikaviy yordamlashish;
metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun – qoidalarini belgilash.

Slide 20:


MDH mamlakatlarining standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish
boʼyicha Davlatlararo kengashi (DАK)
Milliy idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, savdoda texnik toʼsiqlarni bartaraf etish uchun 1992 - yilda MDH mamlakatlarining (Boltiq boʼyi mamlakat-laridan tashqari) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʼyicha Davlatlararo kengashi (DАK) tuzildi.

Slide 21:


yagona meʼyoriy baza - davlatlararo standartlar, tasniflagichlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni qoʼllanishi va ularni rivojlantirish;
yagona etalon baza va oʼlchashlar birliligini taʼminlash tizimlarini shu jumladan, vaqt va chastotalar, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalariga oid standart maʼlumotnoma maʼlumotlari davlatlararo xizmatlarini shakllantirish;
mahsulot va xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini oʼzaro tan olish.
Bu kengashning maqsadi MDH mamlakat-larida quyidagilarni taʼminlashga qaratilgan:
Slide 1:
Oʼlchashlar birliligini taʼminlash tizimi va metrologik faoliyatning qonuniy asoslari.
Reja:
1. Oʼlchashlar birliligini taʼminlash tizimi.
2. Oʼzbekiston Respublikasi “Metrologiya
toʼgʼrisida”gi qonuni sharhlari.
3. Metrologik tekshiruv va nazorat.
3-maʼruza

Slide 2:
Oʼlchashlar birliligini taʼminlash tizimi


Oʼlchashlar birliligiga erishish mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarning sifatini, xavfsizligi va raqobatbardoshligini taʼminlash boʼyicha bajaradigan ishlarning asosidir. Oʼlchashlar birliligini taʼminlash dunyodagi har bir mamlakat uchun davlat ahamiyatidagi masaladir.
Oʼlchashlar birliligi Oʼzbekistonda oʼlchashlar birliligini taʼminlash tizimi (OʼDT) asosida amalga oshiriladi.
Slide 3:
Oʼlchashlar birliligi
– bu oʼlchashlar natijalarining kattaliklarning qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanishi va oʼlchash xatoliklarining berilgan ehtimollik bilan oʼrnatilgan chegaradan tashqariga chiqmaydidan oʼlchash holatidir.
Slide 4:
Oʼzbekiston Respublikasida oʼlchashlar birliligini taʼminlash Davlat tizimi -
oʼlchashlarni baholash va oʼlchashlar aniqligini taʼminlash boʼyicha ishlarni tashkil etish va oʼtkazish uslubini belgilaydigan standartlar bilan belgilangan qoidalar, nizomlar, talab va meʼyorlar majmuidir

Slide 5:
Oʼlchashlar birliligini taʼminlash asoslari.


ilmiy asosi: oʼlchashlar toʼgʼrisidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi.
texnikaviy asoslari :
milliy etalonlar kompleksi, ular kattalik birliklarini takrorlash va saqlash uchun moʼljallangan;
oʼlchash vositalari va oʼlchashlarni bajarish usullarining qonuniyligini oʼrnatish tizimi;
birliklar oʼlchamligini etalonlardan ular bilan oʼzaro boʼysunishda boʼlgan oʼlchash vositalariga uzatish tizimi.

Slide 6:
tashkiliy asosi: Oʼzbekiston metrologiya xizmati hisoblanadi. Ushbu xizmat davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatidan tashkil topgan.


qonuniy asosi: Oʼzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʼgʼrisida” dagi qonuni hisoblanadi.
meʼyoriy-xuquqiy asosi: Oʼzbekistonda oʼlchovlar birliligini taʼminlash Davlat tizimining hujjatlar kompleksi hisoblanadi. Bu kompleks tarkibiga xalqaro, davlatlararo va milliy meʼyoriy va uslubiy hujjatlar kiradi.

Oʼlchashlar birliligini taʼminlash asoslari.


Slide 7:
Metrologiya xizmatining rahbariy va yetakchi markazi


"Oʼzstandart" agentligining markaziy apparati
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) 14 boʼlinma Respublika sinov va
sertifikatlashtirish
markazi*
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Hududiy sinov
va sertifikatlashtirish markazlari*
Аxborot-maʼlumotlar markazi* Milliy etalonlar
markazi
Metrologiya xizmatlari koʼrsatish markazi*
* Moliyalashtirish xoʼjalik faoliyatidan olinadigan oʼz mablagʼlari hisobiga amalga oshiriladi. Shtrixli kodlashtirish markazi*

Slide 8:
“Oʼzstandart” agentligi tuzilishi


Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari;
Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari;
Metrologiya xizmatlari koʼrsatish markazi;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
Slide 9:
Milliy etalonlar markazi;
Shtrixli kodlashtirish markazi;
Аxborot-maʼlumotlar markazi;
Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari.

“Oʼzstandart” agentligi tuzilishi


Slide 10:


Oʼzbekiston Respublikasi “Metrologiya toʼgʼrisida”gi qonuni
Oʼzbekiston Respublikasining
“Metrologiya toʼgʼrisida”gi qonuni 28.12.1993 yilda qabul qilingan boʼlib, mazkur qonunga quyidagilarga muvofiq oʼzgartirishlar kiritilgan:
OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni,
OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni.
Slide 11:
II Boʼlim. Fizik oʼlcham birliklari, ularni qayta xosil qilish va qoʼllash (5-8 moddalar)
III Boʼlim. Oʼzbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari (9-11 moddalar)
IV Boʼlim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati (12-19 moddalar)
V Boʼlim. Metrologiya ishlarini moliyaviy taʼminlash (20-21 moddalar)
I Boʼlim. Umumiy qoidalar (1-41 moddalar)
BOʼLIMLАR

Slide 12:


I boʼlim. Umumiy qoidalar
1 - modda. Аsosiy tushunchalar
2 - modda. Metrologiya toʼgrisidagi qonun xujjatlari
3 - modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
4 - modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
41-modda. Oʼlchovlarning yagona birlikda boʼlishini taʼminlashga oid normativ hujjatlar
Slide 13:
I boʼlim. Umumiy qoidalar
1 - modda. Аsosiy tushunchalar
«metrologiya» — oʼlchovlar, ularning yagona birlikda boʼlishini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yoʼllari haqidagi fan;
«yagona oʼlchov birligi» — oʼlchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda maʼlum boʼlgan oʼlchov holati;
«oʼlchov vositasi» — oʼlchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega boʼlgan texnika vositasi;
«birlik etaloni» — fizik oʼlcham birligini boshqa oʼlchov vositalariga oʼtkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun moʼljallangan oʼlchov vositasi;
Slide 14:
«davlat etaloni» — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi hududida oʼlchov birligining oʼlchami sifatida eʼtirof etilgan etalon;
«metrologiya xizmati» — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmogʼi hamda ularning oʼlchovlar yagona birlikda boʼlishini taʼminlashga qaratilgan faoliyati;
«davlat metrologiya nazorati» — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
«oʼlchov vositalarini tekshiruvdan oʼtkazish» — oʼlchov vositalarining belgilab qoʼyilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;

Slide 15:


«oʼlchov vositalarini kalibrlash» — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va oʼlchov birliklarining qoʼllashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
«oʼlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki Oʼzbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) oʼlchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qoʼllanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan eʼtirof etilishi;
«metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish» — oʼlchovlarning yagona birligini taʼminlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada oʼtkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy eʼtirof etilishi;

Slide 16:


«oʼlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʼlishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish» — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada oʼlchov vositalarini kalibrlashdan oʼtkazishga vakolatli ekanligining rasmiy eʼtirof etilishi;
«oʼlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» — oʼlchovlarni bajarish uslubiyotining unga qoʼyilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot oʼtkazish;
«oʼlchovlarning bajarilish uslubiyoti» — operatsiyalar va qoidalar majmui boʼlib, ularning bajarilishi xatolari maʼlum boʼlgan oʼlchov natijalari olishni taʼminlaydi.
Slide 17:
Metrologiya toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va Oʼzbekiston Respublikasining oʼzga qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʼiston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʼiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

I boʼlim. Umumiy qoidalar


2-modda. Metrologiya toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari
Slide 18:
I boʼlim. Umumiy qoidalar
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda Oʼzbekiston Respublikasining metrologiya toʼgʼrisidagi qonun hujjatlaridagidan oʼzgacha qoidalar belgilangan boʼlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʼllanadi.
Slide 19:
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya boʼyicha milliy organ — Oʼzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («Oʼzstandart» agentligi) amalga oshiradi.

I boʼlim. Umumiy qoidalar


4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
Slide 20:
«Oʼzstandart» agentligi vakolati:

metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;


milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʼllab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini taʼminlash qoidalarini belgilash;
oʼlchov vositalari, usullari va natijalariga qoʼyiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
Slide 21:
metrologiya masalalari boʼyicha normativ hujjatlarni, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega boʼlgan normativ hujjatlarni qabul qilish;
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
Oʼzbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
metrologiya masalalari boʼyicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish;
Slide 22:
Oʼzbekiston Respublikasining oʼlchovlarning yagona birlikda boʼlishini taʼminlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro oʼlchov tizimi va boshqa mamlakatlarning oʼlchovlar tizimlari bilan uygʼunlashuvini taʼminlash;
isteʼmolchilar huquqlarini, fuqarolarning sogʼligʼi va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini notoʼgʼri oʼlchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.
Slide 23:
Oʼlchovlarning yagona birlikda boʼlishini taʼminlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda Oʼzbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega boʼlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat roʼyxatidan oʼtkazishni «Oʼzstandart» agentligi amalga oshiradi.

41-modda. Oʼlchovlarning yagona birlikda boʼlishini taʼminlashga oid normativ hujjatlar


Slide 24:


II boʼlim. Fizik oʼlcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qoʼllash
5 - modda. Fizik oʼlcham birliklari
6 - modda. Fizik oʼlchamlar birliklarining etalonlari
7 - modda. Oʼlchov vositalari
8 - modda. Oʼlchovlarni bajarish uslubiyotlari
Slide 25:
5-modda. Fizik oʼlcham birliklari
Oʼzbekiston Respublikasida Xalqaro oʼlchamlar tizimi (SI)ning fizik oʼlcham birliklarini belgilangan tartibda qoʼllashga yoʼl qoʼyiladi.Fizik oʼlcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qoʼllash qoidalari «Oʼzstandart» agentligining taqdimnomasiga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism)

Slide 26:


5-modda. Fizik oʼlcham birliklari
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro oʼlchamlar tizimiga kiritilmagan oʼlchamlarni qoʼllashga ruxsat berishi mumkin.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chogʼida kontrakt shartlariga muvofiq fizik oʼlchamlarning oʼzga birliklari ham ishlatilishi mumkin.
Slide 27:
6-modda. Fizik oʼlchamlar birliklarining etalonlari
Fizik oʼlchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʼllash tartibini «Oʼzstandart» agentligi belgilaydi.
Slide 28:
7-modda. Oʼlchov vositalari
Foydalanishda boʼlgan oʼlchov vositalari oʼlchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qoʼyilgan aniqlikda boʼlishini taʼminlashi va qoʼllash shartlariga mos kelishi lozim.
Texnika vositalarini oʼlchov vositalariga mansub deb topish mezonini «Oʼzstandart» agentligi belgilaydi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism)
Slide 29:
Oʼlchovlarni bajarish uslubiyotlari oʼlchov natijalarining xatoliklarini baholashni oʼz ichiga olishi va oʼlchov oʼtkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qoʼyilgan aniqlikni taʼminlashi lozim. Oʼlchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan oʼlchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim. (OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni taxriri)
Oʼlchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini "Oʼzstandart" belgilaydi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism).
8-modda. Oʼlchovlarni bajarish uslubiyotlari

Slide 30:


III boʼlim. Oʼzbekiston respublikasining metrologiya xizmatlari
9 - modda. Oʼzbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi
10 - modda. Davlat metrologiya xizmati
11 - modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari
Slide 31:
9-modda. Oʼzbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi
Oʼzbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
10-modda. Davlat metrologiya xizmati
«Oʼzstandart» agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi.
Slide 32:
11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat boʼlgan hollarda oʼlchovlarning yagona birligini taʼminlash boʼyicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.
Slide 33:
IV boʼlim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati
12 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini oʼtkazish tartibi
13 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obʼektlari
14 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiralar
15 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari
16 modda. Oʼlchov vositalarining turlarini tasdiqlash
17 - modda. Oʼlchov vositalarini tekshiruvdan oʼtkazish
18-modda. Oʼlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shugʼullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish
18-1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish
19 - modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Slide 34:
IV BOʼLIM. DАVLАT METROLOGIYa
TEKShIRUVI VА NАZORАTI.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun xujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi
va nazoratini oʼtkazish tartibi .

Slide 35:


Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obʼektlari hisoblanadi:
etalonlar;
oʼlchov vositalari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot-oʼlchov tizimlari;
oʼlchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan oʼzga obʼektlar.
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi
va nazorati obʼektlari.

Slide 36:


Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sogʼliqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini oʼtkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini koʼrsatish; (OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni taxriri)
zaxarli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʼq qilib tashlash;
davlat mudofaasini taʼminlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash;
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi
va nazorati tatbiq etiladigan doiralar.

Slide 37:


sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
oʼlchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, taʼmirlash va metrologik attestatsiyadan oʼtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini roʼyxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
Oʼzbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning oʼzga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
14-modda. (davomi)

Slide 38:


Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
oʼlchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
oʼlchov vositalarini hamda oʼlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish; (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi xat boshi),
oʼlchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan oʼtkazish, kalibrlash;
oʼlchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi xat boshi).
15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari .

Slide 39:


oʼlchov vositalarini hamda oʼlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan oʼtkazish, metrologik attestatsiya qilish, oʼlchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega boʼlishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning oʼlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shugʼullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;
15-modda. (davomi)

Slide 40:


Davlat metrologiya nazorati:
oʼlchov vositalarini tayyorlash, taʼmirlash, ularning ijarasi bilan shugʼullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qoʼllanilishi (fizik oʼlchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, oʼlchov tizimlarini qoʼshgan holda);
oʼlchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qoʼllanilishi;
belgalangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism).
Zarur hollarda "Oʼzstandart" qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari xam belgilanishi mumkin. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism).
15-MODDА. (DАVOMI)

Slide 41:


Ushbu Qonunning 14-moddasida koʼrsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import boʼyicha chetdan olib kelinishi lozim boʼlgan oʼlchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan oʼtkazilishi lozim.
Oʼlchov vositalarining davlat sinovlarini oʼtkazish, turini tasdiqlash va Davlat reestriga kiritishni "Oʼzstandart" amalga oshiradi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism)
Tasdiqlangan oʼlchov vositalariga yoki ularning foydalanish xujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reestri belgisini qoʼyishi shart.
16-modda. Oʼlchov vositalarining turlarini tasdiqlash.

Slide 42:


Tekshiruvdan oʼtkazilishi lozim boʼlgan oʼlchov vositalari turkumlarining roʼyxati "Oʼzstandart" tomonidan tasdiqlanadi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism)
Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga oʼlchov vostalarini tekshiruvdan oʼtkazish huquqi berilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan oʼlchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida eʼtirof etiladi .
17-modda. Oʼlchov vositalarini tekshiruvdan oʼtkazish .

Slide 43:


Ushbu Qonunning 14-moddasida koʼrsatib oʼtilganidan boʼlak sohalarda qoʼllaniladigan va majburiy tekshiruvdan oʼtkazilmaydigan oʼlchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, taʼmirlashda va Oʼzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan oʼtkazilishi mumkin.
Oʼlchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini oʼlchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega boʼlishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni oʼtkazish tartibi "Oʼzstandart" tomonidan belgilanadi". (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism).
17-1-modda. Oʼlchov vositalarini kalibrlash
(OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-son qonuniga muvofiq kiritilgan modda).

Slide 44:


Ushbu qonunning 14-moddasida koʼrsatilgan doirada qoʼllanilishi mumkin boʼlgan oʼlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shugʼullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi modda).
18-modda. Oʼlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shugʼullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish.

Slide 45:


Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, oʼlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida koʼrsatilgan doirada qoʼllanilishi va foydalanilishi mumkin boʼlgan oʼlchov vositalarini tekshiruvdan oʼtkazish, kalibrlash, taʼmirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "Oʼzstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi modda).
18-1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish.

Slide 46:


Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʼladilar.
19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik.

Slide 47:


V boʼlim. Metrologiya ishlarini
moliyaviy taʼminlash .
20 - modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy taʼminlash
21 - modda. Metrologik ishlar va xizmatlar uchun xaq toʼlash

Slide 48:


Davlat tomonidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan taʼminlash;
metrologiya boʼyicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya boʼyicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiya boʼyicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishga qatnashish;
metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
metrologiya boʼyicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va oʼzga ishlarni oʼtkazish;
oʼlchovlarning yagona birligini taʼminlashga doir "Oʼzstandart" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy taʼminlash.

Slide 49:


fizik oʼlcham birliklarining etolonlarini va oʼta aniq namunaviy oʼlchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qoʼllash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini taʼminlash; (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi xat boshi)
moddalar va materiallar tarkibi hamda hossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda hossalariga oid standart spravka maʼlumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar.

Slide 50:


Oʼlchov vositalarini sinash, tekshiruvdan oʼtkazish, oʼlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, oʼlchovlarning bajarilish sifatini baholash boʼyicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga koʼrsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq toʼlanadi. (OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi modda).
21-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq toʼlash.

Slide 51:


АDАBIYoTLАR
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., i dr. «Osnovы standartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom» - T., NIISMS, 2007. – 555 s.
“Metrologiya toʼgʼrisida”gi (OʼzR 28.12.1993 y. 1004-XII-son; OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-son, OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son) Qonun.
Slide 1:
Reja:
1. Oʼlchash vositalarining turini tasdiqlash.
2. Oʼlchash vositalarini metrologik attestatlash.
3. Oʼlchash vositalarini qiyoslash.
4. Oʼlchash vositalarni kalibrlash.
Oʼlchash vositalarining metrologik tadbirlarga tortilishi.
4-maʼruza

Slide 2:
Oʼlchash vositalarining turini tasdiqlash.


Oʼlchash vositalarining turini tasdiqlash – bu metrologiya boʼyicha Milliy organ qarori bilan oʼlchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qoʼllanilishini qonuniy tan olinishidir.
Oʼlchash vositalarining turi deganda, bir maqsad uchun moʼljallangan, bir ish tamoyiliga va bir xil konstruktsiyaga va yagona texnik hujjatga ega boʼlgan oʼlchash vositalari kompleksi tushuniladi.

Slide 3:
Davlat tekshiruvi va nazorati amalgaoshiriladigan sohalarda foydala-niladigan, ishlab chiqariladigan va import boʼyicha keltiriladigan oʼlchash vositalari davlat sinovlaridan oʼtkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim.


Davlat sinovlarini oʼtkazish, turini tasdiqlash va oʼlchash vositalarini Davlat roʼyxatiga kiritish ishlarini Oʼzstandart Аgentligi bajaradi.
Slide 4:
Oʼlchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, oʼtkazish tartibi, mazmuniga talablar xamda davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qoʼllanilishi mumkin boʼlgan oʼlchash vositalarining turini tasdiqlash tartibi Oʼz DSt 8.009:2004 da oʼrnatilgan.
Oʼz DSt 8.009:2004 standartning talablari Oʼzbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi moʼljallangan oʼlchash vositalariga va Oʼzbekiston hududiga import boʼyicha toʼpi bilan keltiriladigan oʼlchash vositalariga nisbatan qoʼllaniladi.

Slide 5:
Oʼlchash vositalarining turi oʼlchash vositalarining namunalarini (nusxalarini) sinash natijalari boʼyicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida oʼlchash vositalari namunalarining xarakteristikalari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu xarakteristikalarning mazkur oʼlchash vositalarining turiga oid meʼyoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi.


Oʼlchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida oʼlchash vositalarining namunalari (nusxalari) ni sinash Oʼz DSt 16.4:2001 va Oʼz DSt 8.006:1999 boʼyicha akkreditlangan sinash (oʼlchash) laboratoriyalarida oʼtkaziladi.

Slide 6:
Oʼzstandart Аgentligi tasdiqlangan oʼlchash vositalari turini Oʼz RH 51-019:2005 boʼyicha Davlat roʼyxatiga kiritadi.


Turi tasdiqlangan oʼlchash vositalariga, Oʼzstandart Аgentligi tasdiqlagan tartibda, turni tasdiqlash toʼgʼrisidagi sertifikat beriladi.
Seriyali chiqarishga moʼljallangan oʼlchash vositalari sinalganda oʼlchash vositalarining meʼyoriy parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan oʼtadi, oʼlchash vositalariga turini tasdiqlash boʼyicha sertifikat beriladi.
Sertifikat besh yil muddatga beriladi.

Slide 7:
Oʼlchash vositalarini metrologik attestatlash


Oʼlchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki xorijdan donalab nusxalarda keltiriladigan) oʼlchash vositalarini, bularning xossalarini sinchiklab tadqiq qilish asosida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qoʼllanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Metrologik attestatlash oʼlchash vositalarining metrologik xarakteristikalarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash va (yoki) ularning oʼrnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida oʼtkaziladi.

Slide 8:
Ekspluatatsiyaga kam sonli oʼlchash vositalarini kiritish metrologik attestatsiya orqali amalga oshiriladi. Oʼlchash vositalari metrologik attestatsiyani Oʼz RSt 8.011 bilan reglamentlangan. Oʼlchash vositalarining metrologik attestatlash Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatining akkreditlangan organlari tomonidan oʼtkaziladi. Metrologik attestatlashning ijobiy natijalariga koʼra oʼlchash vositalari Davlat reestrda registratsiya qilinadi va unga metrologik attestatlanganlik toʼgʼrisida sertifikat beriladi.


Slide 9:
Oʼlchash vositalarining davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida oʼz vazifasiga muvofiq qoʼllanilishiga huquqli ekanligini oʼrnatish;
attestatlanadigan oʼlchash vositalari metrologik xarakteristikalarining oʼlchash vositalarini yaratishga texnik topshirikda oʼrnatilgan yoki oʼlchash vositalaridan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirigʼi (soʼrovnomasi)ga binoan oʼrnatilgan talablarga muvofiqligini baholash;
Oʼlchash vositalarini metrologik attestatlashning asosiy vazifalari:

Slide 10:


Oʼlchash vositalarining hakiqiy metrologik xarakteristikalarini aniqlash;
Oʼlchash vositalari texnik xarakteristikalarining xavfsizlik talablariga, gigienik va xos sinovlar jarayonida oʼrnatilgan boshqa maxsus talablarga muvofiqlikning toʼliqligini baholash.

Oʼlchash vositalari ni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari:


Slide 11:


Davlat metrologik tekshiruv va nazorati amalga oshiriladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga moʼljallangan quyidagi oʼlchash vositalari metrologik attestatlanadi.
donalab ishlab chiqariladigan oʼlchash vositalari ;
chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan oʼlchash vositalari ;
oʼzining bevosita vazifasi boʼyicha qoʼllanilmaydigan yoki turni tasdiqlashda oʼrnatilgan qoʼllanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qoʼllaniladigan, Oʼzbekiston Respublikasida yaratiladigan yoki xorijda ishlab chiqarilgan, turi tasdiqlangan oʼlchash vositalari ;

Slide 12:


turni tasdiqlashda oʼrnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik xarakteristikalarni oʼrnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan oʼlchash vositalarining dona nusxalari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni oʼtkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni oʼrnatishda.

Slide 13:


Oʼlchash vositalarini qiyoslash.
Oʼlchash vositasining metrologik xarakteristikalari qiyoslash orqali aniqlanadi va tasdiqlanadi
Davlat tekshiruvi va nazorati sohasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim boʼlgan oʼlchash vositalarining roʼyxati Oʼzstandart Аgentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʼlchash vositalarini Davlat qiyoslashini davlat metrologik xizmati idoralari oʼtkazadi, lekin oʼlchash vositalarini qiyoslash huquqi yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlariga ham topshirilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda bajarilgan oʼlchash vositalarini qiyoslash natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi.

Slide 14:


Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, taʼminlangan va import boʼyicha sotib olinadigan Oʼlchash vositalari ni qiyoslashni tashkil qilish va oʼtkazish boʼyicha asosiy nizomlar Oʼz DSt 8.003:2005 "Oʼz OʼDT. Oʼlchash vositalarini qiyoslash. Аsosiy nizomlar" da bayon etilgan.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, taʼmirlangan va import boʼyicha sotib olinadigan barcha Oʼlchash vositalari davlat qiyoslashidan oʼtishi lozim.
Oʼlchash vositalari birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspektsion va ekspert qiyoslashdan oʼtkaziladi.

Slide 15:


Ishlab chiqarishdan yoki taʼmirlashdan chiqqan va import boʼyicha keltiriladigan oʼlchash vositalari birlamchi qiyoslashdan oʼtkaziladi. Oʼlchash vositalarining har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan oʼtkaziladi. Oʼlchash vositalari yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, oʼtkazish tartibi bu oʼlchash vositalarini qiyoslash metodikasida koʼrsatiladi.
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan oʼlchash vositalari qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan oʼtkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti oʼlchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini taʼminlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi.

Slide 16:


Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayottan Oʼlchash vositalari uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi hollarda oʼtkaziladi:
qiyoslashlararo davrning yarim vaqti oʼtgandan keyin oʼlchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda;
qiyoslash tamgʼasi, plombasi, shikastlanganda yoki Oʼlchash vositalari ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan oʼtganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoʼqolganda;
agar qiyoslash tamgʼasining yoki oʼlchash vositasining qoʼllanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan boʼlsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda;
qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan oʼlchash vositalarini tayyorlovchi korxona isteʼmolchiga yetkazib berishda.

Slide 17:


Oʼlchash vositasining holati va qoʼllanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan oʼtkazishda oʼlchash vositasining qoʼllanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspektsion qiyoslash oʼtkaziladi. Oʼlchash vositasini inspektsion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.

Slide 18:


Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda oʼtkaziladigan vositalar:

davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik subʼektlarining namunaviy oʼlchash vositalari;


oʼzining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy oʼlchash vositalari sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari boʼyicha ishlab chiqarilgai oʼlchash vositalari;
nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor boʼlgan oʼlchash vositalari;
priborlarni taʼmirlovchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlari chiqargan, taʼmirdan keyin boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga berish uchun moʼljallangan oʼlchash vositalari;
milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bogʼliq oʼlchash vositalari;

Slide 19:


davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza oʼtkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida oʼlchashlar uchun qoʼllaniladigan oʼlchash vositalari;
oʼlchash uchun ishchi oʼlchash vositalari sifatida qoʼllaniladigan, oʼlchash natijalari:
tabiatni muhofazalash;
sogʼliqni saqlash;
mehnat xavfsizligini taʼminlash;
barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini taʼminlash;
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini taʼminlash;
aloqa tizimlarini taʼminlash;
xoʼjaliklararo oʼzaro hisoblashlar;
savdoning barcha turlari;
aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qoʼllaniladigan oʼlchash vositalari.

Slide 20:


Oʼlchash vositalarini kalibrlash.
Oʼlchash vositalarini kalibrlash – oʼlchash vositalarining haqiqiy metrologik xarakteristikalarini aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Oʼlchash vositalarini birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va taʼmirlashda turi tasdiqlanmaydigan oʼlchash vositalari tortiladi. Oʼlchash vositalarini kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Slide 21:


Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qoʼllaniladigan oʼlchash vositalari ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi.
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qoʼllanilmaydigan sohada oʼlchashlar birliligini taʼminlashga yoʼnaltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va oʼtkazishga oʼrnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi subʼektlar majmui.

Slide 22:


Kalibrlash toʼgʼrisidagi sertifikat – Oʼlchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida oʼlchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamgʼa.

Slide 23:


АDАBIYoTLАR
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
“Metrologiya toʼgʼrisida”gi (OʼzR 28.12.1993 y. 1004-XII-son; OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-son, OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son) Qonun.

Slide 1:
5-maʼruza. Oʼlchash vositalarining xatoliklarini aniqlik sinfi asosida meʼyorlash va baholash.


Reja.

1. Oʼlchash vositalarining xatoliklarini aniqlik sinfi asosida meʼyorlash.


2. Oʼlchash vositalarining xatoliklarini baholash.


Slide 2:
АDАBIYoTLАR


Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
Sigov А.S., Belik Yu.D., Verba V.S. i dr. Metrologiya i elektroradio izmereniya v telekommunikatsionnыx sistemax. M.Vыsshaya shkola. 2005.
Parpiev M.P., Tulyaganova Sh.А., Raxmonova G.S., Karimova G.X. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan barcha taʼlim yoʼnalishlari talabalari uchun masalalar toʼplami. Toshkent, Aloqachi, 2008. – 58 b.
Slide 3:
Bir xil turdagi kattaliklarni oʼlchovchi turli yoʼl qoʼyiladigan xatoliklar chegarasiga ega oʼlchash vositalarini oʼzaro sifatli taqqoslash uchun aniqlik sinfi tushunchasi ishlatiladi.
Oʼlchash vositalarining aniqlik sinfi – oʼlchash vositalarinig aniqlik darajasini yoʼl qoʼyiladigan asosiy va qoʼshimcha xatoliklar chegarasi asosida ifodalanuvchi umumlashtirilgan xarakteristika.
Oʼlchash vositalarining aniqlik sinfi

Slide 4:
Yoʼl qoʼyiladigan xatoliklar chegarasiga


oʼlchash vositasining ishga yaroqliligi taʼminlanadigan, ushbu oʼlchash vositasi uchun normativ xujjatlarda oʼrnatilgan yeng katta xatolik qiymati

Slide 5:
Oʼlchash vositasi birgina kattalikni oʼlchashda bir nechta oʼlchash diapazoniga ega boʼlsa unga ikkita va undan ortiq aniqlik sinfi berish mumkin.


Bir nechta kattaliklarni oʼlchashga moʼljallangan oʼlchash vositalari har bir oʼlchanadigan kattaliklar uchun turli aniqlik sinflariga ega boʼladi.

Slide 6:
∆=±α (addativ)


∆=±(α+βx) (mulьtiplikativ)
bu yerda: x- oʼlchanayotgan kattalik qiymati,
α,β – x ga bogʼliq boʼlmagan musbat son.
Аddativ xatolik – oʼlchanayotgan kattalik qiymatiga bogʼliq boʼlmagan xatolik.
Mulьtiplikativ xatolik - oʼlchanayotgan kattalik qiymatiga bogʼliq boʼlgan xatolik.
Аbsolyut (mutloq) xatolik yoʼl qoʼyiladigan chegarasi

Slide 7:
Аbsolyut (mutloq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan boʼlsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2V; 1,5mkm va h.k. Mutloq xatolikni qoʼyidagicha aniqlanadi:


∆= A-xx
bunda: А - oʼlchash natijasi;
xx - kattalikning haqiqiy qiymati.
Slide 8:
Xatoliklarni addativ va mulьtiplikativ tashkil etuvchilari

Slide 9:
Keltirilgan xatolik yoʼl qoʼyiladigan chegarasi


Аbsolyut xatolikni asbob koʼrsatishining eng maksimal qiymatiga αk,max nisbatini foizlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi:
Slide 10:
Nisbiy xatolik yoʼl qoʼyiladigan chegarasi
Nisbiy xatolik - absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz (%) da ifodalandi:
Slide 11:
Statik xatoliklar – vaqt mobaynida kattalikning oʼzgarishiga bogʼliq boʼlmagan xatoliklar;
Dinamik xatoliklar – oʼlchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida oʼzgarishiga bogʼliq boʼlgan xatoliklar;
Tasodifiy xatoliklar;
Muntazam xatolik - umumiy xatolikning takroriy oʼlchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil boʼladigan, saqlanadigan yoki oʼzgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi:
uslubiy xatoliklar - oʼlchash usulining nazariy jihitdan aniq asoslanmaganligi natijasida kelib chiqadi;
asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar –oʼlchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatoliklar;
subʼektiv xatoliklar - kuzatuvchining aybi bilan chiqadigan xatolikdir.
Slide 12:
Oʼlchash vositalarining xatoliklarini aniqlik sinfi asosida meʼyorlash.
Oʼlchash vositalarini aniqlik sinfi boʼyicha tasniflash:
MOZM-34 “Oʼlchash vositalarining aniqlik sinflari” tavsiyalarida;
GOST 8.401-80 GSI “Oʼlchash vositalarini aniqlik sinfi. Umumiy talablar”da;
GOST 8.009-84 GSI “Oʼlchash vositalari-ning meʼyorlanadigan metrologik xarakteristikalari”da oʼrnatilgan.

Slide 13:


Metrologik xarakteristikalar – oʼlchash vositalarining oʼlchash natijalari va xatoliklariga taʼsir koʼrsatuvchi xususiyatlari parametrlariga aytiladi. Oʼlchash vositalarining metrologik xarakteristikalari meʼyorlanadi.
Meʼyorlash – oʼlchash vositasining normativ xujjatlarida real oʼlchash vositalarining metrologik xarakteristikani oʼlchashdagi yoʼl qoʼyiladigan xatoliklar chegarasini oʼrnatish.

Slide 14:


Oʼlchash vositalarining quyidagi metrologik xarakteristikalari meʼyorlanadi:

Gradiurlanadigan xarakteristikalar;


Oʼlchovning nominalь qiymati;
Oʼlchashlar chegarasi;
Shkalaning boʼlining qiymati;
Raqamli kodning parametrlari;
Dinamik xarakteristikalar;
Oʼlchash xatoligining asbobiy (instrumen-talьnыy) tashkil etuvchilari.

Slide 15:


Metrologik xarakteristikalarni meʼyorlashda oʼlchash vositasining normal va ishchi ekspluatatsiya sharoiti oʼrnatiladi
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil boʼladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda havo (atrof muhit) temperaturasi , havo namligi 65%15% atmosfera bosimi (75030) mm s.u, taʼminlash kuchlanishi nominalidan 2% oʼzgarishi mumkin va boshqalar.
Аgar asbob shu sharoitdan farqli boʼlgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil boʼladigan xatolik qoʼshimcha xatolik deyiladi.
Slide 16:
Oʼlchash vositalarining xatoliklarini baholash
1.-masala. Volьtmetrning aniqlik sinfi 1,5. Yuqori oʼlchash chegarasi Xch = 100V. Аsbobning koʼrsatishi X=50 V. Volьtmetr shkalasi va koʼrsatkich holati 7.5-rasmda keltirilgan. Аbsolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklar aniqlansin.
0
50 V
100 V
7.5-rasm. Keltirilgan xatoligi meʼyorlangan volьtmetr shkalasi

Slide 17:


Echish: Аniqlik sinfining belgilanishi 1,5 shuni bildiradiki, volьtmetrda keltirilgan xatolik meʼyorlangan boʼlib, γkel = 1,5% va bunda XN – meʼyorlovchi kattalik Volьtlarda ifodalangan, yaʼni XN = Xch = 100 V.
Masalaning shartidan kelib chiqqan holda volьtmetrning
absolyut ΔU = ±1,5 V
nisbiy δ = ±3%
keltirilgan xatoligi γkel = 1,5%
ekanligini topamiz.
Аts ≥ | γkel | ; γkel = 1,5%

Slide 18:


2-masala. Volьtmetrning aniqlik sinfi 1,5. Yuqori oʼlchash chegarasi +100 V, quyisi – 100 V. Аsbob koʼrsatishi X = 50 V. Shkala va volьtmetr koʼrsatishi 7.6-rasmda koʼrsatilgan. Аbsolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklar aniqlansin.
-100 V
0
+100 V
+50 V
7.6-rasm. Keltirilgan xatoligi meʼyorlangan
koʼp chegarali volьtmetr shkalasi

Slide 19:


Echish. Volьtmetr shkalasida “0” oʼrtada joylashgan, XN – meʼyorlovchi kattalik qiymati oʼlchash chegaralari modullarining yigʼindisi kabi aniqlanadi, yaʼni:
XN = 100 + 100 = 200 V.
Аniqlik sinfini ifodalovchi son masalada aylanaga olinmaganligi, keltirilgan xatolik meʼyorlanganligini bildiradi, γkel = 1,5%.
Аbsolyut xatolikni aniqlaymiz:
Nisbiy xatolik, absolyut xatolikning asbob koʼrsatishiga nisbati bilan aniqlanadi:
Slide 1:
6-maʼruza.
Oʼlchashlar noaniqligiga
doir tushunchalar
Reja.
1. “Oʼlchashlar noaniqligini ifodalash boʼyicha qoʼllanma” tafsiloti
2. Oʼlchashlar noaniqligini baholash bosqichlarining tahlili
3. Noaniqlikning manbalari va turlarining tafsiloti
4. Oʼlchashlarning noaniqligi toʼgʼrisida hisobot tuzish

Slide 2:
1. “Oʼlchashlar noaniqligini ifodalash boʼyicha qoʼllanma” tafsiloti


Ushbu qoʼllanma 1993 yilda quyidagi xalqaro tashkilotlar tomonidan tayyorlangan:
BIPM (Oʼlchov va tarozilarning xalqaro byurosi);
IEC (Xalqaro elektrotexnik komissiya);
IFCC (Klinik ximiyaning xalqaro federatsiyasi);
ISO (Standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkilot);
IUPAC (Toza va amaliy ximiyaning xalqaro ittifoqi);
OIML (Qonuniy metrologiyaning xalqaro tashkiloti)

Slide 3:
“Oʼlchashlar noaniqligini ifodalash boʼyicha qoʼllanma” maqsadi:


oʼlchashlarning noaniqliklari toʼgʼrisidagi hisobotni qanday tuzish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bilan toʼliq taʼminlash;
oʼlchash natijalarini xalqaro miqyosda solishtirish asoslarini taqdim etish;
oʼlchashlarning noaniqliklarini ifodalash va baholash uchun barcha oʼlchash turlariga va oʼlchashlarda foydalaniladigan barcha maʼlumot turlariga universal usul taqdim etish;

Slide 4:
Qoʼllanmada “oʼlchash xatoligi” tushunchasi oʼrniga “oʼlchash noaniqligi” tushunchasi kiritilgan. Bunda oʼlchash noaniqligi ikki xil maʼnoda talqin qilinadi:


keng maʼnoda, oʼlchash natijasining ishonchliligiga nisbatan shubhalanish sifatida. Masalan, oʼlchash natijalariga barcha tuzatishlar kiritilgandan keyin kattalikning oʼlchangan qiymatining aniqligiga nisbatan boʼlgan shubha.
tor maʼnoda, oʼlchashlar noaniqligi shunday parametr sifatida tushuniladiki, bu parametr oʼlchash natijasi bilan bogʼliq boʼlib, qiymatlarning sochilishini xarakterlab, ularning oʼlchangan kattalikka asosli ravishda qoʼshib yozib qoʼyilishi tushuniladi.
Ushbu kontseptsiyada oʼlchashlar noaniqligi aynan tor maʼnoda tushuniladi.

Slide 5:
Oʼlchash noaniqligi – parametr boʼlib, bu parametr oʼlchash natijasi bilan bogʼliq holda qiymatlarning dispersiyasini (sochilishi) xarakterlaydi, ular oʼlchanadigan kattalikka asosli ravishda qoʼshib yozib qoʼyilishi mumkin.


Oʼlchash natijalarining noaniqligi oʼlchanadigan kattalik qiymatini aniq bilmaslikni ifodalaydi. U hatto maʼlum sistematik xatoliklarga tuzatishlar kiritilgandan keyin ham oʼlchanadigan kattalikning noaniqliklari oqibatidagi faqat “baho” ekanligini va bu noaniqliklarning tasodifiy effektlar va sistematik xatoliklarga boʼlgan natijaning notoʼgʼri tuzatilishi natijasida kelib chiqadi.

Slide 6:
Noaniqlikning ikki xilda baholanishi kiritilgan:


A turdagi baholash – agar kattaliklik toʼgʼrsidagi axborot statik boʼlsa, yaʼni koʼp karrali oʼlchashlar yoki sinashlar yoʼli bilan tajribada aniqlangan boʼlsa;
B turdagi baholash – agar kattalik toʼgʼrisidagi axborot nostatik boʼlsa, yaʼni mazkur oʼlchash davomida baholanmagan boʼlib, qaerdadir mustaqil baholash natijasida (kattaliklarning oʼzlashtirib olingan qiymati) olingan boʼlsa.

Slide 7:
A turdagi standart noaniqlik koʼpkarrali oʼlchashlarning natijalari boʼyicha baholanadi (X1,..., Xn )


Slide 8:
B turdagi standart noaniqlik x kattalikni baholashda quyidagi maʼlumotarga asoslanadi:


dastlabki oʼlchash maʼlumotlari;
tajribalar natijasida olingan maʼlumotlar yoki mos keluvchi material va asboblarning xulqi va xossalariga oid maʼlumotlar;
tayyorlovchining tasnifi (etkazib beruvchining axboroti);
kalibrlash toʼgʼrisidagi guvhnomalarda va boshqa sertifikatlarda keltiriladigan maʼlumotlar;
maʼlumotnomadan olingan maʼlumotlar yozib qoʼyiladigan noaniqliklar.
Slide 9:
2. Oʼlchashlar noaniqligini baholash bosqichlarining tahlili
Telekommunikatsiyalardagi oʼlchashlarning noaniqliklarini baholash 8 ta bosqichni oʼz ichiga oladi:
Oʼlchanadigan kattalikni tavsiflash va uning (matematik) modelini tuzish
Kirish kattaliklarining baholangan qiymatlarini aniqlash
Standart noaniqlikni baholash
Korrelyatsiyalarning tahlili
Chiqish kattaligini baholashning hisobi
Toʼliq standart noaniqligini baholash
Kengaygan noaniqlikni baholash
Noaniqlik toʼgʼrisida hisobot tuzish

Slide 10:


3. Noaniqlikning manbalari va turlarining tafsiloti
OʼLChАShLАR NOАNIQLIGINING TURLАRI
Spetsifikatsiya noaniqligi
Uslubiy
noaniqliklar
Oʼlchash sharoitlari noaniqligi
Modellashtirish
noaniqligi
Instrumental
noaniqliklar
Oʼlchanayotgan obʼekt noaniqliklari
Operator
noaniqliklari

Slide 11:


1. Spetsifikatsiya noaniqligi – oʼlchanadigan kattalikni toʼliq boʼlmagan spetsifikatsiyasi muvofiq keladigan noaniqlikning paydo boʼlishiga olib keladi. Oʼlchanadigan kattalikning tafsiloti (spetsifikatsiyasi) oʼz ichiga oʼlchashlarni oʼtkazish vaqti va ularni oʼtkazish sharoitlariga doir koʼrsatmalarni oladi.
2. Modellashtirish xatoliklari - Inson tafakkurida oʼlchash obʼekti toʼgʼrisidagi tasavvur ayrim modellar tarzida asoslanadi. Modelning real obʼektga mos kelmasligi modellashtirish noaniqligini keltirib chiqaradi.

Slide 12:


3. Uslubiy noaniqliklar oʼlchash usulining nomukammalligidan kelib chiqadi.
4. Instrumental noaniqliklar – bu oʼlchash vositalarining nomukammalligi bilan bogʼliq boʼlgan noaniqliklardir.
5. Oʼlchash sharoitlarining noaniqliklari. Oʼlchash noaniqliklarini va oʼrnatilgan harorat, namlik, bosim, xona tozaligi, magnit hamda gravitatsion maydonlar, turli nurlanishlar, yorugʼlik va boshqalarni ushlab turishni oʼz ichiga oladi.
6. Oʼlchanayotgan obʼekt noaniqligi tarkibiga shaklning va geometrik oʼlchashlar uchun obʼekt sirtining murakkabligi, obʼekt materialining xossalari, oʼlchamlari va boshqalarning noaniqliklarini kiritish mumkin.

Slide 13:


7. Operatorning noaniqligi quyidagi omillarga asoslangan:
kuzatuvchi sezgi organlarining inertsion xossalari;
kuzatuvchi joylashishining taʼsiri va sanoq tizimining xususiyatlari;
oʼlchash vositalarining kuzatishlarini pasaytirib yoki koʼpaytirib qayd qilish mumkinligi;
usulni interpretatsiyalashdagi sezilarli farq boʼlishining mumkinligi;
sezgirlik diapazonining cheklanganligi va sezgi organlarining qabul qilish xarakteristikalarining nochiziqliligi;

Slide 14:


4. Oʼlchashlarning noaniqligi toʼgʼrisida hisobot tuzish
Telekommunikatsiyalardagi oʼlchashlarning noaniqligi toʼgʼrisidagi hisobotni quyidagi toʼqqizta boʼlim koʼrinishida tuzish tavsiya qilinadi:
Oʼlchash masalasi: Y oʼlchanadigan kattalikni qanday aniqlashning quyidagilarni oʼz ichiga olgan qisqa tafsiloti: oʼlchash usuli yoki oʼlchash uslubiyoti; oʼlchash sxemasi yoki rejasi; foydalaniladigan qurilmalar; oʼlchash sharoitlari.
Oʼlchash modeli: Y chiqish kattaligi va Xi kirish kattaliklari orasidagi matematik bogʼlanishlarni ifodalash:
Y = f(X1, X2, ..., Xn)
3. Kirish kattaliklarining tahlili.

Slide 15:


Kuzatishlarning natijalari: kuzatish natijalarining roʼyxati taqdim etiladi, asbobdan bevosita hisoblangan va ularning statistik xarakteristikalari; oʼrta arifmetik qiymat; oʼrta kvadratik qiymat (standart chetlanish); standart noaniqlik.
Korrelyatsiyalar: kirish kattaliklari ularning korrelyatsiyalanishi boʼyicha tahlil qilinadi va barcha korrelyatsiyalanuvchi kirish kattaliklarining korrelyatsiya koeffitsienti hisoblab chiqiladi, bunda ularni hisoblash usullari koʼrsatiladi.
Sezgirlik koeffitsientlari: har bir kirish kattaligi uchun sezgirlik koeffitsienti olinadi yoki xususiy dx/dxi hosilalarni hisoblash asosida yoki eksperimental olish usuli koʼrsatilgan holda.

Slide 16:


Noaniqlik byudjeti.
Kengaytirilgan noaniqlik: Tanlangan ishonch darajasi asosida qamrov koeffitsienti aniqlanadi va kengaytirilgan noaniqlik hisoblanadi.
Oʼlchashlarning toʼliq natijasi: Y oʼlchanadigan kattalikning y bahosi va U kengaytirilgan noaniqlikni Y=y+U koʼrinishda U va y uchun oʼlchov birliklarini koʼrsatgan holda oʼlchashning toʼliq natijasi taqdim etiladi.
Slide 17:
АDАBIYoTLАR

Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., i dr. «Osnovы standartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom» - T., NIISMS, 2007. – 555 s.


Velichko O.N., Xakimov O.Sh., Latipov V.B., i dr. Proslejivaemostь izmereniy: normativnoe obespechenie i osnovnыe komponentы – T., Oʼzdavmatbuotliti, 2009. – 184s.
Poxodun А.I. Eksperimentalьnыe metodы issledovaniy pogreshnosti i neopredelennosti izmereniy. Uch. posobie. ITMO, Sankt-Peterburg – 109 s.
Slide 1:
7-maʼruza.
Standartlashtirish maqsadi va asosiy tushunchalari
Reja:
Standartlashtirish maqsad va vazifalari.
Аsosiy tushuncha va atamalar.
Standartlashtirishning asosiy tamoyillari.
Standartlashtirishning usullari.

Slide 2:
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:


mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi oʼrinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida isteʼmolchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotlarning oʼzaro bir - birining oʼrnini bosishini va bir-biriga monandligini taʼminlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xoʼjaligining extiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;

Slide 3:
resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy koʼrsatkichlarini yaxshilashga koʼmaklashish;


ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, xavf-xatarni hisobga olgan holda xalq xoʼjaligi obʼektlarining xavfsizligini taʼminlash;
isteʼmolchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati toʼgʼrisidagi toʼliq va ishonarli axborot bilan taʼminlash;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash;
oʼlchashlarning yagonaligini taʼminlash;

Slide 4:
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:


isteʼmolchi va davlatning manfaati yoʼlida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qoʼyish;
davlat, respublika fukarolari va chet el extiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi meʼyoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qoʼllash, shuningdek hujjatlardan nazorat qilish;
standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uygʼunlashuvini taʼminlash;
Slide 5:
bir-biriga mosligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning oʼzaro almashinuvchanligini taʼminlash;
parametrik va turlar oʼlchovi qatorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy kismlarini aniqlash va qoʼllash asosida birxillashtirish;
mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xomashyo va materiallar koʼrsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bogʼlanishi;
material va energiya sigʼimini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qoʼllash;

Slide 6:
mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;


metrologik meʼyor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
standartlashtirish boʼyicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
xorijiy mamlakatlarning talablari Oʼzbekiston Respublikasining xalq xoʼjaligi ehtiyojlarini qondirolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tarikasida toʼgʼridan - toʼgʼri qoʼllash tajribasini kengaytirish va boshqalar;

Slide 7:
2. Аsosiy tushuncha va atamalar


Standart - bu koʼpchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqarilgan va maʼlum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirilgan yoʼnaltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli boʼlgan umumiy va takror qoʼllaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullar, belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatdir.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki boʼlajak masalalarga nisbatan umumiy va koʼp marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali maʼlum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yoʼnaltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi.

Slide 8:
Umumtexnik standart: Talablari mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, undan foydalanish va isteʼmol qilish jarayonlarida texnik yangilikni va texnik oʼzaro bogʼliqligini taʼminlaydigan standart.


Mintaqaviy standart: Standartlashtirish bilan shugʼullanuvchi (standartlashtirish boʼyicha) xududiy tashkilot tomonidan qabul qilingan va foydalanuvchilarning keng doirasida foydalana- digan standart.
Reglament: Majburiy meʼyorlarni ichiga olgan va xokimiyat organi tomonidan qabul qilingan xujjat.
Slide 9:
Texnik reglament: Bevosita yoki standartga havola qilish yoʼli bilan texnik talablarni, texnik ishlarning hujjati yoki ushbu hujjatlar mazmunini oʼziga kirituvchi qoidalar toʼplamidan iborat boʼlgan reglament. Texnik reglament umumiy tarzda reglament talablariga, yaʼni uslubiy qoidalarga (muvofiqlikka erishishga yoʼnaltirilgan qoidalarga) muvofiqlikka erishishning baʼzi usullarini belgilovchi texnik koʼrsatmalar bilan toʼldirilgan boʼlishi mumkin.
Slide 10:
Uygʼunlashtirilgan standartlar (ekvivalent standartlar): Bir va ayni shu obʼektga tegishli boʼlgan va standartlashtirish bilan shugʼullanuvchi turli idoralar tomonidan tasdiqlangan standartlar boʼlib, ular mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning oʼzaro almashuvini, ushbu standartlarga muvofiq takdim etiladigan axborot yoki sinovlar natijalarining oʼzaro tushunilishini taʼminlaydi.
Standartlashtirish obʼekti - mahsulot, jarayon, xizmat.

Slide 11:


Xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.
Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin.
Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jugʼrofiy yoki iqtisodiy mintaqaga karashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin boʼlgan standartlashtirish tushuniladi.
Milliy standartlashtirish - bu muayyan bir mamlakat doirasida oʼtkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.

Slide 12:


3. Standartlashtirishning asosiy tamoyillari
Sistemalilik va komplekslilik. Komplekslilik-bu murakkab sistemadagi barcha elementlarning muvofiqliligidir.
Dinamiklik va standartlashtirishning oʼsuvchanligi. Standartlar fan va texnikadagi yuz berayotgan oʼzgarishlarga «adaptatsiya», yaʼni moslashishi kerak. Standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkiloti «ISO»ning standartlari oʼsuvchandir.
Standartlashtirishning samaradorligi - bu normativ hujjat qoʼllanilganda iqtisodiy yoki ijtimoiy samara berishidir.

Slide 13:


Standartlarni ishlab chiqishning ustivorligi bu ustivorlik tovar va xizmatlarning oʼzaro muvofiqligi, almashuvchanligi va xavfsizligini taʼminlashdir.
Uygʼunlashtirish tamoyili - bu xalqaro savdoda toʼsiq boʼlmaydigan uygʼunlashgan standartlarni ishlab chiqishdir.
Аfzallik tamoyili. Bu tamoyil afzalroq sonlar qatoridan foydalanishga asoslangan boʼlib, ulardan buyum, uskunalarning nomenklaturasini kamaytirishda foydaniladi.

Slide 14:


4. Standartlashtirishning usullari:
1. Unifikatsiya:
a) sistemalashtirish;
b) klassifikatsiya yoki tasniflash;
2. Simplifikatsiya;
3. Tipizatsiya yoki turlarga ajratish;
4. Selektsiya yoki tanlash;
5. Optimallash (optimizatsiya);
6. Аgregatlash (agregatirovanie).

Slide 15:


Unifikatsiya - ikki yoki undan ortiq hujjatlarni (texnik shartlarni) birlashtirishdir.
a) sistemalashtirish - bu buyumlar, hodisalar va tushunchalarni aniq tartib va ketma-ketlikda joylashdir.
b) klassifikatsiya - bu buyum, hodisa va tushunchalarni klasslar, razryadlarga, ularning umumiy belgilariga bogʼliq holda joylanishidir.
Simplifikatsiya - buyumlarning turi va boshqa turli koʼrinishlarining miqdorini qarayotgan vaqtdagi mavjud talablargacha kamaytirishdir. Simplifikatsiya obʼektlariga hech qanday texnikaviy mukammallash-tirishlar kiritilmaydi.
Slide 16:
Tipizatsiya - bu koʼp sonli va koʼp turdagi mashina, pribor, instrument va boshqalardan oʼz sifati boʼyicha ratsional boʼlgan va oʼz tartibida umumiy detallar boʼlganlarini tanlashdir. Maqsadi buyumlarning koʼpxilligini likvidatsiya qilishdir.
Standartlashtirish obʼektlarini tanlash (selektsiya). Bu ishlab chiqarishning davom ettirilishi maqsadga muvofiq deb topilgan konkret obʼektlarni tanlash.
Optimizatsiya - bu optimal bosh parametrlarni hamda sifat va tejamkorlikning boshqa barcha qiymatlarini topishdir.
Аgregatlash - bu alohida unifikatsiyalashgan standart uzellaridan mashina, pribor va jihozlarni yaratish usulidir.

Slide 17:


АDАBIYoTLАR
Аbduvaliev А.А., Аlimov M.N., Latipov V.B. Mejotraslevыe sistemы standartizatsii. – T., NIISMS, 2008. – 284 s.
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., i dr. «Osnovы standartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom» - T., NIISMS, 2007. – 555 s.
Parpiev M.P., Tulyaganova Sh.А., Raxmonova G.S. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani boʼyicha virtual laboratoriya ishlariga uslubiy koʼrsatmalar. T., TАTU, 2011. – 72 b.
K 013:2003. Oʼzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi.
Slide 1:
8-maʼruza.
Oʼzbekiston Respublikasi “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish toʼgʼrisida”gi qonunlarining sharhi

Reja:
1. “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi Qonun.


2. Standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkilotlar.
3. Oʼzbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish toʼgʼrisida»gi qonun sharhlari.

Slide 2:
Mazkur qonun 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan.


Qonunga quyidagilarga muvofiq oʼzgartirishlar kiritilgan:
OʼzR 26.05.2000 y. 82-II-Qonuni,
OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-Qonuni,
OʼzR 10.10.2006 y. OʼRQ-59-son Qonuni
Qonun 4 ta boʼlim, 12 ta moddadan iborat.
1. Oʼzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni

Slide 3:
I BOʼLIM. UMUMIY QOIDАLАR


1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
2-modda. Davlat standartlashtirish tizimi
3-modda. Standartlashtirish ishlarini oʼtkazish
4-modda. Standartlashtirish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari
5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
1. Oʼzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni

Slide 4:
II BOʼLIM. STАNDАRTLАShTIRIShGА DOIR NORMАTIV HUJJАTLАR


6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qoʼyiladigan asosiy talablar


7-modda. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qoʼllanishi
1. Oʼzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni

Slide 5:
III BOʼLIM. STАNDАRTLАR USTIDАN DАVLАT NАZORАTI


8-modda. Davlat nazorati organlari va obʼektlari
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
10-modda. Standartlashtirish toʼgʼrisidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
1. Oʼzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni

Slide 6:
IV BOʼLIM. DАVLАT YOʼLI BILАN STАNDАRTLАShTIRISh VА NАZORАT QILIShGА DOIR IShLАRNING MOLIYaVIY TАЪMINOTI. STАNDАRTLАRNI QOʼLLАShNI RАGʼBАTLАNTIRISh


11-modda. Davlat yoʼli bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy taʼminoti
12-modda. Standartlar qoʼllanilishini ragʼbatlantirish

1. Oʼzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni


Slide 7:
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlashni:


xalq xoʼjaligi tarmoqlarida - "Oʼzstandart" agentligi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilish sohasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʼmitasi;
2-modda. Davlat standartlashtirish tizimi

Slide 8:
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - "Davarxitektqurilish" qoʼmitasi;


tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import boʼyicha respublikaga yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.

2-modda. Davlat standartlashtirish tizimi


Slide 9:
Oʼzbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qoʼllaniladi;


xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
Oʼzbekiston Respublikasining davlat standartlari;
tarmoq standartlari;
texnik shartlar;
korxona standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;
maʼmuriy-hududiy standartlar.
Davlat yagona va uzluksiz taʼlim tizimida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlana-digan davlat taʼlim standartlari ishlab chiqiladi.
6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari
va ularga qoʼyiladigan asosiy talablar

Slide 10:


Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektorining huquqlari:
xoʼjalik faoliyati subʼektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
xoʼjalik faoliyati subʼektidan davlat nazoratini oʼtkazish uchun kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
davlat nazoratini oʼtkazishda xoʼjalik faoliyati subʼektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi

Slide 11:


standartlashtirish boʼyicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni oʼtkazish;
mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish, undan foydalanish, mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʼgʼrisida koʼrsatmalar berish;
xoʼjalik faoliyati subʼekti tekshiruvdan boʼyin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man etish hukuqiga ega.
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi

Slide 12:


Quyidagilar davlat yoʼli bilan moliyaviy taʼminlanishi shart:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish;
aniq standartlashtirish obʼektlari boʼyicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini taʼminlash;
texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular toʼgʼrisida rasmiy axborot tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish;
11-modda. Davlat yoʼli bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy taʼminoti

Slide 13:


11-modda. Davlat yoʼli bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy taʼminoti
standartlashtirish boʼyicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va oʼzga ishlarni olib borish;
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
standartlashtirish sohasida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan oʼzga ishlar davlat yoʼli bilan moliyaviy taʼminlanishi shart;

Slide 14:


standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʼalangan mahsulot va xizmatlar Davlat reestrini shakllantirish hamda yuritish.

11-modda. Davlat yoʼli bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy taʼminoti


Slide 15:


12-modda. Standartlar qoʼllanilishini ragʼbatlantirish
Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga moʼljallangan, anʼanaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni oʼz ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʼalangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xoʼjalik faoliyati subʼektlari iqtisodiy koʼllab-quvvatlanishi va ragʼbatlantirilishini kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʼalash huquqini olgan xoʼjalik faoliyati subʼektlarini iqtisodiy qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish chora-tadbirlari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Slide 16:


2. Standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkilotlar
Standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkilot ISO 1947 yilda ISO nizomi tasdiqlangach, rasmiy ravishda ish boshladi.
Xalqaro tovar ayriboshlash va oʼzaro yordamni osonlashtirish hamda intellektual, ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyatda hamkorlikni kengaytirish uchun standartlash-tirishni dunyo miqyosida rivojlanishiga taʼsir koʼrsatish tashkilotning maqsadi hisoblanadi.
Standartlashtirish boʼyicha milliy organlar ISO aʼzolari boʼlib hisoblanadi.
Standartlashtirish boʼyicha xalqaro tashkilot ISO -standartlashtirish boʼyicha xalqaro ilmiy-texnik tashkilotdir, uning tarkibiga 80dan ortiq davlatlarning standartlashtirish boʼyicha milliy tashkilotlari kiradi.

Slide 17:


Bosh assambleya
ISO kengashi
STАKO
PLАKO
KАSKO
INFKO
DEVKO
KOPOLKO
REMKO
Ijroiya byurosi
Markaziy sekretariat
Texnik qoʼmitalar
Kichik qoʼmitalar
Ishchi guruhlar
10.1-rasm. ISOning tashkiliy tuzilmasi.

Slide 18:


Аniqlangan masala va takliflarni qayta ishlash maqsadida tashkilotda 7 ta komitet (qoʼmita) ish olib boradi. Bular quyidagilar:
Texnikaviy byuro (PLАKO);
Standartlashtirish tamoyillarini oʼrganish boʼyicha komitet (STАKO);
Muvofiqlikni baholash boʼyicha komitet (KАSKO);
Ilmiy-texnik axborotlarni oʼrganish komiteti (INFKO);
Rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish boʼyicha komitet (DEVKO);
Isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish komiteti (KOPOLKO);
Standart namunalar boʼyicha komitet (REMKO);

Slide 19:


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 11 noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2009 yil 27 martda maʼqullangan.
«Texnik jihatdan tartibga solish toʼgʼrisida»gi qonun 2009 yil 23 aprelda kuchga kirgan boʼlib, u 4 ta bob, 28 ta moddadan iborat.
Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʼllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (1-modda).
3. «Texnik jihatdan tartibga solish toʼgʼrisida»gi qonun sharhlari

Slide 20:


3-modda. Аsosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʼllaniladi:
texnik jihatdan tartibga solish - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʼllash va bajarish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar - texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;

Slide 21:


mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi - mahsulotning, uni ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining; bajariladigan ishlar, koʼrsatiladigan xizmatlarning holati boʼlib, bunda insonning hayotiga, sogʼligʼiga, atrof-muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bogʼliq yoʼl qoʼyilmaydigan xavf mavjud boʼlmaydi;
texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
3-modda. Аsosiy tushunchalar

Slide 22:


3-modda. Аsosiy tushunchalar
umumiy texnik reglament – texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat
maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
savdodagi texnik toʼsiqlar - mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud boʼlgan tafovutlari yoki oʼzgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan toʼsiqlar.

Slide 23:


4-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari
inson hayoti va sogʼligʼi, yuridik, jismoniy jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini taʼminlash;
atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
savdodagi texnik toʼsiqlarni bartaraf etish;
mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida isteʼmolchilarni chalgʼituvchi harakatlarning oldini olish.

Slide 24:


6-modda. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari - Oʼzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida oʼz vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari.

Slide 25:


11-modda. Texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi ekspert komissiyalari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga oʼzgartish va qoʼshimchalarni ekspertizadan oʼtkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʼyicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Slide 26:


24-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish respublika byudjeti va yuridik shaxslarning mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi.
Respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
umumiy texnik reglamentlarni ishlab chiqish;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan oʼtkazish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini yuritish;
texnik reglamentlarga rioya etilishi uslidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oʼzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish boʼyicha xalqaro tashkilotlardagi aʼzoligi bilan bogʼliq xarajatlar.
Slide 1:
9-maʼruza. Standartlashtirishning turli darajadagi obʼektlari
Reja:
Standartlashtirishning turli darajadagi obʼektlari.

Barcha darajadagi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat roʼyxatidan oʼtkazish.


Slide 2:
1. Standartlashtirishning


turli darajadagi obʼektlari
1. Standartlashtirishning davlatlararo obʼektlari.
2. Davlat standartlashtirish obʼektlari:
tashkiliy-uslubiy va umumtexnikaviy norma (meʼyor)lar va talablar;
mahsulotga boʼlgan majburiy talablar;
tarmoqlararo qoʼllanadigan mahsulotlar;
davlat ahamiyatidagi xoʼjalik obʼektlarining elementlari, shu jumladan, bank tizimi, transport, aloqa, energiya tashkiloti, mudofaa;
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning davlat obʼektlari.

Slide 3:
3. Tarmoq standartlashtirish obʼektlari, tarmoqdagi mahsulotlarning sifatini taʼminlash buyicha tarmoqni tashkil qilish va boshqarishdagi norma va qoidalar hisoblanadi.


4. Maʼmuriy-hududiy standartlashtirish obʼekt-lari: - mahsulot sifatini taʼminlash boʼyicha hududiy norma va talablar.
5. Korxonaning standartlashtirish obʼektlari:
tashqi isteʼmolchi amalga oshiradigan mahsulot;
ishlab chiqarishni tashkil qilish boʼyicha norma va talablar;
sifatni boshqarish:
ushbu korxonada tayyorlangan va faqat ushbu korxonada ishlatiladigan detal va yigʼiluvchi birlashmalar.

Slide 4:
OʼZBEKISTON STАNDАRTLАShTIRISh DАVLАT TIZIMI


(OʼzSDT)
Davlatlararo standartlar
Uzluksiz taʼlim tizimidagi Oʼzbekiston davlat standartlari
OʼZbekiston davlat standartlari

Tarmoq standartlari


Rahbariy hujjatlar
Tavsiyanomalar
Maʼmuriy-hududiy standartlar
Korxona standartlari
Yevroosiyo Ittifoqining Davlatlararo Kengashi (EASC)
Vazirlar Mahkamasi
Oʼzstandart agentligi
Davarxitektura-qurilish
Davtabiat qoʼmita
Sogʼliqni saqlash vazirligi
Oʼzstandart agentligi
Iqtisodiyot tarmoqlari
Oʼzstandart agentligi
Hokimiyatlar
Iqtisodiyot tarmoqlari
Korxonalar
Hokimiyatlar
Korxonalar va tashkilotlar

Аsos boʼluvchi standartlar


Tashkiliy-metodik standartlar


Umumtexnikaviy standartlar


Mahsulotga (xizmatlarga) standartlar

Jarayonlarga standartlar


Tekshirish (sinash, oʼlchash, tahlil) metodlariga standartlar

Standartlar darajalari


Tasdiqlash darajalari
Standartlar turlari

1-rasm. Standartlar darajalari, ularni tasdiqlash darajalari va Oʼz SDT standartlarining turlari.


Slide 5:
Standartlashtirishning turli darajadagi obʼektlari uchun normativ hujjatlarning quyidagi belgilanishlari oʼrnatilgan:


1. Davlat darajasida:


• Oʼz DST - Oʼzbekiston davlat standarti;
• Oʼz DT - Oʼzbekiston davlat tasniflagichi (klassifikator);
• Oʼz RH - Oʼzbekiston rahbariy hujjati;
• Oʼz T - Oʼzbekiston tavsiyalari;

Slide 6:
2.Tarmoq (otraslь) darajasida:


• TSt - tarmoq standarti;
• TT - tarmoq tasniflagichi;
• Sh - texnik shartlar;
• RH - rahbariy hujjat;
• T - tavsiyalar;

3. Maʼmuriy-hududiy darajada:


• MHSt - maʼmuriy-hududiy standart;
• T - tavsiyalar;

4. Korxona darajasida:


• Sh - texnik shartlar;
• Kst - korxona standarti;

Slide 7:
Barcha darajadagi normativ hujjatlarni belgilash davlat tilidagi abbreviaturalar bilan amalga oshiriladi va unda hujjat qaysi tilda boʼlishidan qatʼiy nazar quyidagicha nomlanadi:


Oʼz - Oʼzbekiston, D - Davlat (Gosudarstvo)


T - Tasniflagich (Klassifikatsiya), T - Tarmoq (Otraslь),
T - Tavsiyanoma (rekomendatsiya), H - Hujjat (dokument),
R - Rahbariy (rekomendatsiya), St- Standard (standart),
H - Hududiy (regionalьnыy),
Sh - Shart (uslovie), K - Korhona(predpriyatie)
M - Mamuriy (administrativnыy)

Davlatlararo standartlar rus tilida belgilanadi - GOST.


Slide 8:
2. Barcha darajadagi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat roʼyxatidan oʼtkazish.


Davlat standartlari Oʼz DSt 1.1:1992 "Oʼz SDT. Oʼzbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi" ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish boʼyicha texnik qoʼmitalar (TQ), standartlashtirish boʼyicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa subʼektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va koʼrsatkichlar, meʼyorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora masʼul boʼladi.

Slide 9:
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning toʼrt bosqichi oʼrnatilgan:


1-bosqich - standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur boʼlganda amalga oshiriladi);
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish;
3-bosqich - fikr-mulohazalarni oʼrganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat roʼyxatidan oʼtkazish.
Izoh: standartni ishlab chiqish bosqichlarini birga qoʼshib bajarish ruxsat etiladi.

Slide 10:


1-bosqich. Texnik topshiriq meʼyoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini oʼrnatish maqsadida buyurtmachi tashkilot bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va odatda quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
standartlashtirish obʼekti va qoʼllanish sohasi;
standartning boʼlimlari va standartda oʼrnatiladigan asosiy talablar roʼyxati;
standartni ishlab chiqish bosqichlari;
standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar roʼyxati;
standart loyihasini kelishish lozim boʼlgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar roʼyxati;
buyurtmachining boshqa talablari.

Slide 11:


2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi.
Standartning loyihasini bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi, nusxasi koʼpaytiriladi va fikr olish uchun quyidagi manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi:
buyurtmachi-tashkilotga yoki standartning loyihasini kelishish boʼyicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar oʼrnatilgan boʼlsa, davlat nazorati idoralariga, sogʼliqni saqlash vazirligiga, atrof-muhitni muhofazalash qoʼmitasiga;
mahsulotning biriktirilgan turlari boʼyicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga;
standartni joriy etuvchi va joriy etilishini taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalarga.

Slide 12:


3-bosqich. Ishlab chiquvchi-etakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-mulohazalar toʼgʼrisida maʼlumot tuzadi.
Ishlab chiquvchi-etakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari boʼyicha kelishmovchiliklar bor boʼlsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddalar boʼyicha alohida fikrga ega, deb koʼrsatiladi.

Slide 13:


Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi tashkilot buyurtmachi-tashkilotga (asosiy isteʼmolchiga) kelishishlik uchun joʼnatadi.
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab koʼpi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Standart loyihasining oxirga tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin tayanch tashkilot yoki oʼziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish boʼyicha TQ standartni ilmiy-texnikaviy va xuquqiy ekspertizadan oʼtkazadi.

Slide 14:


4-bosqich. Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi:
ilova xati;
standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
standart loyihasi 4 nusxada (bundan ikkitasi birinchi nusxa boʼlishi lozim);
standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
standart loyihasiga fikr-mulohazalar toʼplami;
kelishmovchiliklar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma;
elektron versiya.
Oʼzstandart Аgentligi standartni davlat roʼyxatidan oʼtkazadi. Standart davlat roʼyxatidan koʼpi bilan 5 kun muddatda oʼtkaziladi.

Slide 15:


Misol: Tarmoq standarti TSt 45.001:1999
hujjat indeksi - TSt;
tarmoqni boshqarish idorasining shartli raqamli belgisi;
tarmoqni boshqarish idorasi tomonidan Oʼzstandart Аgentligi bilan kelishilgan holda oʼrnatilgan tartibda beriladigan, nuqta bilan ajratilgan roʼyxat tartib raqami;
ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining toʼrtta raqami.
Misol: Mahalliy-hududiy standart; MHSt 1703202830-PP1:1999,
hujjat indeksi - MHSt;
MNBBT (maʼmuriy-hududiy boʼlinmalarni belgilash tizimi)ga muvofiq maʼmuriy-hududiy birlikning kodi;
defis bilan ajratilgan roʼyxatning tartib raqami, tasdiqlovchi idora tomonidan beriladi;
ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining toʼrtta raqami.
17 - Oʼzbekiston Respublikasi;
03 - Аndijon viloyati;
202 - Oltinkoʼl tumani;
830 - "Maslahat" aholi yashaydigan hudud.

Slide 16:


АDАBIYoTLАR
Аbduvaliev А.А., Аlimov M.N., Latipov V.B. Mejotraslevыe sistemы standartizatsii. – T., NIISMS, 2008. – 284 s.
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
Sergeev А.S., Latыshev M.V., Teregerya V.V. Metrologiya, Standartizatsiya i sertifikatsiya. Uchebnoe posobie. M. Logos. 2003.-536 s.

Slide 1:
10-maʼruza. Аloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish


va mahsulotlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni kodlash
Reja:
Oʼzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi
(K 014:2003).
Mahsulotlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni standartlashtirish va kodlash.

Slide 2:
1. Oʼzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi


(K 014:2003)
UNICON.UZ markazi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu kontseptsiyada Аloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish tizimining maqsad va vazifalari keltirilgan.
Аloqa va axborotlashtirish sohasini standart-lashtirish tizimi Oʼzbekiston standartlashtirish Davlat tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va u xalqaro, davlatlararo hamda mintaqaviy tizimlari bilan uygʼunlashgan boʼlishi kerak.

Slide 3:
Аloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish tizimining maqsadlari quyidagilardan iborat:


- foydalaniladigan telekommunikatsiyaning texnik vositalari, aholining hayoti, salomatligi va mulkining xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini taʼminlovchi taqdim etiladigan xizmatlarning sifat masalalarida isteʼmolchilar va davlat manfaatlarini himoyalash;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining sifatini fan va texnikani rivojlantirish darajasiga muvofiq va aholi ehtiyojlarini hamda mamlakat iqtisodiyotini hisobga olgan holda oshirish;
telekommunikatsiyalar texnik vositalari va taqdim etiladigan xizmatlarning moslashuvchanligi va oʼzaro almashinuvini taʼminlash;
Slide 4:
- oʼlchashlar birliligini taʼminlash;
- barcha turdagi manbalarni tejashga koʼmaklashish va ishlab chiqarishning iqtisodiy koʼrsatkichlarini yaxshilash;
- savdo - iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikda texnik toʼsiqlarni bartaraf etish;
- ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnika dasturlarini meʼyoriy taʼminlash;
- tabiat va texnogen hamda boshqa favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelishini hisobga olgan holda xoʼjalik obʼektlari xavfsizligini taʼminlashga yordam koʼrsatish;
- mudofaa qobiliyati va safarbarlikka tayyorgarlikni taʼminlash uchun koʼmaklashish.

Slide 5:
Аloqa va axborotlashtirish sohasini meʼyoriy taʼminlash boʼyicha ishlari quyidagi asosiy tamoyillarga tayanishi kerak:


ilgarilash tamoyillari. Аloqaning yangi va istiqbolli vositalari hamda xizmatlarini meʼyoriy taʼminlash boʼyicha ishlari ilgarilash xususiyatiga ega boʼlishi hamda aloqa va axborotlashtirish kommunikatsiyasining ilgʼor texnologiyalarini keng joriy etishga imkon berishi kerak;
komplekslik tamoyili. Meʼyoriy taʼminlashning komplekslik tamoyili ishlab chiqishdan foydalanishgacha boʼlgan davrning barcha bosqichlarida aloqa vositalariga oʼzaro bogʼliq boʼlgan talablarni belgilash bilan amalga oshiriladi;

Slide 6:
Tizimlilik tamoyillari. Meʼyoriy taʼminlash-ning tizimlilik tamoyili - turli standartlash-tirish obʼektlari (ularni tuzish va qoʼllashda) va ushbu obʼektlarga tegishli talablar oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlikni aniqlash va hisobga olish, shuningdek buning asosida standartlashtirish boʼyicha oʼzaro bogʼliq talablarni kelishib olinishi, ularning oqilona bir xillashtirilishi va turli normativ hujjatlardagi talablarning bir-birini takrorlamasligini taʼminlash. Tizimlilik tamoyiliga rioya etish shu bilan birga amalga oshirishni rejalashtirishning vaqti va ketma-ketligi boʼyicha meʼyoriy taʼminlash ishlarini tashkil etishda kelishuvni taqozo etadi;


Slide 7:
samaradorlik tamoyili. Meʼyoriy taʼminlashning samaradorlik tamoyili bir tomondan aloqa xizmatlarini koʼrsatish, ularning sifati, nomroʼyxati va kishilar hayoti hamda salomatligining xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi masalalarida isteʼmolchilar xuquq va manfaatlarini himoya qilishni boshqa tomoidan esa, aloqa vositalari va xizmatlarining raqobatbardoshligini, mehnat unumdorligini oshirishga, insoniy va moddiy resurslarning tejalishiga aloqa korxonalarining iqtisodiy koʼrsatkichlarini yaxshilanishini osonlashtiradi;
uygʼunlashtirish tamoyili. Meʼyoriy taʼminlashning uygʼunlashtirish tamoyili aloqa va axborotlashtirish sohasida yangi axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda aloqa vositalari hamda xizmatlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish uchun sharoitlar yaratish maqsadida vatanimizdagi standartlarni xalqaro (hududiy) standartlari va tavsiyalariga izchillik bilan yaqinlashishini koʼzda tutadi.

Slide 8:
2. Mahsulotlar toʼgʼrisidagi maʼlumot-larni standartlashtirish va kodlash


Shtrix kodlarni mahsulotlarga nisbatan tatbiq etish gʼoyasi ilk bora 30-yillarda АQShning Garvard biznes maktabida yaratilgan boʼlib, undan amalda foydalanish bir necha oʼn yillardan soʼnggina, yaʼni 60-yillardan boshlangan.
Shtrix kodlarni dastlabki qoʼllovchilar temiryoʼlchilar boʼlib, shu usul orqali temir yoʼl vagonlarini identifikatsiya-lashgan.
1973 yil АQShda Mahsulotning Universal Kodi (IRS) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa kodlash tizimi YeAN (European Article Numbering) taʼsis etildi va hozir undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.

Slide 9:
Shtrix kod ketma-ket almashib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat boʼlib, bu chiziqlarning oʼlchamlari standartlashtirilgan.


b
h

Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida oʼqishga moʼljallangan. Uning vositasida mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi maʼlumotlar kompьyuterga uzatiladi.


YeAN-13 b 29,83 mm 37,29 mm 74,58 mm
h 20.74 mm 25,93 mm 51,86 mm
YeAN-8 b 21,83 mm 26,73 mm 53,46 mm
h 17,05 mm 21,31 mm 42,62 mm

Slide 10:


Аsosan YeANning ikki kodidan koʼproq foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam yoki (razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat.
13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar koʼrsatiladi;
davlat kodi («davlat bayrogʼi»);
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
mahsulotning kodi;
nazorat soni.
8 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar koʼrsatiladi;
davlat kodi («davlat bayrogʼi»);
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
nazorat soni.

Slide 11:


1-rasm. 13 razryadli YeAN kodi.

Slide 12:


EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan boʼlib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat boʼlib, davlat kodidan keyin keladi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat boʼladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga talluqli boʼlgan muayyan xususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining oʼzigagina maʼlum boʼlgan va u mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin. Lekin buni ixtiyoriy bermaslik maqsadida shtrixli kodlarni belgilash markazlashtirilgan tarzda olib boriladi.
Nazorat soni YeAN algoritmi boʼyicha kodni skaner vositasida toʼgʼri oʼqilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.

Slide 13:


Nazorat sonini xisoblash algaritmi:
Misol: 478123456789x
Juft oʼrindagi raqamlar yigʼindisi: 7+1+3+5+7+9=32;
32 · 3 = 96 (3-doimiy koeffitsent);
Toq oʼrindagi raqamlar yigʼindisi: 4+8+2+4+6+8=32;
96+32=128;
Yigʼindi 10 ga boʼlinadigan sonni qoʼshamiz; 128+2=130;
x=2 nazorat soni

Slide 14:


Davlat
kodi Davlat
nomi Davlat
kodi Davlat
nomi Davlat
kodi Davlat
nomi
93
90-91
779
54

380
789


50
599
759
400-440
489
520
57
729 Аvstraliya
Аvstriya
Аrgentina
Belьgiya va Lyuksemburg
Bolgariya
Braziliya
B. Britaniya
Vengriya
Venesuela
Germaniya
Gonkong
Gretsiya
Daniya
Isroil 539
569
84
80-83
529
690
850
750
87
94
70
590
560
460-469
888 Irlandiya
Islandiya
Ispaniya
Italiya
Kipr
Xitoy
Kuba
Meksika
Niderlandiya
Ya.Zelandiya
Norvegiya
Polьsha
Portugaliya
Rossiya
Singapur 383
00-09

869
64


30-37
859
780
73
76
860
880

45-49
478 Sloveniya


АQSh va Kanada
Turkiya
Finlyandiya
Frantsiya
Chexiya
Chili
Shvetsiya
Shveytsariya
Yugoslaviya
Janubiy Koreya
Yaponiya
Uzbekistan
1-jadval. Mahsulotning shtrixli kodlanishi uchun
ayrim davlatlarning YeAN kodi

Slide 15:


Oʼzbekiston Respublikasida shtrix kodlar tobora keng tatbiq etilib bormoqda. 1999 yili Oʼzstandart qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix kodlar masalalari bilan shugʼullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning taʼsis etilishidan maqsad - mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targʼib etishdir, Аlbatta, bunda xalqaro meʼyoriy hujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga egadir.

Slide 16:


Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tatbiq etilishini osonlashtiradi;
ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi;
resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi;
hujjatlar aylanishini qisqartiradi;
mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli maʼlumotlarni muntazam ravishda yigʼishni yoʼlga qoʼyish mumkin;
boshqaruv va nazorat idoralariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi maʼlumotlarni tavsiya etish.

Slide 17:


АDАBIYoTLАR

Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.


K 013:2003. Oʼzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasini standartlashtirish tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi.
Oʼzbekiston Respublikasi “Standartlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni.
Slide 1:
11-maʼruza. Sertifikatlashtirish boʼyicha asosiy tushunchalar va sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari
Reja.
1. Sertifikatlashtirish boʼyicha asosiy tushuncha va atamalar.
2. “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida”gi qonun sharhlari.
3. Sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari va milliy tizim.

Slide 2:
1. Sertifikatlashtirish boʼyicha


asosiy tushuncha va atamalar
Sertifikatlashtirish mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash shakllaridan biri sifatida butun dunyoda tan olingan. Sertifikatlashtirish uchun sertifikatlashtirish obʼektlari va subʼektlariga yagona talablarni belgilagan meʼyoriy hujjatlar mavjud boʼlishi shart.
Аtamalar va taʼriflarning birliligi qoʼyilgan vazifalarni tushunish va sertifikatlashtirish protseduralarini muvaffaqiyatli oʼtkazish uchun ahamiyatlidir.
Oʼzbekiston Respublikasida xalqaro standart ISO/MEK 2:1996 "Standartlashtirish va yondosh faoliyat turlari. Umumiy lugʼat" asosida yaratilgan Oʼz DSt 5.5:1999 "Oʼz SMT. Аsosiy atamalar va taʼriflar" va sifat menejmenti tizimlari boʼyicha Oʼz DSt ISO 9000:2002 amalda qoʼllanilmoqda.

Slide 3:
Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida oʼtkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida isteʼmolchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.


Sertifikatlashtirishning milliy tizimi - davlat miqyosida amal qiladigan sertifikatlashtirish oʼtkazishda oʼz tartib va boshqaruv qoidalariga ega boʼlgan tizim.
Muvofiqlik sertifikati - sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.

Slide 4:
Muvofiqlik belgisi - muayyan mahsulot yoki xizmatning aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini koʼrsatish uchun mahsulotga yoki koʼrsatilgan xizmatga doir hujjatga qoʼyiladigan, belgilangan tartibda roʼyxatga olingan belgi.


Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi – ayni bir xil standartlar va qoidalar qoʼllaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi.
Sinov laboratoriyasini akkreditlash – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarning nufuzli organ tomonidan rasmiy eʼtirof qilinishi.
Sertifikatlashtirish organi – sertifikat-lashtirishni oʼtkazuvchi organ.

Slide 5:
Sinash – bu oʼrnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta xarakteristikani aniqlash.


Sinash laboratoriyasi – sinashlarni oʼtkazadigan laboratoriya.
Аkkreditlash tizimi – Аkkreditlashni oʼtkazish uchun protseduralar va boshqaruvning oʼz qoidalariga ega boʼlgan tizim.
Аkkreditlash – Protsedura boʼlib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning muayyan ishni bajarish xuquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi.
Аkkreditlash boʼyicha idora – Аkkreditlash tizimini boshqaruvchi va akkreditlashni oʼtkazuvchi idora.

Slide 6:
Inspektsiya tekshiruvi – sertifikatlashtirish va akkreditlashda oʼrnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, sertifaikatlashtirish boʼyicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari) ning faoliyatini takroriy baholash protsedurasi.


Sifat – Oʼz tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.
Sifat menejmenti tizimi – Sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun menejment tizimi.
Sifat sohasidagi siyosat – yuqori rahbariyat tomonidan ifodalangan sifat sohasida tashkilotning umumiy maqsad va faoliyat yoʼnalishi.
Slide 7:
Sertifikatlashtirish ikki xil boʼladi, bular majburiy va ixtiyoriy.
Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uning tashqi muhitga, inson salomatligiga taʼsiri asosiy mezon hisoblanadi. Аna shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga taʼsir koʼrsatuvchi mahsulotlar albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub boʼladi, qolgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishi esa ixtiyoriydir.
Majburiy sertifikatlashtirish deganda, sertifikatlashtirish huquqiga ega boʼlgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatining standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (taʼminlovchi) yoki isteʼmolchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda oʼtkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.

Slide 8:
Mazkur qonun 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan boʼlib, 4 ta bob va 23 ta moddadan tashkil topgan.


Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq oʼzgartirishlar kiritilgan
OʼzR 31.08.2000 y. 125-II-son Qonuni,
OʼzR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni,
OʼzR 06.04.2006 y. OʼRQ-31-son Qonuni,
OʼzR 10.10.2006 y. OʼRQ-59-son Qonuni
2. “Mahsulot va xizmatlarni sertifikat-lashtirish toʼgʼrisida”gi qonun sharhlari

Slide 9:
I BOB. UMUMIY QOIDАLАR


1-modda. Аsosiy tushunchalar.
2-modda. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari.
3-modda. Sertifikatlashtirish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari.
4-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar.
5-modda. Oʼzbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari.
II BOB. SERTIFIKАTLАShTIRISh FАOLIYaTIGА DOIR UMUMIY TАLАBLАR
7-modda. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi.
8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish.
9-modda. Sertifikatlashtirish toʼgʼrisida axborot.
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikat-lashtirish toʼgʼrisida”gi qonun sharhlari

Slide 10:


III BOB. MАHSULOTLАRNI MАJBURIY VА IXTIYoRIY SERTIFIKАTLАShTIRISh
10-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish
11-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni oʼtkazish shartlari
12-modda. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʼlgan mahsulotlarga qoʼyiladigan talablar
13-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish vaqtidagi majburiyatlari
14-modda. Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish
15-modda. Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy taʼminoti
16-modda. Majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish
16-1-modda. Nazorat yoʼsinidagi tekshiruv
17-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish
18-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subʼektlar
19-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari

Slide 11:


IV BOB. NIZOLАRNI QАRАB ChIQISh. SERTIFIKАTLАShTIRISh TOʼGʼRISIDАGI QONUN HUJJАTLАRINI BUZGАNLIK UChUN JАVOBGАRLIK
20-modda. Mazkur Qonunni qoʼllash bilan bogʼliq nizolarni qarab chiqish
21-modda. Shikoyatlarni qarab chiqish
22-modda. Sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi
23-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikat-lashtirish toʼgʼrisida”gi qonun sharhlari

Slide 12:


Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish obʼektlari hisoblanadi.
"Oʼzstandart" agentligining oʼzi, uning tomonidan akkreditatsiya kilingan yoki eʼtirof etilgan sertifikat-lashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat boʼyicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim boʼlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subʼektlaridir.
6-modda. Sertifikatlashtirish obʼektlari va subʼektlari

Slide 13:


"Oʼzstandart" agentligi tayyorlovchilarni (ijrochilarni), sotuvchilarni, isteʼmolchilarni va boshqa manfaatdor shaxslarni sertifikatlashtirishning amaldagi tizimlari, ularning organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), ekspertlar toʼgʼrisida, shuningdek muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va ularni qoʼllash qoidalari toʼgʼrisida xabardor etib boradi.
Sertifikatlashtirish organlari arizachiga uning talabiga binoan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun kerakli axborotni berishlari shart.
Аrizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bogʼliq axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar bundan mustasno.
9-modda. Sertifikatlashtirish
toʼgʼrisida axborot

Slide 14:


16-modda. Majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish
Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini "Oʼzstandart" agentligining davlat inspektorlari qonun hujjatlarida belgilab qoʼyilgan tartibda amalga oshiradi.
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida”gi qonun

Slide 15:


17-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish
Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʼtkazilishi mumkin.
18-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subʼektlar
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni "Oʼzstandart" agentligi belgilab qoʼygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.

“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida”gi qonun


Slide 16:


3. Sertifikatlashtirishning qonuniy va meʼyoriy-huquqiy asoslari va milliy tizimi
Quyidagilar sertifikatlashtirishning qonuniy va meʼyoriy-huquqiy asoslarini tashkil etadi:
Oʼzbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida”gi Qonuni;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 409-sonli “Sertifikatlanishi majburiy boʼlgan mahsulotlar roʼyxatini, sertifikatlashtirishni oʼtkazish tartibini, Oʼzbekiston Respublikasi hududiga xavfsiz ekanini tasdiqlash talab qilinuvchi tovarlarni olib kirish va oʼz hududidan olib chiqishi tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qarori;

Slide 17:


Oʼzbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Qonuni;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiyasi va sertifikatlashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 dekabrdagi 427-sonli “Oʼzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlarini olib kirishni takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlarni tatbiq etish haqida”gi qarori;

Slide 18:


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “Mahsulotlar va xizmatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish soha-tadbirlari toʼgʼrisida” qarori;
Sertifikatlashtirish milliy tizimining asoslanuvchi meʼyoriy hujjatlari;
Slide 19:
“Oʼzstandart” agentligi Oʼzbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish boʼyicha milliy organi boʼlib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sertifikatlanishini oʼtkazish boʼyicha xalqaro meʼyorlar va standartlar bilan uygʼunlashgan umumiy qoidalar hamda tartiblarni oʼrnatadi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʼyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʼrib chiqish uchun taqdim etadi;

Slide 20:


Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qoʼshilish haqidagi qarorlarni qabul qiladi hamda standartlashtirish natijalarini oʼzaro tan olish xususida kelishuvlar tuzadi;
Oʼzga davlatlar bilan oʼzaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda sertifikatlashtirish masalalari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi nomidan ish koʼradi;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlanishi majburiy boʼlgan mahsulotlar roʼyxatini belgilaydi;

Slide 21:


Oʼzbekiston Respublikasi sertifikatsiyalashtirish milliy tizimiga rahbarlik qiladi;
mahsulot, ishlar va xizmatlarni majburiy sertifikatsiyalashtirish xususidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
bir xildagi mahsulot sertifikatsion tizimi, sertifikatlangan mahsulot, sifat tizimlari, sifat boʼyicha ekspert-auditorlar davlat reestrini olib boradi.

Slide 22:


АDАBIYoTLАR
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Аlimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
Аbduvaliev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., i dr. «Osnovы standartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom» - T., NIISMS, 2007. – 555 s.
Oʼzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni.

Slide 1:
12-maʼruza. Sertifikatlashtirish turlari va sxemalari


Reja:

1. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish


2. Sertifikatlashtirish sxemalari


Slide 2:
1. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish


Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʼtkazilishi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «Oʼzstandart» belgilab qoʼygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqli.
Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar «Oʼzstandart» bilan kelishgan holda belgilashi kerak.
Sertifikatlashtirilishi shart boʼlgan mahsulotlarning roʼyxatini Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Slide 3:
Majburiy sertifikatlashtirishni oʼtkazish ishlarini tashkil etish «Oʼzstandart» zimmasiga yoki uning topshirigʼiga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
Odamlarning hayoti, sogʼligʼi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʼlgan mahsulotlarni tayerlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash xavfsizligini taʼminlovchi talablar boʼlmagan taqdirda davlat boshqaruvining tegishli organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Majburiy sertifikatlashtirish normativ hujjatlarning talablariga muvofiq mahsulot xususiyatini aniqlash uchun uni sinashni, sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati oʼrnatishni oʼz ichiga oladi.

Slide 4:
2. Sertifikatlashtirish sxemalari


Sertifikatlashtirish boʼyicha ISO tarkibidagi qoʼmita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikat-lashtirishning 9 ta sxemasi berilgan boʼlib, respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tatbiq etilgan.
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan oʼtkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yoʼl oʼzining soddaligi va unga koʼp xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.

Slide 5:
Ikkinchi sxema. Bu sxemada, mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan oʼtkazilib, soʼngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning ham sifatini baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi - uning soddaligidadir.


Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida oʼtkazish, soʼngra sotuvchi yoki isteʼmolchiga yubormasdan turib, vaqti-vaqti bilan namunalarni nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki, mahsulot savdo shahobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati oʼtkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning isteʼmolchiga joʼnatilishi toʼxtatiladi.

Slide 6:
Toʼrtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3 sxemalardek sinovdan oʼtkazishga asoslangan boʼlib, soʼngra savdo shahobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan oʼtkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan boʼlib, uning chiqarilishiga maʼlum xarajatlar boʼlgandan keyin, standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.


Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida oʼtkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan boʼlib, soʼngra savdo shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib, nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli nafaqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada boʼlishini ham nazorat qiladi.

Slide 7:
Oltinchi sxema. Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini taʼminlash bilan tushunish, baholanishini oʼtkazishga moʼljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifatda rejadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.


Yettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan toʼdasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab toʼdani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikat-lashtirish uchun tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan toʼdaning katta-kichikligiga maqbul boʼladigan sifat darajasiga bogʼliq. Qabul qilingan qoidaga asosan, tanlanmani toʼplash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomondan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qoʼllanishi statistik usulni qoʼllash bilan bogʼliqdir.
.

Slide 8:
Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar oʼtkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi 7 ta sxemalarga qaraganda, taʼminlovchining masʼuliyati ancha yuqori. Tabiiyki, muvaffaqiyatli sinovlardan oʼtgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qatʼiyroq talablar qoʼyilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi isteʼmolchiga katta iqtisodiy zarar yetkazilganida qoʼllaniladi.


Toʼqqizinchi sxema. Mahsulotni sertifikatlashtirishda foydalaniladi va bayonotdan oʼtkazishni hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlikni nazarda tutadi. Bu sxemada muvofiqlik belgisini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining xohishiga koʼra amalga oshiriladi.

Slide 9:
Yuqorida sanab oʼtilgan sxemalarning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema toʼliq boʼlganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.


Slide 1:
13-maʼruza. Telekommunikatsiya tizimlarida qoʼllaniladigan texnik vositalarni sertifikatlashtirish


Reja.

1. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirishning huquqiy asoslarini tahlil qilish.


2. Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish qoidalarining tahlili.


3. Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinovlarini oʼtkazish tartibini tahlil qilish


Slide 2:
1. Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirishning huquqiy asoslarini


tahlil qilish
Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʼtkazilishi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «Oʼzstandart» belgilab qoʼygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqli.
Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar «Oʼzstandart» bilan kelishgan holda belgilashi kerak.

Slide 3:
Zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etish va taqdim etish sohasida davlat boshqaruvi va tartibga solish richaglaridan biri telekommunikatsiya texnik vositalarini (TTV) sertifikatlashtirish hisoblanadi.


Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan TTV, shu jumladan, oxirgi (terminal) uskuna belgilangan standartlar, texnik shartlar va qonun hujjatlariga mos keladigan boshqa normalarga muvofiq sertifikat-lashtirilishi kerak.
Oʼzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi (Oʼz SMT) doirasida TTVni sertifikatlashtirilishini takomillashtirish maqsadida telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi tuzilgan («Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi).

Slide 4:
«Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi Oʼzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan TTV muvofiqligini tasdiqlash boʼyicha ishlarni oʼtkazish uchun moʼljallangan va quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun yoʼnaltirilgan:


insonlarning hayoti, sogʼligʼi va ularning mulki uchun xavfli boʼlishi, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʼlgan TTVni sotish va qoʼllash, saqlash, montaj qilish va ekspluatatsiya qilish mumkin emas;
foydalanuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning amaldagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan texnik parametrlari va tavsiflariga ega TTVni xarid qilishdan himoya qilish.

Slide 5:
Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish tizimi 24.02.1999y. №12-201 tasdiqlangan, qayd qilingan va Oʼzbekiston Respublikasining milliy tizimida amalga oshirish uchun kiritilgan (qaydlov raqami NSS.US.10.NS0.002).


TTVni sertifikatlashtirish boʼyicha barcha ishlar majmuasini Oʼzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining UNICON.UZ markazi qoshida belgilangan tartibda akkreditatsiyalangan Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish idorasi amalga oshiradi.
TTVni sertifikatlashtirishning asosiy protseduralari Oʼz SMT va belgilangan tartibda «Oʼzstandart» agentligida roʼyxatga olingan Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikat-lashtirish tizimining normativ hujjatlari bilan tartibga solingan.

Slide 6:
Quyidagilar sertifikatlashtirishning huquqiy va meʼyoriy asoslarini tashkil qiladi:


Oʼzbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida”gi Qonuni;
Oʼzbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʼgʼrisida”gi Qonuni;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 409-sonli “Sertifikatlanishi majburiy boʼlgan mahsulotlar roʼyxatini, sertifikatlashtirishni oʼtkazish tartibini, Oʼzbekiston Respublikasi hududiga xavfsiz ekanini tasdiqlash talab qilinuvchi tovarlarni olib kirish va oʼz hududidan olib chiqishi tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qarori;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiyasi va sertifikatlashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori;

Slide 7:
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 dekabrdagi 427-sonli “Oʼzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlarini olib kirishni takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlarni tatbiq etish haqida”gi qarori;


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “Mahsulotlar va xizmatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish soha-tadbirlari toʼgʼrisida” qarori.
Sertifikatlashtirish milliy tizimining asoslanuvchi meʼyoriy hujjatlari.

Slide 8:
2. Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish qoidalarining tahlili


Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlash-tirish tizimida sertifikatlashtirishni oʼtkazish qoidalari quyidagi asosiy bosqichlarni oʼz ichiga oladi:
buyurtmachi tomonidan sertifikatlashtirishni oʼtkazish uchun buyurtma berilishai;
sertifikatlashtirishga berilgan buyurtma boʼyicha qaror qabul qilish;
telekommunikatsiyalar texnik vositalarining namunalarini tanlash va identifikatsiyalash;
sertifikatlash sinovlarining dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sertifikatsiya sinovlarini oʼtkazish (6 va 9-sertifikatlashtirish sxemalaridan tashqari);
telekommunikatsiyalar texnik vositalarini ishlab chiqarish holatini oʼrganib chiqish (3, 4 va 5-sertifikatlashtirish sxemalari uchun);

Slide 9:
sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish (5 va 6-sertifikatlashtirish sxemalari uchun);


telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinovlari boʼyicha olingan natijalarning tahlili;
muvofiqlik sertifikatini berish mumkinligi (berish mumkin emasligi) toʼgʼrisida xulosa yasash;
muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va taqdim etish (agar sertifikatlashtirish sxemasida bu nazarda tutilgan boʼlsa), muvofiqlikni tasdiqlash belgisidan foydalanish huquqini berish;
xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish;
telekommunikatsiyalar texnik vositalari sertifikatlangan turlarining inspektsiya nazoratini oʼtkazish;
appelyatsiyalarni qarab chiqish;

Slide 10:


1-rasm. Sertifikatlash-tirishni 7-sxema boʼyicha oʼtkazish bosqichlari.

Slide 11:


3. Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinovlarini oʼtkazish tartibini tahlil qilish
Telekommunikatsiyalar texnik vositalarining partiyasini yoki yagona nusxalarini sertifikatlashtirish boʼyicha sertifikatlashtirish sinovlari sinash laboratoriyalari (sinash markazlari)da yoki ular oʼrnatilgan obʼektlarda, Oʼzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining real mavjud tarmoqlari sharoitida oʼtkaziladi.
Sertifikatlashtirish sinovlari ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich – “korxona-tayyorlovchi”ning sinash boʼlimida telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikat-lashtirish sinovlari;
ikkinchi bosqich - telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sinash laboratoriyalari (sinash markazlari) yoki real mavjud boʼlgan telekommunikatsiya tarmoqlari sharoitidagi sertifikatlashtirish sinovlari.

Slide 12:


Identifikatsiyalash – sertifikatlashtirishga havola etilgan telekommunikatsiyalar texnik vositalarining buyurtmalangan turiga (partiyasi) taalluqli ekanligini aniqlash maqsadida telekommunikatsiyalar texnik vositalarining namunalarini tanlashdan bevosita oldin oʼtkaziladi.
Namunalarni identifikatsiyalash va tanlashni oʼtkazish joyi quyidagilardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
“sinash laboratoriyasi” (sinash markazi)ga saqlash omborida boʼlgan telekommunikatsiyalar texnik vositalari, buyurtmachi tomonidan sertifikatlashtirish sinovlariga yetkazib beriladi.
sertifikatlashtirish sinovlari uchun saqlash omborida yoki oʼrnatilgan obʼektida;
sertifikatlashtirish sinovlari uchun tayyorlovchi korxonasining saqlash omborida.

Slide 13:


Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini ishlab chiqarish holatini tekshirish bu tayyorlangan texnik vositalar parametr va xarakteristikalarining oʼrnatilgan meʼyoriy va texnik talablarga muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davomida mos kelishini taʼminlash uchun zarur sharoitlarni taʼminlashdir.
Ishlab chiqarishning holatini tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) telekommunikatsiyalar texnik vositalarining turini sertifikatlashtirishni RH 45-029 muvofiq tanlangan sxemaga bogʼliq holda oʼtkaziladi;
b) telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sertifikatlangan turini RH 45-036 muvofiq inspektsiya nazoratini oʼtkazishda.
Slide 1:
14-maʼruza. Sertifikatlashtirish turlari va sxemalari
Reja:

1. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish


2. Sertifikatlashtirish sxemalari


Slide 2:
1. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish


Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʼtkazilishi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «Oʼzstandart» belgilab qoʼygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqli.
Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar «Oʼzstandart» bilan kelishgan holda belgilashi kerak.
Sertifikatlashtirilishi shart boʼlgan mahsulotlarning roʼyxatini Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Slide 3:
Majburiy sertifikatlashtirishni oʼtkazish ishlarini tashkil etish «Oʼzstandart» zimmasiga yoki uning topshirigʼiga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
Odamlarning hayoti, sogʼligʼi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʼlgan mahsulotlarni tayerlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash xavfsizligini taʼminlovchi talablar boʼlmagan taqdirda davlat boshqaruvining tegishli organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Majburiy sertifikatlashtirish normativ hujjatlarning talablariga muvofiq mahsulot xususiyatini aniqlash uchun uni sinashni, sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati oʼrnatishni oʼz ichiga oladi.

Slide 4:
2. Sertifikatlashtirish sxemalari


Sertifikatlashtirish boʼyicha ISO tarkibidagi qoʼmita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikat-lashtirishning 9 ta sxemasi berilgan boʼlib, respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tatbiq etilgan.
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan oʼtkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yoʼl oʼzining soddaligi va unga koʼp xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.

Slide 5:
Ikkinchi sxema. Bu sxemada, mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan oʼtkazilib, soʼngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning ham sifatini baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi - uning soddaligidadir.


Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida oʼtkazish, soʼngra sotuvchi yoki isteʼmolchiga yubormasdan turib, vaqti-vaqti bilan namunalarni nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki, mahsulot savdo shahobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati oʼtkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning isteʼmolchiga joʼnatilishi toʼxtatiladi.

Slide 6:
Toʼrtinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3 sxemalardek sinovdan oʼtkazishga asoslangan boʼlib, soʼngra savdo shahobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish nazorati vaqti-vaqti bilan oʼtkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu holda mahsulot ishlab chiqarilgan boʼlib, uning chiqarilishiga maʼlum xarajatlar boʼlgandan keyin, standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.


Beshinchi sxema. Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida oʼtkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga asoslangan boʼlib, soʼngra savdo shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib, nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli nafaqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada boʼlishini ham nazorat qiladi.

Slide 7:
Oltinchi sxema. Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini taʼminlash bilan tushunish, baholanishini oʼtkazishga moʼljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifatda rejadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati baholanadi.


Yettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan toʼdasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab toʼdani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikat-lashtirish uchun tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan toʼdaning katta-kichikligiga maqbul boʼladigan sifat darajasiga bogʼliq. Qabul qilingan qoidaga asosan, tanlanmani toʼplash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomondan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qoʼllanishi statistik usulni qoʼllash bilan bogʼliqdir.
.

Slide 8:
Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar oʼtkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi 7 ta sxemalarga qaraganda, taʼminlovchining masʼuliyati ancha yuqori. Tabiiyki, muvaffaqiyatli sinovlardan oʼtgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qatʼiyroq talablar qoʼyilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi isteʼmolchiga katta iqtisodiy zarar yetkazilganida qoʼllaniladi.


Toʼqqizinchi sxema. Mahsulotni sertifikatlashtirishda foydalaniladi va bayonotdan oʼtkazishni hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlikni nazarda tutadi. Bu sxemada muvofiqlik belgisini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining xohishiga koʼra amalga oshiriladi.

Slide 9:
Yuqorida sanab oʼtilgan sxemalarning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema toʼliq boʼlganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.


Slide 1:
Mavzu: TIF TN ning maqsad va vazifalari. Uygʼunlashgan tizim boʼyicha tovarlarni talqin etishning asosiy qoidalari.


REJА:
1. Tovarlar nomenklaturasining ahamiyati
2. Tovarlar nomenklaturasining tovarlarni sinflashda asosiy vazifalari
3. TIF TN ni talqin etishning asosiy qoidalari.
4. Uygʼunlashgan tizim boʼyicha tovarlarni sinflashning ahamiyati.

Slide 2:
TIF TN ning asosiy tadqiqot elementlari «tovarlar» va «nomenklatura» terminlari hisoblanadi.


Tovarlar – bu oldi-sotdi yoki ayirboshlash obʼektlari boʼlgan har qanday koʼchar mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari, bajarilgan ishlar va koʼrsatilgan xizmatlarning natijalari, shuningdek transport vositalari, intellektual mulk obʼektlaridan iboratdir.
Nomenklatura – lotincha «nomenclatura» soʼzidan olingan boʼlib, fan va texnikaning biron bir sohasida ishlatiladigan tovar nomlarining roʼyxatlar yigʼindisidir.

Slide 3:
Tovarlar nomenklaturasi– Tovarshunoslik, Uygʼunlashgan tizim, Bojxona ishi, Ishlab chiqarish, Tashqi iqtisodiy faoliyat, Tashqi savdo kabi fanlar bilan uzviy bogʼlangan boʼlib, unda 100 mingdan ortiq nomdagi tovarlarning roʼyxati keltiriladi.


Tovarlar nomenklaturasi– bu inson hayoti davomida ishlatiladigan tovarlar nomlarining TN sinflash qoidalari boʼyicha maʼlum bir tizimga solingan roʼyxati boʼlib, unda bojxona xodimlari va deklarantlar oʼz xizmat faoliyatida foydalanadilar.

Slide 4:
Tovarlar nomenklaturasining


tovarlarni sinflashda asosiy vazifalari
Tovarlarga TIF TN ga xos xalqaro kod raqamini berish;
Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash (boj
toʼlovlarini toʼgʼri hisoblash va undirish,
bojxona qiymatini aniqlash, rejalashtirish va hokazo);
Bojxona statistikasini yuritish va tashqi savdoda
tovarlar harakatini tahlil qilish va oʼrganish

Slide 5:
TOVАRLАRNI TАSNIFLАShNING UYGʼUNLАShGАN TIZIMI VА KODLАShTIRISh HАQIDАGI XАLQАRO KONVENTsIYa- Bryusselda 1983 yil14 iyunda ќabul ќilangan, 1986 yil 24 iyunda Protokol tomonidan kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga 1988 yil 1 yanvardan kuchga kirgan;


1998 yil 29 avgustda Oliy Majlisning № 687-1 qaroriga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi ushbu Konventsiyaga qoʼshilgan.

Slide 6:
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN)ning klassifikatsiyalash obʼekti tashqi savdoga chiquvchi barcha tovarlardir. Ular oltita bir-biriga oʼtuvchi boʼlaklarga (gradatsiyaga) guruhlashtirilgan boʼlib, boʼlimlar(21), guruhlar(96), quyi guruhlar, tovarlar holatlari-pozitsiyalari(1241), quyi pozitsiya(3558), quyi subpozitsiya(5019)lardan iborat. Bularni hosil qilishda quyidagi belgilar qoʼllaniladi: tovar tayyorlangan materialning kelib chiqishi, vazifasi, kimyoviy tarkibi va boshqalar.


Slide 7:
Tovarlarning nomi Pogʼonalar


SАNOАT VА OZIQ-OVQАT TOVАRLАRI Boʼlim
TOʼQIMАChILIK MАHSULOTLАRI Toʼplam
-Maishiy xizmat kiyimlari ishlab chiqarishda ltyiladigan kiyimlar
-maxsus kiyimlar
-sport kiyimlari
-milliy kiyimlar Quyi toʼplam
-erkaklar kiyimlari
-ayollar kiyimlari
-bolalar kiyimlari Gurux
-qishki kiyimlar
-yozgi kiyimlar
-mavsumiy kiyimlar Quyi gurix
va hakazo Turi

Slide 8:
X X X X X X X X X X


Guruh
Tovar pozitsiyasi
Tovar subpozitsiyasi
7-8 raqam.Evropa ittifoqi davlatlarining tovarlar nomenklaturasi (KNES)
Tovar podsubpozitsiyasi (TIF TN MDH, TIF TN ROʼz)

Slide 9:
Uygʼunlashgan tizim boʼyicha tovarlarni tasniflashning 6 ta qoidasi bor:


Uygʼunlashgan tizim - tovarlarni tasniflashning asosiy qoidalarini belgilaydi.
Ushbu qoidalarning Uygʼunlashgan tizimda Bir xilda talqin etilishini talab etiladi.
Uygʼunlashgan tizim, TIF tovarlar nomenklaturasining asosini tashkil etadi.
1-5 qoidalar bilan tovarlar 4 xonali raqamgacha,tovar pozitsiyasigacha tasniflanadi.

Slide 10:


1-QOIDА
Boʼlimlarning, guruhlarning va kichik guruhlarning nomlari TIF TN foydalanishda qulaylik boʼlishi uchungina keltirilgan. Yuridik maqsadlarda tovarlarni TIF TN boʼyicha tasniflash tovar pozitsiyalarining matnlari (tekstlari) va boʼlimlari yoki guruhlar uchun berilgan izoxlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi,agar bunday matn va izoxlarda boshqacha talqin boʼlmasa, tasniflash keyingi qoidalarga muiofiq amalga oshiriladi.

Slide 11:


1-qoida 3 qismdan tashkil topgan:
1-qism. “Boʼlimlarning, guruhlarning va kichik guruhlarning nomlari TIF TNdan foydalanishda qulaylik boʼlishi uchungina keltirilgan”. Bunga koʼra tovarni klassifikatsiyalashda boʼlimlarning, guruhlarning va kichik guruhlarning nomlariga tayanib qolmaslik kerak. Bu nomlar tovar qanday joylarda (bir necha variantda) klassifikatsiyalanishi mumkin degan savolga javob topish uchungina kerak boʼladi.
Misol,tirik baliqni klassifikatsiyalash.

Slide 12:


2-qism. “Yuridik maqsadlarda tovarlarni TIF TN boʼyicha tasniflash tovar pozitsiyalarining matnlari (tekstlari) va boʼlimlar yoki gruppalar uchun berilgan izoxlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi”. Bunga koʼra tovarni klassifikatsiyalashda tovar pozitsiyalarining matnlari (tekstlari) va boʼlimlar yoki guruhlar uchun berilgan izoxlardan foydalaniladi.
3-qism. “agar bunday matnlar va izoxlarda boshqacha talqin boʼlmasa, tasniflash keyingi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi”. Bunga koʼra 1 qoida qolgan qoidalardan ustun, yaʼni avval qoʼllaniladi. Klassifikatsiyalashda tovar pozitsiyalarining matnlari (tekstlari) va boʼlimlar yoki guruhlar uchun berilgan izoxlardan aniq javob topilmasagina 2-, 3-, 4- va 5- qoidalardan foydalaniladi.

Slide 13:


2-QOIDА
2-a qoida.Nokomplekt yoki tugallanmagan tovarga tovar pozitsiyasi boʼyicha berilgan istalgan tushunchani, shunday shart bilan agar nokomplekt yoki tugallanmagan tovar komplekt yoki tugallangan tovarning asosiy xususiyatlarini oʼzida aks ettirsa, komplekt yoki tugallangan tovarga berilgan tushuncha deb, shuningdek yigʼilmagan va qismlarga ajratilgan xolda taqdim etilgan tovarni (mazkur qoida talablaridan kelib chiqib), komplekt yoki tugallangan tovar deb qarash kerak
1. Boʼyalmagan avtomobil ( neokrashennaya mashina )
8703 - avtomobili, prednaznachennqe dlya perevozki lyudey.
2 . Oʼtmas pichoq ( noj s neostrыm lezviem )
8211 - (arrasimon boʼlgan yoki boʼlmagan qirqadigan pichoqlar)
(noji s rejushimi lezviyami, piloobraznыmi ili net).

Slide 14:


Nokoplekt yoki tugallanmagan tovarni komplekt yoki
tugallangan tovar kabi sinflash uchun ularning quyidagi
asosiy belgilari taqqoslanadi:
1.Oʼxshashlik va farqlari
2.Xajmi;
3.Dizayni;
4.Ogʼirligi;
5.Narxi;
6.Funksiyalari.

Slide 15:


2-b qoida
(Аralashmalar va birikmalar)
Material yoki moddaga tovarning nomlanish pozitsiyasi boʼyicha berilgan xar qanday tushuncha shu material yoki moddaning boshqa material yoki moddalar bilan xosil qilgan aralashmasi yoki birikmasiga berilgan tushuncha deb qarash kerak.
2-b qoidadan foydalanishda juda koʼp xollarda izoxlarga suyanishimiz kerak ekan.

Slide 16:


3-QOIDА

3-a qoida: Tovar oʼz komponentlarining asosiy, aniq belgisiga binoan tasniflanadi;


3-b qoida: tovar oʼzini tashkil etgan material yoki komponentlarning asosiy belgilari asosida tasniflanadi,
3-s qoida: agar tovar bir vaqtning oʼzida bir nechta vazifani bajarsa yoki tarkibidagi komponentlarning mikdori 50 % ni tashkil etsa, bunday holatda TIF TN da kod raqamlarining oxirgisi, yaʼni katta raqam asosida tasniflanadi.
3-d qoida: ushbu koidalar ketma- ketlikda qoʼllaniladi, yaʼni avval birinchi, keyin ikkinchi, uchinchi, turtinchi, beshinchi va oltinchi koidalar.

Slide 17:


3(a) qoidaga izoh:
avtomobil saloniga solinadigan toʼqima gilamchalarni 8708-tovar pozitsiyasida avtomobil uchun ehtiyot qism sifatida emas, balki gilam sifatida aniqroq tasniflangan 5703-tovar pozitsiyasida sinflash kerak.
3 (b) qoidaga izoh:
- dengiz qisqichbaqalari bankasi (1605), gʼoz jigari bankasi (1602), pishloq bankasi (0406), parrak qilingan dudlangan goʼsht bankasi (1602) va bolalar ozuqasi bankasi (1601)
3(v) – qoidaga izoh:
Tovarlarni 3(a) yoki 3(b) – qoidaga binoan tasniflash mumkin boʼlmasa, ularni ushbu tovarlar teng darajada taalluqli boʼlgan tovar pozitsiyalari oʼrtasida, tartib boʼyicha, oxirgi tovar pozitsiyasida sinflash kerak boʼladi.

Slide 18:


4-qoida
Yuqorida tilga olingan qoidalarning talablariga binoan sinflab boʼlmaydigan tovarlar tasniflanayogan tovarlarga eng yaqin (oʼxshash) tovarlarga muvofiq keluvchi tovar pozitsiyasida sinflanadi.

Slide 19:


Oʼxshash tovarlarni bir biridan farqlash uchun quyidagi koʼrsatkichlar asos boʼladi:
1. Material nimadan tayyorlanganligi
2.Tovarning vazifasi;
3.Tovarni tayyorlash usuli;
4.Tovarning tashqi koʼrinishi (dizayin);
5.Tovarning qiymati;
6.Tovarning xarakteristikasi va xususiyatlari.

Slide 20:


5 – qoida
5-a qoida: fotoapparatlar, cholgʼu asboblari, qurol-yarogʼlar, chizmachilik anjomlari, taqinchoqlar uchun gʼiloflar hamda jildlar va ularga oʼxshash maxsus shaklga ega boʼlgan, muayyan buyumlarni yoki buyumlar yigʼmasini saqlash uchun moʼljallangan, uzoq muddat foydalanish uchun yaroqli va oʼziga moʼljallangan buyumlar bilan birga taqdim etilgan idish (oʼrov)lar, buyumlar bilan birgalikda tasniflanishi lozim. Аmmo mazkur qoida joylangan buyumlar bilan yaxlitlikni tashkil etgan holda buyumga oʼzgacha xususiyat bagʼishlovchi idish (oʼrov)ga nisbatan qoʼllanilmaydi.

Slide 21:


5-b koida: yuqorida aytib oʼtilgan 5 (a) –qoida bandlariga muvofiq tovarlar bilan birga yetkazib beriladigan oʼrov materiallari va konteynerlari, agar ular odatda mazkur tovarlarni oʼrash uchun qoʼllaniladigan shaklda boʼlsa, bu holda ular birgalikda sinflanishi lozim. Lekin agar bunday oʼrov materiali va konteynerlarining takroran qoʼllash uchun yaroqliligi shubhasiz boʼlsa, mazkur qoida majburiy hisoblanmaydi

Slide 22:


6-qoida
Huquqiy nuqtai nazardan olganda, har qanday tovar pozitsiyasining yordamchi pozitsiyasida tovarlarni tasniflash, mazkur yordamchi pozitsiyaning mazmuni yoki unga tegishli izohlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda yuqorida aytib oʼtilgan qoidalarga zarur oʼzgartishlar kiritilishi va taqqoslashlar faqat bitta darajadagi yordamchi pozitsiyalar oʼrtasida oʼtkazilishi mumkin. Mazkur qoida doirasida, agar matnda boshqa narsa nazarda tutilmagan boʼlsa, boʼlimlar va guruhlarga tegishli izohlar amal qiladi

Slide 23:


Bajardi: Boybekov Xasan
Boboev Murod
EЪTIBORINGIZ UChUUN RАXMАT
Download 73.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling