Graduonimiya — leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi. Bunday darajalanish oppozitsiyaning (zidlanish- ning) bir turi deb qaraladi90 va shu qatordagi bosh so'zga nisbatan belgilanadi. Masalan: «yosh» belgisiga ko'ra (bosh so'z ajratib ko'rsatilgan): buzoq- tana-g'unajin-sigir; qiz-juvon-ayol, «Belgi»dagi darajalanish asosida: chiroyli- suluv-ko'rkam-zebo; «siljish sur’ati» belgisiga ko'ra: yurmoq-chopmoq- yugurmoq-yelmoq kabi.
Graduonimiya hodisasini o'z vaqtida Alisher Navoiy ham payqagan vä uni turkiy (o'zbek) tilining boylik ko'rsatkichlaridan biri sifatida izohlagan edi. U o'zining «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida «yig‘lamoq» ma’noli so'zlar guruhini ayni shu darajalanish aspektida talqin qiladi: yig'lamsinmoq- ingramoq-singramoq-o‘kurmoq-hoy-hoyy[g‘'\amoq kabi91”. Demak, Alisher Navoiyni shu hodisaning ilk tadqiqotchisi desak bo'ladi.
Keyingi 20-30 yil ichida o'zbek tilshunosligida bu masalaga alohida e’tibor berilmoqda12’.
Leksemalarning ma’no munosabatlarida darajalanish hodisasining o'rganilishi ko'p jihatdan ahamiyatlidir: lug'at boyligining tizim sifatidagi tavsifini berishda, sinonimlar va antonimlar lug'atini tuzishda, lug'aviy birliklarning uslubiy vosita (stilistik figura) sifatidagi qiymatini belgilashda graduonimik tadqiqotlar natijasidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |