H jamolxonov


Download 5.34 Mb.
bet126/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

Tayanch tushunchalar
So‘z o'zlashtirish — boshqa til so'zlarining o'zbek tiliga olinishi.
O'zicha olish — boshqa til leksemasining o'zgarishsiz yoki juz’iy o'zgarish bilan o'zlashtirilishi.
Kalkalab olish — boshqa tildagi so'zning morfemik tarkibidan qismma- qism nusxa ko'chirish orqali so'z yasalishi, bu so'zda boshqa til leksemasi ma’nosining ifodalanishi.
Semantik kalka - tilda azaldan mavjud bo'lgan so'zga boshqa til leksemasining ma’nosini yuklash.
LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI
Adabiyotlar: 11 [61-67], 27 [143-151], 32 [112-118].

  1. §. Leksemalarning ishlatilish doirasi

Leksemalarning ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo'lishi mumkin. Bunday ikki guruhga ajralish asosan ot, sifat, ravish va fe’l turkumlaridagi leksemalarga xosdir. Son va olmosh turkumlarida, shuningdek, bog'lovchi, yuklama, ko‘makchi va undovlarda ishlatilish doirasi Chegaralangan so’zlar yo'q.

  1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar o'zbek tilida so'zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy bo'lgan, hammaga tushunarli va hammaning nutqida bir xil darajada qo'llanadigan so'zlardir: bosh, qo'l, ko‘z, daraxt, meva (otlar); oq, qora, qizil, katta, kichik, yaxshi, yomon (sifatlar); tez., oz, ko‘p,jo‘rttaga, citayin (sifat-ravishlar); yurmoq, ishlamoq, o'qimoq, yozmoq (fe’llar) va b.lar. Bunday leksemalar umumxalq lug'aviy birliklar deb ham yuritiladi.

  2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar dialektga, kasb-hunar leksikasiga va jargon-argolarga xos so'zlardir. Jonli so'zlashuvda ishlatiladigan vulgarizmlar ham qo'llanishi chegaralangan lug'aviy birliklar sanaladi.


  1. Download 5.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling