H jamolxonov
Download 5.34 Mb.
|
H jamolxonov
Vazifa semalari ham semema tarkibiga kiradi, ammo ular atash, ifodalash bilan birga leksemalarning nutqda o’zaro birika olishini (valentligini, distributsiyani), shu orqali gapda ma’lum vazifa bajarishini belgilaydi. Masalan, choy lekscmasining leksik ma’nosi (sememasi) tarkibida «qayta ishlangan» «suyuqlik», «ichimlik», «quruq», «quritilgan», «choy o‘simligi» semalari bor. Bu semalarchoy leksemasining o'stirmoq, ichmoq, qaynatmoq va damlamoq fe’llari bilan birika olishini ta’minlaydi: choy o'stirmoq, choy damlamoq, choy ichmoq, choy qaytanmoq kabi. Biroq, choy
149 leksemasi nutqda yemoq fe’li bilan birika olniaydi, bunga choy va yemoq so'zlarining leksik ma’nolaridagi semalar tarkibi yo'l qo'ymaydi. Bir mazmuniy guruhga mansub leksemalarning sememalari qiyoslanganda, ularning semantik tarkiblarida integral (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) semalar borligi ham ma’lum bo'ladi. Bunday semalar leksemalarni o'zaro birlashtirish va farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, o'zbek tilidagi amaki, amma, tog‘a, xola,jiyan leksemalarining barchasida «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bor, shu semalar ularni bitta mazmuniy guruhga birlashtiradi, shunga ko'ra integral (birlashtiruvchi) semalar sanaladi; ayni paytda keltirilgan leksemalarning ma’no tarkibida farqlanish belgilari — differensial semalar ham mavjud: amaki sememasidagi «otaning akasi yoki ukasi» semasi tog'a sememasida yo'q, tog'a sememasidagi «onaning akasi yoki ukasi» semasi esa amaki sememasida uchramaydi, demak, bu ikki sema yuqoridagi ikki so'zning ma’nolarini farqlash imkonini beradi; amaki va amma, tog'a va xola sememalari ham «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bilan birlashadi, ammo «erkak» va «ayol» semalari bilan o'zaro farqlanadi; jiyan leksemasida esa «yoshi kichik», «akaning yoki ukaning farzandi» semalari farqlash vazifasini bajaradi. Leksik ma’noni (sememani) tarkibiy qismlarga — semalarga parchalab o'rganish semasiologiyada komponent tahlil usuli deyiladi. Bu usul leksemalarning paradigmalarini, mazmuniy, tematik va hokazo guruhlarini aniqlashda qo'l keladi. §. Terminlar Download 5.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling