Andijon davlat chet tillari instituti


Download 339.68 Kb.
bet1/11
Sana21.06.2023
Hajmi339.68 Kb.
#1644459
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nozima bahodirovna yangi qaytaaaaa


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI

INGLIZ FILOLOGIYASI, O’QITISH METODIKASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI

“TASDIQLAYMAN”
Fakultet dekani f.f.f.d. A. Atabayev __________

Baratbayeva Nozima Baxodirjon qizi
(301-guruh)

Andijon” leksemasining tarixi va evolyusiyasi, buguni hamda uning inglizcha ma’lumotlar bazasini yaratish muammolari


5611500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)

Bakalavr darajasini olish uchun yozilgan bitiruv malakaviy ishi


Ish muhokama qilindi va himoyaga Ilmiy rahbar:


tavsiya etildi. Kafedra mudiri J.J.Egamberdiyev
f.f.f.d. J.Egamberdiyev ________
“___” ____________ 2023

Andijon – 2023



MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. Zamonaviy tilshunoslikda toponimlarga nazariy qarashlar…………..7
I.1. Geografik nomlar va atamalarning lingvomadaniy xususiyatlari……………..7
I.2. “Andijon” leksemasining tarixi va evolyusiyasi…………………………..16
II.BOB. Toponimlarning inglizcha ma’lumotlar bazasini yaratish muammolari……………………………………………………………………..28
II.1. Andijonda turizmni rivojlantirish bosqichlari va uning tilga ta’siri masalalari…………………………………………………....................................28
II.2. “Andijon” leksemasini ifodalovchi birliklarning o’zbek va ingliz tillarida ma’lumotlar bazasini yaratish…………………………..…..…………..………...46

UMUMIY XULOSALAR……………………………………………..…….......59

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………….........61

KIRISH:
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasida: “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” [1] bo‘yicha istiqbolli rejalarni belgilab berdilar. Bular quyidagilar:
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.
To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.
Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtirokida amalga oshirib boriladi.
Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev belgilab berganidek, “...davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integrasiyalashuvini ta’minlash” [2] bugungi kunda o‘zbek kompyuter lingvistikasi oldida turgan dolzarb vazifadir.
Mamlakatimizda davlat tiliga e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining 4 zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarida ishlov berilishiga эrishish masalalarni zamonaviy ilmiy tamoyillar asosida tadqiq etish ijtimoiy ehtiyojga aylanib bo‘ldi. Ajdodlarimizdan qolgan bebaho boylik – tilni kelajak avlodlarga to‘laligicha yetkazish, uning Milliy korpusini yaratish yo‘lida fidoyi olimlarimizni qo‘llabquvvatlash barchamizning sharafli burchimizdir. Ishonchim komilki, bu kabi tizimli ishlarning samarasi o‘laroq o‘zbek tilimizning xalqaro maqomi yanada mustahkamlanib, jahon hamjamiyatida ham o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ladi.
Bilamizki, umumta’lim fanlari tizimida ona tili ta’limi alohida o‘ringa ega. Boshqa har qanday ta’lim bosqichi ona tili orqali o‘zlashtiriladi. Ona tili fanini o‘qitishdan maqsad – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlaydigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat эkan, bu maqsadni amalga oshirish yo‘lida ona tili ta’limi mazmuni zamonga hamohang tubdan o‘zgarib, takomillashib bormoqda. Bilimga asoslangan jamiyatda axborotni izlash, saralash va qabul qilish, tushunish va uni tahlil qilish, tavsiflash, tuzish va qayta ishlash muhim aqliy ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Download 339.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling