Andijon davlat chet tillari instituti
Download 339.68 Kb.
|
Nozima bahodirovna yangi qaytaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. Zamonaviy tilshunoslikda toponimlarga nazariy qarashlar I.1. Geografik nomlar va atamalarning lingvomadaniy xususiyatlari
Ishning ilmiy ahamiyati. Toponimlarni alohida holatda qayd etishda har bir toponim uchun mahalliy miqyosda qo'llaniladigan umumiy atamaga (masalan, "Katta Qo'rg'on"dagi "Qo'rg'on"; "Kichik tepa"dagi "Tepa") alohida e'tibor qaratilishi lozim. Umumiy atama, ko'pincha alohida so'z, ko'pgina geografik nomlarning ajralmas qismi bo'lib, uning elementi sifatida rasmiy nomga kiritilishi kerak. Albatta, ayrim yozma tillarda umumiy atama ismning o'zida bo'lib, bir so'z shaklini hosil qiladi. Tushunmovchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun, agar kerak bo'lsa, bu yozma tilni yaxshi bilmaydigan shaxslarga tushuntirilish mumkin. Mahalliy ma'noda qo'llaniladigan umumiy atamalarning ma'nolari ham, toponimning standart qo'llanilishidan chetga chiqadigan har qanday ma'nolar ham hisobotda qayd etilishi kerak bo'ladi.
I BOB. Zamonaviy tilshunoslikda toponimlarga nazariy qarashlar I.1. Geografik nomlar va atamalarning lingvomadaniy xususiyatlari Toponimlarning paydo bo'lishi masalasi bir qarashda juda oddiyga, hech qanday qonuniyat yo'qqa o'xshaydi. Bunda bir qancha misollar keltirish mumkin. Rossiya imperiyasi vaqtida rus qo'shinlari bosib olgan joylarda ruslar mahalliy aholi bilan birga yashashni o'ziga ep ko'rmay, har bir yirik shahar yaqinida rus shahrini qurgan va eski shahar yonida yangi shahar - “город” paydo bo'lgan. O'zbekistondagi har bir yirik shahar yaqinida yangi shahar - город bo'lib, ular shaharga qo'shilib ketib, farq yo'qolgan. Shunday shaharlardan biri Marg'ilon shahridan 12 km masofada qurilib, unga Новый Маргелан deb nom qo'yilgan. Dukchi Eshon boshchilgidagi qo'zg'olon bostirilganidan keyin qo'zg'olonni bostirgan general Skobelev sharafiga shahar Skobelev shahri deb ataladigan bo'ldi. Sovet davrida Farg'ona deb o'zgartirildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Ohangaron vodiysida bunyod etilgan konchilar shaharchasiga Ohangaron daryosining ruscha buzib aytilgan nomi Angren qo'yildi. Samarqand yaqinidagi Qiriqtog'da topilgan g'orga ukrainalik g'orshunoslar Kiyev g'ori deb nom qo'yishgan. 1482-yilda sayyoh olim Bartolemeo Diash boshchiligidagi ekspeditsiya Afrikani aylanib Hindistonga bormoqchi bo'ladi. Materikning janubiy - g'arbiy qismidagi burun yaqinida qattiq dovulga duch kelib, u yerdan o'tolmay orqasiga qaytadi va burunga “Bo'ronlar burni” deb nom beradi. Portugaliyaga qaytganida uni mamlakat qiroli qabul qilib, xaritadagi “Bo'ronlar burni” nomini o'zgartirib, “Yaxshi umid” deb yozib qo'yadi. Shu bilan “Yaxshi umid” burni nomi paydo bo'lgan. Dunay daryosining ikki qirg'og'ida ikkita shahar - Buda va Pesht shaharlari bunyodga kelgan. Keyinchalik ular qo'shilib ketib Budapesht deb ataladigan bo'ldi. Pokiston davlati nomi ham o'ziga xos yo'l bilan paydo bo'lgan. 1931- yilda Hindiston Angliya mustamlakasi davrida hind musulmonlaridan va milliy harakat rahbarlaridan bo'lgan Choudri Rahmat Ali yangi islom davlati barpo qilish rejasini taklif qilib, Panjob, Afg'oniya, Kashmir, Sind va Balujistonni birlashtirishni o'ylagan hamda nomini mazkur viloyatlar nomi bosh harfini olib, unga iston suffiksini qo'shib, Pokiston deb atagan. Ba'zan geografik nomlar o'sha joylarning xususiyatlaridan vujudga keladi. Masalan, Shamolli orollar, Shamolsiz orollar, Polineziya (poli - ko'p, nezos - orol), Mikroneziya (makro - mayda, nezos - orol), Melaneziya (mela - qora, nezos - orol), Qorasuv, Saritov, Oqtepa va boshqalar. Ba'zi geografik joylar nomlari o'sha joylarni tadqiq etgan kishilar nomiga, ba'zan ekspeditsiya kemalari nomi, ba'zan tadqiqotchining yaqin kishilari, podshohlar nomi bilan atalishi ham mumkin. Masalan, “Mod”, “Foka”, “Jannetta”, “Vityaz”, “Arnem” kemalar nomidagi orollar, yerlar bor. Komandor orollari, Bering bo'g'izi, Dejnev burni, Livingiston sharsharasi va boshqalar esa kishi ism familiyalari bilan bog'liq. Bu keltirilgan misollarda geografik nomlarning paydo bo'lishida qonuniyatlar mavjudligi ko'zga tashlanmaydi. Aslida bir qancha qonuniyatlar mavjud. Bular quyidagilar: 1. Ko'pgina geografik nomlar til taraqqiyotining dastlabki davrida oddiy turdosh otlardan iborat bo'lib, keyinchalik, vaqt o'tishi bilan atoqli otlarga - geografik nomlarga aylanib ketgan. Masalan: ilgari odamlar oddiygina suv, soy, daryo, qo'rg'on, kent, ko'l, to'qay deb ataganlar. Keyinchalik bu oddiy so'zlar geografik nomga aylangan. Bularga Amur, Jayhun, Don, Edil, Ganga, O'kuz, Nil, Shott nomlari misol bo'ladi. Hammasining ma'nosi bitta, suv demakdir. Aydar - qir, yayla - yaylov, chink - jarlik, alp - tog', rio - suv, xingan - tizma va boshqalar. 2. Oddiy so'zlarga, toponimlarga aniqlovchi qo'shish yo'li bilan geografik nomlar hosil bo'ladi. Bunda aniqlovchi sifat so'z turkumidan, otdan, sondan, ravishdan, sifatdoshdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, sifat qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan toponimlarga Yangiqo'rg'on, Kattaqo'rg'on, Oqmachit, Ko'kterak, Yangiobod, Qoradaryo, Oqdaryoni misol qilib keltirish mumkin. Ot qo'shish yo'li bilan Qumqo'rg'on, Toshqal'a, Taxtako'prik, Toshkent, Chimkent, Shoshtepa, G'azalkent toponimlari vujudga kelgan. Son qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan toponimlarga Yettiterak, Beshqayrag'och, Uchtom, Qo'shtut, Yakkatut kabi toponimlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Qaynarbuloq, Xo'jabaqirgan, Kuyganyor kabi toponimlar otga ravishdosh qo'shilishidan hosil bo'lgan. 3. Geografik nomlarning bir obyektdan ikkinchi, ba'zan uchinchi, to'rtinchi obyektlarga ko'chishi natijasida yangi joy nomlari vujudga keladi. Masalan, Sirdaryo daryosi, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, Sirdaryo tumani; Chirchiq daryosi, Chirchiq shahri; Ohangaron shahri, Ohangaron daryosi; Zarafshon daryosi, Zarafshon shahri, Farg'ona vodiysi, Farg'ona viloyati. Ayrim daryolar bo'yidagi shaharlar nomi daryo nomiga suffiks qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan. Masalan, Angara daryosi - Angarsk shahri, Tom daryosi - Tomsk shahri, Ij daryosi - Ijevsk shahri, Or daryosi - Orsk shahri. 4. Ko'pchilik mamlakatlarning nomlari xalqlar nomiga - iya, - iston suffikslarini qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan: Turkiya, Ispaniya, Finlandiya, Vengriya, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston va boshqalar. Lekin ayrim davlatlar nomining yasalishida - iya, suffiksi xalqlar nomiga emas, balki boshqa so'zlarga ham qo'shilishi mumkin. Masalan, Braziliya (brazil - o'simlik nomi), Kolumbiya (Kolumb - mashhur sayyoh), Islandiya (island - muz mamlakati). 5. Geografik obyektlarga nom qo'yishda o'xshatib nomlash ham mavjud. Bu har xil maqsadlarda bo'lishi mumkin. Chunonchi, Amir Temur Samarqandning shuhratini oshirish maqsadida poytaxt atrofiga bir qancha qishloqlar qurib, o'sha vaqtdagi mashhur shaharlar nomini qo'ygan; Damashq, Parij, Sheroz, Bag'dod, Misr va boshqalar. Bularning ba'zilari hozir ham nomini saqlab keladi. H.H.Hasanov keltirgan ma'lumotga ko'ra, Yer yuzida 18 ta Amerika, 13 ta Vengriya, 9 ta Kanada, 5 ta Braziliya, 3 ta Italiya, 7 ta Venetsiya, 4 ta Praga, 4 ta Kiyev nomlari mavjud ekan. Amerikada Moskva, Parij, London, Uels, Nyukasl va boshqa shaharlar mavjud. 6. Geografik nomlar umumlashtirish yo'li bilan, ya'ni kichik joy nomini katta hudud yoki obyektga ko'chirish natijasida ham vujudga keladi. Bunga misol qilib Osiyo nomini keltirish mumkin. Qadimda Osiyo (Osu) deb Livan, Falastin, Suriya joylashgan kichik hudud atalar edi, keyinchalik bu nom butun qit'a nomiga aylandi. Hozirgi Tyanshan deb ataladigan tog'larning umumiy nomi bo'lmagan, har bir tog' tizmasi o'z nomi bilan Chotqol, Qurama, Ko'kshag'al, Talas, Farg'ona va boshqa nomlar bilan atalar, faqat Tyanshanning markaziy qismi Tangritog', Xontangri, deb atalar edi. Xitoylar Tangritog'ni o'z tiliga tarjima qilib, Tyanshan deb atashgan. Keyinchalik bu nom butun tog' tizimining umumlashma nomi bo'lib qolgan. Huddi shunday Yevropa, Afrika nomlari ham umumlashma nomdir. 7. Tarjima qilish yo'li bilan ham shakllanib, yangi nomlar paydo bo'ladi. Bunday nomlar bir joyda turli xalqlar yashaydigan hududlarda yoki bir geografik obyekt (xususan daryo, tog' tizmalari) turli xalqlar hududlaridan o'tadigan joylarda uchraydi. Bunday geografik nomlarga Qora dengiz - Chyornoye more, Qorasuv - Siyohrud, Qizilsuv - Surxob, Ilono'tti - Morguzar, Baliqchi - Рибачье, Movarounnahr - Daryo orasi, Qizil dengiz - Bahri muhit Ahmar - Kрасное море, Yangikent - Dehinov, Temir Darvoza - Железное ворота, Shaytonmakon - Чертово городище va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Joy nomlari bizning ongimizga kundalik diqqatga sazovor joylar, mahalliy yoki milliy tarixning ajralmas qismlari sifatida, hamda qiziqarli narsalarni aytib berish uchun alohida narsaga ega bo'lgan joylar sifatida saqlanib qolgan. Kartograf yoki geografik axborot tizimlari mutaxassisi uchun joy nomlari georeferentsiyada muhim element hisoblanadi. Asosan insonlar uchun geografik nomlar aniq aloqa vositasi yoki noaniqlik va tushunmovchilik manbai bo'lishi mumkin. Noaniqliklarga yo'l qo'ymaslik uchun esa geografik nomlarni va ularni qo'llashni standartlashtirish zarur. Ushbu sababli geografik nomlarni standartlashtirishda foydalaniladigan terminologiyani tizimli ravishda yetkazish o'zaro tushunishning muhim asosidir. 1984- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti «Geografik nomlarni standartlashtirishda foydalaniladigan texnik terminologiya» nomli asarni nashrdan chiqardi. Keyinchalik toponimik terminologiya bo'yicha ishchi guruh tomonidan bir qator aniqliklar kiritilib, ta'riflar qo'shildi. Turli til guruhlari mutaxassislari yangi, inglizcha matnni tarjima qilishdi. Undan tashqari ba'zi til versiyalari ham nashr etildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2002- yilda nashr etilgan yangi ko'p tilli «Geografik nomlarni standartlashtirish atamalarining lug'ati» olti tilli formatda mavjud. Ishchi guruh atamalardan foydalanish monitoringini davom ettiradi va Glossariyning yangilangan va o'zgartirilgan versiyalarini tayyorlaydi. Shuningdek, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2021-2022- yillarga mo'ljallangan AL-412104512 - raqamli "O'zbekiston geografik obyektlari uchun ko'p tilli elektron lug'at yaratish" mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bir guruh olimlar ilmiy izlanishlar olib bordilar. Loyihaning hal etilishi natijasida ekoturizm talabiga javob beradigan ziyoratgoh, qo'riqxona, qadimiy g'orlar, sharsharalar, arxeologik yodgorliklar nomlari haqidagi ma'lumotlarni yig'ish, viloyatlar kesimida aniqlash va tizimlashtirish, geografik nomlar asosida turizm yo'nalishlari tizimini ishlab chiqishga erishiladi. O'zbekiston geografik ob'ektlari uchun ko'p tilli (18 tildagi - o'zbek, ingliz, nemis, frantsuz, ispan, rus, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, hind, indonez, malay, italyan, grek, golland) elekron lug'atni yaratish loyihasi nafaqat O'zbekiston respublikasi, balki Markaziy Osiyo, MDH davlatlari, hamda o'lkamiz tabiati, geografik ob'ektlari bilan qiziquvchi xorijiy turistlarga, vatanimizdagi barcha aholi guruhi (zamonaviy texnika vositalarini egallagan) uchun zarur muammolarni ham hal etishga xizmat qiladi. Mazkur ko'p tilli lug'at OTMlarning (asosan geografik yo'nalishdagi) saytiga subdomen qilib joylashtiriladi hamda Moodle platformasida foydalanish imkoniyati mavjud bo'ladi. Shuningdek, mazkur elektron lug'atning 3D versiyasi ishlab chiqiladi. OOOKlarning internet servislariga O'zbekistonning geografik ob'ektlariga oid terminologiyani o'qitish metodikasi ingliz va rus tillarida tavsiya etiladi. O'zbekistonning geografik ob'ektlariga oid terminologiyani o'qitish metodikasi bo'yicha Vebinar darslar tashkil etiladi va mazkur darslarning videolarini translyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo'linadi. Yaratilishi kutilayotgan elektron lug'atdan OTMlarining geografik ta'lim yo'nalishi, professional ta'lim va umumiy o'rta ta'limda foydalanish mumkin. Jumladan, yaratiladigan elektron lug'atdan respublika OTMlarining Geografiya, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi, Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha), Bino va inshootlar qurilishi (neft-gazni qayta ishlash sanoati ob'ektlari), Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) yo'nalishlari talabalarini o'qitishda foydalaniladi. Professional ta'limda "Tabiiy fanlar" sohasining Geofizika, Geologiya, Gidrologiya hamda "Muhandislik ishi" ta'lim sohasidagi yo'nalishlarda foydalaniladi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Geografiya va iqtisod" fanlarini o'qitishda mazkur lug'atdan foydalanish imkoniyati yaratiladi. OTMlarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida xorijiy tillarni o'qitishda foydalaniladi. Mamlakatimizdagi geografik ob'ektlar nomlarining kelib chiqishi, izohi va ularni shakllantiruvchi geografik terminlar bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. O'zbekiston toponimlarining tabiiy geografik xususiyatlari, joy nomlarining shakllanishida tabiiy geografik terminlarning roli aniqlanadi. Geografik lingvistika ilmiy yo'nalishi asoslanadi, uning ob'ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari aniqlanadi. Geografik nomlarni hosil qilgan topoterminlarning indikatorlik, abstraktlilik, negativlik, tarqoq va zich tarqalish qonuniyatlari aniqlanadi. Har bir geografik ob'ektning nomi izohlar bilan tushuntiriladi. O'zbekiston geografik ob'ektlarining etimologiyasi o'rganiladi va elektron lug'atda animatsiya shaklida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Mamlakatimizdagi geografik ob'ektlar nomlarining kelib chiqishi, izohi va ularni shakllantiruvchi geografik terminlar bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. O'zbekiston toponimlarining tabiiy geografik xususiyatlari, joylar nomlarining shakllanishida tabiiy geografik terminlarning roli aniqlanadi. Geografik lingvistika ilmiy yo'nalishi asoslanadi, uning ob'ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari aniqlanadi. Geografik nomlarni hosil qilgan topoterminlarning indikatorlik, abstraktlilik, negativlik, tarqoq va zich tarqalish qonuniyatlari aniqlanadi. Har bir geografik ob'ektning nomiga izoh yoziladi. Elektron lug'atning tuzilmasi va mazmuni lug'at yaratish tamoyillariga mos holda ilmiylik, muammoviylik, ko'rgazmalilik, onglilik, ta'lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta'minlashi, fan, texnika va texnologiyalarning so'nggi yutuqlarini hisobga olishi, foydalanishda o'qitishning tizimliligi va ketma-ketligi, ta'lim oluvchilarning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishi, lug'atdan foydalanishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalarini bajarishi, o'quv faoliyatining izlash, yig'ish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi ko'rinishlarini hamda hisoblashlarni, loyihalash va konstruktsiyalashni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko'zda tutishi, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog'liq holda virtual muhitda tayyorlash vazifalari amalga oshiriladi. Bajariladigan tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati uning zamon talablari asosida raqamli iqtisod talablariga javob berishi, mobil ilovalarini ishlab chiqish va ommaviy foydalanish uchun taqdim etish zarurati bilan ham belgilanadi. Tadqiqot ishlariga jalb qilingan xodimlar bir qator mumkin bo'lgan protseduralar uchun javobgarligini aniqlab olish muhimdir. Jumladan: • toponimlar haqida ma'lumotlar to'plash; • toponimlarni tadqiq qilish va o'rganish va ularni qo'llash; • standart nomlar va ularning variantlari rasmiy faylini yuritish; • foydalanuvchilarning keng doirasi o'rtasida standart nomlar haqidagi ma'lumotlarni tarqatish; • qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan toponimlar bo'yicha hisobotlar va boshqa axborot materiallarni tayyorlash orqali Milliy nomlar qo'mitasiga bevosita yordam ko'rsatish; • keyingi dala tadqiqotlari uchun ishchi materiallar va ko'rsatmalar tayyorlash va dala ishlari tugagandan so'ng taqdim etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish. Toponimlar haqidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlar kompyuter fayllarida yoki bosma shaklda saqlanishi mumkin. Amaldagi metodologiyalardan qat'iy nazar, ushbu yozuvlarni qayta ishlash va tartibga solish uchun ish vaqtining katta qismi sarflanadi. Standartlashtirish maqsadlariga erishish uchun esa qanday ma'lumotlarni va qay darajada to'plash kerakligini diqqat bilan ko'rib chiqish kerak. Toponim uchun zarur bo'lgan eng kam yoki eng zarur ma'lumotlar miqdori uning yozma shakli, nomi tegishli bo'lgan geografik ob'ektni aniqlash va xususiyatning joylashuvidir. Biroq, tajriba shuni ko'rsatadiki, har bir toponimni ro'yxatga olish uchun ko'proq ma'lumot berilishi kerak. Foydalanuvchilar qidirayotgan ob'ektni osongina topish, uning nomidan qasddan foydalanish bilan bog'liq tushunmovchiliklardan qochish va ushbu ob'ektga tegishli bo'lgan boshqa nomlar mavjudligidan xabardor bo'lish uchun etarli ma'lumotga muhtojdir. Rasmiy nomni yozish uchun zarur bo'lgan optimal ma'lumotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: • rasmiy nomning yozma shakli; • hozirgi yoki tarixiy o'tmishda bir xil ob'ekt, joy, hudud bilan bog'liq bo'lgan nomning barcha boshqa ma'lum variantlari; • bir qator parametrlardan foydalanish orqali nom tegishli geografik ob'ektning joylashuvi va identifikatsiyasi, jumladan: • ob'ektning ma'muriy okrugda joylashganligi; • geografik koordinatalar (kenglik va uzunlik) va/yoki topografik (tekis to'rtburchak) koordinatalar; • berilgan ob'ekt paydo bo'ladigan geografik xaritaning (xaritalarning) standart nashri; • nomlanayotgan ob'ekt turini (masalan, ko'l, daryo, tepalik, tog', ko'rfaz) aniq ko'rsatuvchi standart izohlovchi atama (ba'zan ob'ektning ko'rsatkichi, sinfi, turi yoki toifasi deb ham yuritiladi)1. Ismning yozma shaklini aniqlash standartlashtirish jarayonining faqat bir qismidir. Nomlar va ular belgilaydigan geografik ob'ektlar o'rtasida bog'liqlikni o'rnatish bir xil darajada muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, biz quyidagi savolga javob berishimiz lozim: bu nom qaysi ob'ektga tegishli? Mazkur savolga • ushbu nom tegishli joy, ob'ekt yoki hududning joylashishini xolis o>ganish va aniqlash; • har bir nomlangan ob'ektning o'lchamlarini tavsiflash; • agar kerak bo'lsa, nomga ega ob'ektlar o'rtasidagi ierarxik munosabatlarni aniqlashtirish. Arxiv fayllarini yaratish, toponimlarni qayd etish milliy madaniyatning muhim manbasiga aylanib bormoqda. Toponimlar to'plami nafaqat standartlashtirish va kartografiya maqsadlarida, balki toponimika yo'nalishi talabalari, ijtimoiy tilshunoslik va tarixga ixtisoslashgan yo'nalishda ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar uchun ham qimmatlidir. Yozuvlarning kelajakda saqlanishini ta'minlash uchun materiallarni arxivlashni rejalashtirish va amalga oshirish juda muhimdir. Toponimik yozuvlarni saqlash uchun oddiy matnni qayta ishlash dasturlari, elektron jadvallar yoki ma'lumotlar bazalaridan foydalanish mumkin. Ishni boshlashdan oldin, tegishli ma'lumotlar maydonlarini, ularni yuklab olish va yangilash dasturlarining qulayligini va kerakli chiqish ma'lumotlarini olish qobiliyatini diqqat bilan tekshirishimiz kerak. Bu barcha kerakli diakritiklarni boshqarish va tegishli ma'lumotlarni saqlash tizimini yaratish uchun samarali dasturiy ta'minotni tanlashga yordam beradi. Tanlangan dasturiy ta'minot ma'lumotlarni kiritishni ta'minlash uchun esa mo'ljallangan raqamli xaritalash tizimlariga mos kelishi tavsiya etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining geografik nomlarni standartlashtirish bo'yicha yettinchi konferentsiyasi geografik nomlarni milliy va xalqaro standartlashtirish maqsadlariga erishishda Internet imkoniyatlarini e'tirof etdi. U, shuningdek, mamlakatlarning noyob toponimik merosini asrab-avaylash va milliy standartlashtirilgan nomlaridan xalqaro miqyosda keng foydalanishni barcha vositalar, shu jumladan Internet orqali targ'ib qilish muhimligini qayd etib bordi. Kompyuter ma'lumotlar bazalari va internetdagi o'quv kurslari Birlashgan Millatlar Tashkilotining o'quv dasturlariga kiradi. Toponimik ma'lumotlarni saqlash sohasidagi zaruriy ma'lumotlar va misollarni BMTning geografik nomlarni standartlashtirish bo'yicha konferentsiyalarida taqdim etilgan texnik hujjatlarda hamda BMT ning geografik nomlar bo'yicha ekspertlar guruhi yig'ilishlari materiallaridan topish mumkin. Download 339.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling