Andijon davlat chet tillari instituti


I.2. “Andijon” leksemasining tarixi va evolyusiyasi


Download 339.68 Kb.
bet4/11
Sana21.06.2023
Hajmi339.68 Kb.
#1644459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nozima bahodirovna yangi qaytaaaaa

I.2. “Andijon” leksemasining tarixi va evolyusiyasi
“Istiqlol yillarida boy tariximiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, ko’hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangan, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo’lganini ifoda etishimiz kerak”. (O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroridan. “Xalq so’zi” 2013, 19 iyun.
O’zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti Islom Karimov 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida bayrog’ida Amir Temur ordeni xilpirab turgan qadimiy va hamisha navqiron Andijon va uning o’tmishi, buguni va kelajagiga dahldor purma’no g’oya va fikrlar, ilhombaxsh maslahatlar, yo’l-yo’riqlar ko’rsatdi. Har bir andijonlik qalbi va ongida o’chmas iz qoldirgan, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga da’vat etuvchi so’nggi yetti yillikdagi erishgan yutuqlarni yuksak baholab, viloyatimiz xalqi sha’niga ko’pdan-ko’p ilhomlantiruvchi ezgulikka, bunyodkorlikka chorlovchi fikrlarni bayon etdi. Prezidentimiz mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan, jahon hamjamiyati tan olayotgan yutuq va marralarga erishish yo’lida butun O’zbekiston aholisi qatori Andijon viloyati mehnatkashlari ham munosib hissa qo’shayotgani, ko’p sohalarda yetakchi o’rinlarni egallab kelayotganini e’tirof etib viloyat markazi, barcha shahar qishloqlar qiyofasi tubdan o’zgarib, tobora obod bo’lib, xalqning hayot sifati va darajasi yuksalib borayotganidan quvonayotganini mamnuniyat bilan izhor etdi. “Andijon ahli, – deb ko’rsatdi O’zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti, – o’z yurtiga bo’lgan mehri va sadoqatini, g’urur va iftihorini, or-nomusini yuksak qadrlab, o’z kuchi va qudratiga ishonib yashaydigan xalq”.
O’zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti viloyat aholisi sha’niga aytilgan quyidagi so’zlari ham har bir andijonlik uchun faxrlidir: “Andijon viloyatining markazi, shahar va turar joylarning ko’rinishini butunlay o’zgartirish, go’zal va o’ziga xos maydonlar, ko’cha va uylarga barchaning havasini tortasigan yangi qiyofa berish, obod va betakror o’kaga aylantirish, bunday olijanob va ulkan ishlaga qo’l urgan barcha-barcha Andijon ahliga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta.
Ko’p yillar, balki yuz yillar o’tar, lekin Siz, azizlarning amalga oshirgan ishlaringiz abadiy saqlanib qolur….
Andijon ahli bunday ishlari bilan ta’bir joiz bo’lsa, o’ziga haykal qo’ydi. Bu balandparvoz gap emas, ayni haqiqat va bu bilan g’ururlansk arziydi” (Xalq so’zi. 2013, 10 may).
Buyuk istiqlol inson faoliyati va hayotining barcha sohalari bo’yicha o’xshashi yo’q isjobiy o’zgarishlar uchun mustahkam poydevor yaratdi. Xususan, ma’naviy hayotimizda asrlar davomida yuz bergan o’zgarishlardan ham buyuk ezgulik ishlari amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida el-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida ko’plab mash’um xatarlarni necha bor ko’rgani, ularning jabru-jafosini tortgani haqida to’xtalib, mana bunday deb yozgandi: “Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dininmiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga da’vat etishi lozim. O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan”. (Karimov Islom. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent “Ma’naviyat”, 2008. – B 4).
Milliy mustaqil davlatning barpo qilinishi bilan O’zbekistonning haqiqiy, chin yangi tarixini tiklash uchun zaruriyat va imkoniyat yaratildi va bu masala respublikada davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O’zbekistonning yangi tarixini yaratish bo’yicha ilmiy markaz tashkil etildi. 2000 yildayoq uch jildlik O’zbekistonning yangi tarixi nashrdan chiqdi. Viloyatlar, shaharlar tarixini tiklash va ularning tarixiy sanalarini o’tkazish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarning tantanali yubileylari o’tkazildi. Hozirda Andijon va yana ko’plab shaharlarning yoshini aniqlash bo’yicha arxeologik, etnografik ishlar olib borilmoqda. Xullas, mustaqil O’zbekiston Respublikasi davlati va hukumati shahar va viloyatlar tarixini o’rganishga va uni ommalashtirishga, ularda istiqomat qilgan aholining mamlakat, jahon sivilizatsiyasiyasiga qo’shgan xizmati va hissalarini o’rganish, bu shahar va viloyatlarning kundalik hayotimiz va faoliyatimizning barcha sohalaridagi ulkan yutuqlarini o’rganishga, targ’ib-tashviq etishga juda katta e’tibor bermoqda.
Bashariyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimgi kentlar qatorida Andijon shahri ham o’zining munosib o’rniga ega. Bu azim shahar dunyoga buyuk davlat arbobi, betakror shoir va olim Zahiriddin Muhammad Boburni, xassos shoira Nodirabegimni, afsonaviy lashkarboshi, sarkarda Amirlashkar Alimulni, istiqlolning yalovbardor kurashchisi, buyuk shoir va adib, jahon adabiyoti durdonalarini o’zbek tiliga tarjima qilgan Sulaymon o’g’li Abdulhamid Cho’lponni, akademik, shoir, yozuvchi, dramaturg Komil Yashinni, betakror shoir Muhammad Yusufni, teatr va kino san’atining yorqin yulduzlari Abbos Bakirovni, Soyib Xo’jayevni, bastakor To’xtasin Jalilovni, buyuk matematik olim Toshmuhammad Sarimsoqovni, jahon va Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev kabi mashhu insonlarni yetkazib bergan.
Andijon ko’plab sinov va qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Ammo har qanday mushkul ahvoldan chiqish uchun andijonliklar o’zlariga bo’lgan ishonchni yo’qotmaganlar, barcha qiyinchiliklarni mardona bartaraf qilganlar, o’z ajdodlari xotirasiga hamisha sodiq qolganlar, hech qachon o’z g’ururi va vijdoniga qarshi turmay, uni ko’z qorachig’iday asrab-avaylab kelganlar, ertangi yorug’ kunlariga hamisha ishonganlar.
Ana shunday buyuk bunyodkorlik yo’lidan borib, olam-olam zafarlar yuksakligidan turib bosib o’tilgan tarixiy yo’lga boqarkanmiz, biz andijonliklar haqli ravishda o’tmishimiz, boy va betakror tariximiz bilan haqli faxrlanamiz.
Qadimiy va hamisha navqiron Andijonning hozirgi kungacha bo’lgan tarixi yaxlit, bir butun holatda yoritilgan emas. Bu ko’hna zamin tarixining faqat ayrim davrlariga, ba’zi bir masalalarg bag’ishlagan kichik-kichik risola, maqolalar bor, xolos. 1980 yilda O’zbekiston FA Tarix institute tomonidan rus tilida nashr etilgan “История Андижана” kitobi kommunistik g’oya va mafkura ruhida yozilgan bo’lib, qadimgi davrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan davr uchun bor-yo’g’i 5-6 bet ajratilgan. Unda chor Rossiyasi bosqini buzib ko’rsatilib, Andijonning Rossiyaga qo’shib olinishi degan mutlaqo noto’g’ri konsepsiya asosida 9-10 bet hajmda talqin etilgan. Kitobning qolgan qismi sho’ro davriga bag’ishlangan bo’lib, tarixiy jarayon buzib ko’rsatilgan, sovet rejimi sun’iy ravishda madh etilgan.
1977- yili “O’zbekiston” nashriyotida rus va o’zbek tillarida chop etilgan “Xalqlar do’stlik bayrog’i ostida” nomli maqolalar to’plamida Andijon tarixiga oid bir qancha faktik materiallar berilgan bo’lsada, biroq ular sove rejimi g’oyasi va mafkurasi ruhida tahlil qilingan, tarixiy voqealar bir tomonlama tavsiflangan, faqat ijobiy holatlar, voqealarga o’rin berilgan.
XX asrning 80-yillarida M.X.Muhiddinov, K.M.Narinskiy, R.T.Shamsutdinovlarning viloyat gazetalari sahifalarida Andijon viloyati siyosati tashkilotining sovet davridagi faoliyatini sharhlovchi bir turkum maqolalari e’lon qilindi. Ular ham kommunistik ruhda yozilgan edi.
Yaqin vaqtlarga qadar Farg’ona vodiysi hududidagi urbanizatsiya jarayoni, jamiyat rivojlanishida shaharlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, shahar madaniyatining shakllanish jarayoni yetarli darajada o’rganilmay kelingan edi. Oqibatda, biz mintaqadagi qadimgi shaharlarning dastlabki genezisi, kelib chiqishi masalalari bo’yicha deyarli ma’lumotlarga ega emasdik. Bunday holatning asosiy sababini sovet davrida bu hududni o’rganishga bo’lgan alohida yondashuvidan axtarmoq lozim. Chunki bu zaminga O’rta Osiyo tsivilizatsining chekka periferiyasi va tarixiy taraqqiyotdan orqada qolib ketgan hudud deb qarab kelingandi. Ba’zan mavjud arxeologik komplekslarga baho berishda shaharlarning qadimiy ekanligiga shubha bildirilib, asosiy e’tibor ularning yoshini imkoni boricha kamaytirishga qaratilgandi. Sankt-peterburglik taniqli arxeolog olim Yu.A.Zadneprovskiyning tadqiqot ishlari tufayli Farg’ona vodiysidagi shaharlarning qadimiy ekanligi to’g’risidagi masala qo’yildi. Vodiydagi shaharlar haqiqatan ham qadimgi shaharlar ekanligini isbotlash uchun beshta arxeologik mezon aniqlandiki, ular o’z ahamiyati va muhimligini hozirda ham yo’qotgan emas.
Vodiyning qadimgi, respublikaning eng sharqiy qismida joylashgan shaharlaridan biri Andijondir. U o’zining jo’g’rofiy joylashishi va iqtisodiy salohiyatiga ko’ra o’ziga xos va qadimiy tarixiga egadir. Uning qadimgi davri tarixini o’rganishda Ya.G’ulomov, M.Ye.Masson, A.K.Pisarchik, B.Abdulg’oziyeva, G.Dadavoyev, S.Jalilov, B.X.Matboboyev kabi tadqiqotlarning asarlarini ko’rsatish mumkin. Ayniqsa, 2000-2008 yillar mobaynida B.X.Matboboyevning arxeologik qazishmalaridagi topilmalarini alohida qayd etish lozim. Masalan, ayni shu olimning tadqiqotlari asosida shaharning qadimgi va o’rta asrlar davridagi rivoji tarixi, shaharning tuzilishi to’g’risida qimmatli materiallar to’plandi. Andijonning qimmatli topografiyasi bo’yicha dastlabki tadqiqotlar etnograf A.K.Pisarchik tomonidan 1938, 1944 va 1947 yillarda olib borilgan. Buning natijasida shaharning tarixiy planini yaratish, darvozalari va masjidlarini aniqlash mumkin bo’ldi.
Andijon shahri — Oʻzbekistonning Andijon viloyatida joylashgan shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqiy qismida, Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulda oʻrtacha harorat 27— 28 °C, yanvar oyida esa — 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh.
Shahar toponomiyasi haqida turli tadqiqodlar, turli xil fikrlar ilgari suriladi. Masalan, baʼzi manbalarda bu nom „andi“, „azoq“ urug‘lari nomidan olingan deyilsa, hozirgi kunda ko‘plab olimlar „Andijon“ nomi so‘g‘dcha „adoq“, yaʼni „yakun“, „oxir“ va „kon“ — „ariq“, „soy“ so‘zlarining birlashuvidan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Bunda „Adoqkon“ soʻzi „Soyning oxirida joylashgan yer“ maʼnosini anglatadi. Bunday faraz hozirda o‘z tasdig‘ini topib bormoqda, chunki Andijon shahri haqiqatdan ham Andijonsoy yoqasida, qadimgi Oqbo‘yra soyi oxirida joylashgan.
Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida VII — VIII asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida shahar Andukon deb atalgan. Andijon soʻzi ilk bor yozma manbalarda X asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. XI asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtadi. Shahar XI —XII asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylantirilgan. Andijon shahri moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan, manbalarda qayd etilishicha, XIII asr oxirlarida moʻgʻul xonlari Tuva va Xaydu tomonidan shahar qayta tiklangan. XIV asrning 70-yillarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. XV asrning 2-yarmidan Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Shaharda, ayniqsa, Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida xoʻjalik, fan va madaniyat sohalari rivoj topgan.
„Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“….
— „Boburnoma“ asaridan,  Bobur
1504-yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtadi. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kiradi va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876-yilgacha) Andijon bekligining qarorgohi boʻlgan[1]. Shaharda mahalliy aholidan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelgan aholi ham istiqomat qilgan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan.
XIX asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalarning oʻzi ham oqsoqol boshqaradigan mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga qoʻshni Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib, oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshlanadi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keladi.
1875-yil oktabr oyida Andijon general A. Trotskiy qoʻshinlari tomonidan bosib olinadi. 1876-yil yanvarida esa general M. Skobelev qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilinadi va Rossiya imperiyasining bir qismiga aylantiriladi.
1893—1898-yillarda Andijon uyezdida Turkistonning qolgan qismidan farqli ravishda Rossiya imperiyasining Yevropadagi qismidan kelgan muhojirlar uchun rasman yer ajratilgan.
Mahalliy aholining koʻpligi va boʻsh yerlarning yoʻqligi sababli Turkistonda norasmiy ravishda istiqomat qiluvchi koʻchmanchilar oʻz vatanlariga qaytarib yuborilgan.
Andijon uyezdiga koʻchmanchilar Rossiya imperiyasining turli viloyatlaridan, shu jumladan, Xarkov, Kiyev, Poltava, Donetsk viloyati, Yekaterinoslav, Saratov, Samara, Voronej, Tula, Astraxan, Kursk, Stavropol, Orenburg, Sibir, Shimoliy Rossiya va Kavkazdan kelgan.
Shaharga koʻchirib kelingan aholining asosiy qismi ruslar boʻlgan, chunki „Turkiston oʻlkasini boshqarish toʻgʻrisidagi Nizom“ga koʻra, faqat „davlatning qishloq aholisiga mansub xristian diniga eʼtiqod qiluvchi rus fuqarolari“ nigina mamlakatdan xavfsiz hududlarga koʻchirishga ruxsat berilgan.
Turkistonning deyarli barcha rus aholi punktlari Andijon tumanining shimoliy, shimoli-sharqiy va sharqiy togʻ etaklarida: Bozorqoʻrgʻon, Mingtyubinsk, Jalolobod, Koʻgart, Oʻzgan, Yassi, Barish volostlarida joylashgan.
Koʻchmanchilarning yana bir qismi Oʻsh tumanining Manyak va Qurbash volostlariga joylashtiriladi, chunki bu yerda qishloq xoʻjaligi sharoitlari rus va ukrain dehqonlariga tanish sharoitlarga oʻxshab ketardi.
Koʻchamnchi aholi uchun ajratilgan yerning eng katta qismi Andijonning chekka qismida boʻlib, u yerda Rus qishlogʻi (280 ta xonadon, 1974-yilgacha mavjud boʻlgan), Moskva va Pokrovskoye posyolkalari tashkil etilgan. Ular birinchi marta katta hajmdagi donli ekinlar maydonlarini kengatira boshlaydilar, bu esa keyinchalik vodiy aholisining katta qismini bug'doy va don bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, mahalliy aholi ruslardan yerga ishlov berishni yaxshilash usullarini ham oʻrgangan, bu esa ekinlarning koʻpayishiga, qishda chorva mollarini parvarish qilish va asalarichilikning rivojlanishiga katta yordam bergan.
Andijon tumanida va Turkistonda kartoshka, oq karam va gulkaram, pomidor, qand lavlagi, suli kabi ekinlar paydo boʻla boshlaydi. Mayin junli qoʻychilik ham mahalliy aholi orasida rivojlana boshlaydi.
Umuman olganda, ruslar va mahalliy aholi bir-biridan qishloq xoʻjaligida muhim hisoblanadigan koʻplab narsalarni oʻrganishadi, ruslar oʻzlari bilgan narsalarni mahalliy aholiga oʻrgatish mobaynida oʻzlari ham ulardan sugʻorish, bog'dorchilik va uzumchilik sohasidagi bilimlarni egallab olishadi.
Hozirgi vaqtda Andijonning o’rta asrlar davri (IX-XIX asrlar) to’g’risida va ayniqsa, uning XIV-XVI asrlardagi tarixi haqida yetarli darajada ma’lumotlar to’plandi. Xususan, shahar joylashgan manzil, Arki-a’lo, Shahriston, rabot chegaralari aniqlandi.
O'zbek tilining taraqqiyoti prosessida uning barcha sohalarida ma'lum o'zgarishlar yuz berdi. Bunday o'zgarishlar ayniqsa, uning leksikasi uchun juda harakterli hisoblanadi.
Bunda, birinchidan, tildagi ayrim so'zlarning eskirishi, istemoldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, tilda yangi so'zlarni paydo bo'lishi kuzatiladi. Bu ikkala hodisa ham tildagi ma'lum ob'ektiv sabablar asosida ro'y beradi. Hozirgi adabiy til nuqtayi nazaridan eskirgan so'zlarning jami eski qatlam (eski leksika) , yangi so'zlarning jami yangi qatlam (yangi leksika) deyiladi. Na eskilik, na yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar betaraf leksika ( o'tgan asrning ikkinchi yarimidan keyin, bu qatlam zamonaviy leksika deb yuritilgan ). Demak, o'zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo'lib o'rganish ma'qul hisoblanadi.
R.R.Sayfullayeva va boshqalarning ,, Hozirgi o'zbek adabiy tili'' kitobida keltirilishicha , hozirgi o'zbek adabiy tili leksikasining asosini betaraf leksika tashkil etib, bu leksika umumiste'mol leksika, qo'llanilishi doirasi chegaralanmagan leksika, faol leksika atamalari bilan ham yuritiladi. Ammo bulardan neytral leksika atamasini ishlatish leksemani tarixiylik belgisi asosida tasniflash nuqtayi nazaridan to'g'riroq ekanligi izohlangan. Zero, na eskilik, na yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'z faol yoki umumiste'mol so'zlar ham emas. Demak, faol yoki nofaol, umumiste'mol yoki qo'llanilish doirasi chegaralangan bo'lishidan qat'i nazar, eskilik va tilimizga mansub barcha yangilik bo'yog'iga ega bo'lmagan leksema hozirgi o'zbek tilining betaraf leksikasidir. Huddi shu qatlamni zamonaviy qatlam sifatida qabul qilgan professor SH.Shoabdurahmonov ham eskilik yoki yangilik bo'yog'iga ega bo'lmagan so'zlar zamonaviy leksikani ( zamonaviy qatlamni ) tashkil etishi haqida fikr yuritgan..
Eskirgan leksika. Eski qatlamga oid leksemalar o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1)tarixiy leksema; 2) arxaik leksema.
Tarixiy leksemalar hozirgi kunda yo'q, narsa- hodisalarni bildiruvchi so'zlardir. Ma'lum davrlarda bor bo'lgan, ayrim narsa- hodisalar jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yo'q bo'lishi, o'tmish hodisasiga aylanishi mumkin. Shu bilan bog'liq holda bunday narsa - hodisalarning atamasi bo'lgan so'zlar ham tarixiylik kasb etadi, tarixiy so'zga aylanadi. Misol uchun: Qozi, zobit, omoch, kuloch, qul, cho'ri, baqqol, xon, bek kabi. Tarixiy leksemalar bildiradigon narsa -hodisalar tarixiyligi sababli ularning ko'pchiligi ( ularning ma'nosi) hozirgi davr kishisi uchun noma'lum bo'ladi. Tarixiy leksema hozirgi o'zbek tilida ham zarurat taqozosiga ko'ra qo'llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asar va darsliklarda, o'tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksemalar cheklanmagan miqdorda qo'llanilishi mumkin. Misolllar: Dehqonlarning hisobiga ko 'ra, bug 'doylar besh botmon chiqishi kerak edi. (S.Ayn), Qozi Yunus barchasini xalqqa yaxshi bo'lishi uchun qilgandi.(Y.E). Bundan tashqari, ba'zi polesemantik leksemalarning ba'zi ma'nolari tarixiylashib, boshqa ma'nosi umumiste'molda bo'lishi mumkin. Masalan: millat leksemasini bir nechta semalarini shu asnoda kuzatish mumkin. 1.Yoshlar, keksalar, qizlar, juvonlar orasida turli millat vakillari -qozoq, qirg'iz, arman va yahudiylar ham ko'rinar edilar ( P. Trus). 2. Millatingni ayt: Ibrohim Xalilulloh millati. (,,Diniy rivoyatlardan''). Yuqoridagi birinchi gapda millat leksemasining ,,tarixan tashkil topgan madaniyati, tili, huquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi'' semasi voqelangan bo'lib, ushbu so'z neytral leksiska tarkibida mana shu semasi bilan yashasa, ikkinchi gapda unung ,, biror dinga mansublik'' tarixiy sememasi voqealanganligi bevosita kuzatiladi. Bundan ko'rinadiki, kop sememali so'zlarning biri eskirib, ikkinchisi yashovchan bo'lishi ham mumkin ekan.
Arxaizmlar bir so'z bilan aytganda o'z o'rnini boshqa leksemaga bo'shatib bergan birliklardir. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa - hodisa boshqa leksema bilan atalib, avvalgilari iste'moldan chiqib ketadi. Misollar: ulus ( xalq), aeroport ( tayyoragoh), samaliyot ( tayyora), tilmoch ( tarjimon), lang ( cho 'loq), ilik ( qo 'l) va b. Eskirgan so'zlar bildiradigon narsa - hodisalar hozirgi hayotda bor bo'lganligi sababli, o'z - o'zidan, tilda ularni ataydigon zamonaviy so'zlar, ya'ni sinonimlari ham bo'ladi. Yuqoridagi so'zlar bu fikrga misol bo'la oladi. Bu fakt shuni ko'rsatadiki, tilda narsa- hodisani bildiruvchi birdan ortiq so'z bo'lsa, til taraqqiyoti qonuniyatlari talablariga javob beradigoni istemolda qolib, boshqasi asta- sekin istemoldan chiqa boshlaydi va o'z sinonimiga nisbatan eski so'zga aylanadi. So'zlarning eskirishi (arxaiklashishi )ning asosiy sababi ana shunda. Tilda bo'ladigon o'zgarishlar birdaniga sodir bo'lmasligi ma'lum, davrlar o'tishi mobaynida, yuzaga keladigon ma'lum vaziatlar orqali asta- sekin yuzaga chiqadi. Ularning ayrimlarida eskilik darajasi kuchsiz , ba'zilarida esa, ortiqroq bo'ladi. Eskirgan so'zlarni hozirgi davr kishilari tushunishi ham , ular tomonidan qo'llanilish darajasi ham har xil bo'ladi. Masalan: muxr ( imzo ) hamda cherik (armiya ) so'zlarini oladigon bo'lsak, cherik so'ziga nisbatan muxr so'zi xalq tomonidan keng qo'llaniladi hamda ko'proq tushunarli bo'ladi. Bundan tashqari, ba'zi manbalarda keltirilishicha, ayrim so'zlar hozirgi davr kishilari uchun mutlaqo tushunarsiz bo'lishi, iste'moldan butunlay chiqib ketishi mumkin, bunday so'zlar ,, O'lik so'zlar'' deb yuritiladi. Misol uchun: budun ( xalq), bitik ( kitob).
Tarixiy leksemalar hamda arxaik leksemalar haqida aytilganlardan ma'lum bo'ladiki, bu ikki tur leksikaning bir qatlami ( eski qatlam)ga oid bo'lsa, ular boshqa boshqa hodisalardir. Quyida ular o'rtasidagi turli tafovutlar to'laroq ko'rsatiladi:
1. Arxaizmlar hozirda bor narsa- hodisalarning, tarixiy leksemalar esa, o'tmish narsa- hodisalarining atamasidir.
2. Arxizmning zamonaviy qatlamga oid sinonimi bo'ladi, tarixiy leksemalarning bunday sinonimi bo'lmaydi.
3. Arxaizm tildagi narsa- hodisani atovchi birdan ortiq so'zni bor ekanligi sababli paydo bo'ladi. Tarixiy leksemalar esa narsa- hodisalarning hozirgi hayotdan yo'qolishi sababli paydo bo'ladi.
4. Arxaizm o'z sinonimi bo'lgan zamonaviy so'zga nisbatan belgilanadi, tarixiy so'zlar esa so'z ataydigon narsa - hodisaning o'tmishga oidligi bilan belgilanadi.
5. Arxaizm nominativ va sitilistik funksiya bajaradi, tarixiy leksema esa faqat nominativ funksiya bajaradi. Shu xususiyatlariga ko'ra, tarixiy leksemalar o'tmishga oid narsa hodisalarni ifodalash talabi bilangina qo'llanadi, arxaizmlar esa boshqa maqsadlarda, ya'ni asar qahramonlari tilini individuallashtrish maqsadida qo'llanadi.
Shunday qilib, eski qatlamga oid bo'lgan so'zlarning semantik tasniflanishi, hozirgi davr kishisi uchun yot, tushunarsiz bo'lgan so'zlarga yanada oydinlik kiritishga asos boladi.
Yangi leksika. Yangi qatlamga oid bo'lgan so'zlar, tilda yangi paydo bo'lgan va yangilik bo'yog'i sezilib turgan leksemalardir. Bunday so'zlar ilmiy termin bilan, ya'ni neologizm deb yuritiladi. Neologizmlar umuman yangi davrda paydo bo'lgan so'zlar sifatida tushunilmasligi kerak. Biror so'zni neologizm deb hisoblashda uning yangilik bo'yog'iga egaligi asosga olinadi. Misol uchun: Fazogir, kitobsevarlar, oltintoparlar va sh.k. Yangi leksika semalarning tasnifiga ikkiga bo'linadi:
a) Sof yangi leksemalar tilimiz uchun, aslida, mutlaqo begona, lekin unga endigina kirib kelib, iste'molga joylashgan boshqa tilga xos leksik birliklar ( lizing, test, internet va b.). Bu qatlamga oid so'zlarni, asosan, turli sohalarga tegishli bo'lgan terminlarda ko'p uchratamiz. Yangi leksemalar davrlar o'tib neytral (bartaraf) leksikaga o'tib ketadi. Misol uchun: Televidinya so'zi asli yangi qatlamga oid so'z hisoblansada, lekin hozirgi paytda neytral qatlamga mansub so'zga aylangan.
b) Faollashgan leksema yangi leksikaning turlaridan bo'lib, ular umumiste'mol doirasidan chiqib ketgan va hozirgi kunda qayta ishlatila boshlagan so'zlar( hokim, viloyat, oqsoqol) kabi leksemalardir.
Faolllashgan leksemalarning sof leksemaladan asosiy farqi shundaki, ular o'z qatlamga oid ham, o'zlashgan qatlamga oid ham bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, tarixiylik jixatidan o'zbek tili leksikasini o'rganish hamisha dolzarb bo'lgan, jamiatda bo'layotgan turli voqea- hodisalarni o'rganishda, albatta, tarixga nazar tashlanadi va aloqa almashinuvida o'sha davrda foydalanilgan lug'at sostavi (leksik birlik)lari muhim ahamiyat kasb etadi, shu bilan bir qatorda tarixiy, badiiy asarlarni o'qish mobaynida to'laqonli ravishda tushunib yetish uchun tarixiy leksemalar, arxaizmlar muhim ro'l o'ynaydi.



Download 339.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling