Qorako’l qishloqlari nomlarining kelib chiqish tarixi!!!


Download 33.56 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi33.56 Kb.
#1131153
Bog'liq
Qorako\'l mustaqil ish.[2]


Qorako’l qishloqlari nomlarining kelib chiqish tarixi!!!
Qorako’l qishloqlar soni ko’p. Ularning barchasining nomlanishi to’g’risida to’liq ma’lumot yo’q.Shu bois qishloq nomlarining tarixan kelib chiqishi, milliy etnik jarayonlar bilan bog’liq jihatlari xususida ba’zi ma’lumotlar berildi.Zero, qishloq aholi maskanlari nomlarining ma’nosi va kelib chiqishining o’zi ham katta tarixdir va o’zlikni anglashda muhim rol o’ynaydi. Qishloq termini turkiy so’zdan kelib chiqqan va “qishda yashadiygan”, “qishlaydigan joy” degan ma’noni bildiradi. (Qishlov – qishloq).
1.Galabek – Gala, galachi qabilasi nomidan kelib chiqqan. Zaki Validiyning “O’zbek urug’lari “ deb nomlangan maqolasida qo’ng’irot qabilasiga kiruvchi besh tarmoqdan biri Qonjig’alining tarkibiga 14 kichik tarmoq kirishi, shularning ichida gala nomli urug’ bo’lganligi aytiladi. N.Xanikovning “Описание Бухарского ханства” (1843) kitobida ham Gala, Galachi nomli urug’ qo’ng’irot qabilasining tarkibida bo’lganligi qayd etiladi.
2.Arg’uni Mirob ariq – bu qishloq nomining kelib chiqishi suv nazoratchisi bo’lgan Arg’un nomi bilan bevosita bog’liq bo’lib, asosiy negiz – arg’un hisoblanadi. Tarixan arg’un termini o’zbek qabilalari tarkibida bo’lgan shu nomdagi turkiy qabila nomi bilan bog’liqdir.M.Qoshg’ariyning “Devon-ul lug’ati turk” kitobida ham ushbu nom arg’u shaklida keltirilgan . Amir Temurning “Tuzukot “ asarida ham uning nufuzli amirlari orasida arg’in qabilasidan chiqqan Arg’unshoh kabi amirlar borligi yozilgan. “Boburnoma”da Qorako’l Sulton Husayn Arg’un hokimlik qilgani ta’kidlanadi.Abdullaxon davrida (1580-yillarda) Amir Shohimbiy arg’un Qorako’lda hokimlik qilganligi ma’lum.
3.Osiyo- forsiydan tarjima qilinganda bu nom tegirmon ,aramiycha esa Sharq degan ma'noni anglatadi.
4.Olimlar- bu nom "alim " so'zidan kelib chiqqan bo'lib , "alam chekkan, azob ko'rgan odamlar degan ma'noni anglatadi.
5.Lakki - bu nom sergap, ko'ngilxushlikni yaxshi ko'ruvchi odamlar degan ma'noni anglatadi.Lakki so'zi kichik urug' nomidan olingan degan ma'lumotlar ham qayd etilgan.
6.Mo'ytob - qishloq nomining kelib chiqishi maskur qishloq aholisining kasb-koriga bog'liqdir. Bu toponim fors- tojikchadan o'zbek tiliga o'girilganda junga ishlov beruvchilar degan ma'noni anlatadi.
7.Tojikent- tojiklar qishlog'i degan ma'noni anglatadi.
8.Adham - arab-fors shevalarida "hammadan ko'ra raso", "obod joy" degan ma'noni anglatadi.
9.Zog'orakash - zax, ortiqcha suvlar tashlanadigan joy degan ma'noni anglatadi.
10.Qaymoqchi - qishloqning nomi qishloq aholisining o'tmishda chorvadorlik bilan shug'ullanganini ,sut mahsulotlari yetishtirish ularning asosiy mashg'uloti bo'lganligini anglatadi.
11.Pirlar - qishloqning nomi ko'p pir yashaydigan qishloq ma'nosini beradi.Lekin biror tarixiy manbada bu qishloqdan pirlikka loyiq biror tarixiy manbada bu qishloqdan pirlikka loyiq biror insonning yetishib chiqqanligini o'qimadik.Ko'pchilik keksalar qishloqning nomini Pillar(Fillar) tarzida talaffuz qilishadi va ba;zi qariyalardan o'tmishda qishloqda bir necha fil boqilganligi haqida eshitganimiz bor .Shnga qaraganda qishloqning nomi turkiy xalqlarning totemistik tasavvulariga -filni urug' rahnamosi ,homiysi deb biladigan tushunchalarga borib taqaladi.
12.Darg'abog'i - qishloqning nomi darg'aning , ya'ni shahar dorug'asining ,hokimining bog'i degan degan ma'noni bildiradi.
13.Qiyos - qishloqning nomi shu nomli arab urug'ining nomidan kelib chiqqan .Urug' boshlig'ining ismi Qiyos ota bo'lgan va Qorako'l vohasidagi 16 qishloqdagi arabiy aholi shu urug'dan tarqalganligi ayrim manbalarda qayd qilingan.
14.Shakarbek - qishloqning nomi antroponim asosida kelib chiqqan deb hisoblashga biz ko'proq moyilmiz .Qishloqning barpo etilishida Shakarbek ismli kishining xizmatlari ko'proq bo'lgan .Ma'lumot sifatida aytish mumkinki,shakar nomli etnik guruh ham mavjud bo'lgan.
15.Darg'ali- qishloqning nomi darg'asi bor joy degan ma'noni anglatadi. Ayni paytda o'zbek millati tarkibiga kirgan kichik etnik urug'lardan birining nomi darg'ali deb atalgan. Darg'ali yonida kishilarning xotirlashicha Raboti Juhud nomli to'por bo'lgan va unda bir nech oila mahalliy yahudiylar yashashgan.
16.Janafar- qishloqning nomi so'l tomon ma'nosini bildiruvchi "juvanvar" so'zidan kelib chiqqan.
17. Solo'r- qilichli, qilichi bor degan ma'noni anglatadi.Solo'r qishlog'ining nomi etnik nom bo'lib ,shu nomli o'g'uz qabilasining nomidan kelib chiqqan.
18.Ko'hna Urganji- qishloqning nomi urganchliklar , ya'ni xorazmliklar degan ma'noni anglatadi.
19.Obod chig'atoy- bu toponim 16-asr oxirida Buxoro aholisining chig'atoy va tojikka bo'linishi natijasida paydo bo'lgan .Mahalliy turkiy aholi ,hozirgi o'zbeklarning bir qismi va tojiklarning muayyan qismi o'sha paytda chingizxonning 2-o'g'li Chig'atoyxonga nisbat berilib , chig'atoylar deb atalgan. Ya'ni aholining ma'lum bo'lagi o'zini chig'atoy etnik guruhiga mansab deb bilgan.
20.Chatkash - chatishib ketgan degan ma'noni anglatadi. Bundan qishloq aholisining turli joylardan kelib, aralashib ketganligi anglashiladi. Qishloq tarkibiga etimologiyasi aniq bo'lmagan Gosh to'pori ham kiradi.
21.Qora qulonchi - qishloqning nomi qulon, qulonchi nomli o'g'uz urug'ining nomidan kelib chiqqan. Qulon - cho'lda yashovchi , hozirda O'zbekiston hududida deyarli erkin holda uchramaydigan yovvoyi eshakdir. Bu urug' vakillari qulon ovlash va uni qo'lga o'rgatish , sotish bilan shug'ullanishgan. Shundan mazkur urug'ning nomi, undan esa mazkur toponim paydo bo'lgan.
22. Chovli - shu nomli turkiy o'g'iz urug'laridan birining nomi . Chovli - daraxt novdalaridan to'qilgan ovqat suzadigan cho'lpi(cho'mich) sifatida ko'rsatilgan. Chovli mazkur urug'ning ramzi , tamg'asi hisoblangan.
23.Morli - ilonli , ilon ko'p joy degan ma'noni anglatadi.Lekin mazkur toponimning kelib chiqishini aniqlashtirish kerak. Chunki o;tgan asrdagi rasmiy hujjatlarda qishloqning nomi Morli, Morili,Moriali tarzida har xil yozilgan va ular har xil ma'noni anglatadi. Morli ilonli bo'lsa,morili morilik, moriali esa morining xalqi,eli demakdir.
24.Qunduq- qishloq Alixo'ja va Morli qishloqlari o'rtasida joylashgan . Qunduq so'zining turkiy tillarda va mahalliy aholi bevosita aloqa bo'lgan forsiy til shevalarida bir necha ma'nosi bor .Forsiy til shevalarida qunduq beva ayol, turk tilida sassiq ko'l, qadimiy turkiy tilda qunduq bug'doy va don solinadigan xumsimon idishdir.


Аҳоли пункти номи



Аҳоли пункти таркибига кирувчи маҳалла фуқаролар йиғинлари

Қоракўл шаҳри

1

м.ф.й. "Эски қалъа"

2

м.ф.й. "Чекирчи"

3

м.ф.й. "Тайқир"

4

м.ф.й. "Пахтакор"

5

м.ф.й. "Тинчлик"

6

м.ф.й. "Дўстлик"

7

м.ф.й. "Хўжалар"

8

м.ф.й. "Зарафшон"

Бандбоши шаҳарча

9

м.ф.й. "Бандбоши"

Дарғабоғи шаҳарча

10

м.ф.й. "Дарғабоғи"

Жиғачи шаҳарча

11

м.ф.й. "Жиғачи"

Қораҳожи шаҳарча

12

м.ф.й. "Қораҳожи"

Қуввача шаҳарча

13

м.ф.й. "Қуввача"

Мирзақалъа шаҳарча

14

м.ф.й. "Мирзақалъа"

Сайёд шаҳарча

15

м.ф.й. "Сайёд"

Солур шаҳарча

16

м.ф.й. "Солур"

Чандиробод шаҳарча

17

м.ф.й. "Чандиробод"

Шўрработ шаҳарча

18

м.ф.й. "Шўрработ"

Якка Аълам шаҳарча


м.ф.й. "Зиёрат"

Янгиқалъа шаҳарча

19

м.ф.й. "Янгиқалъа"

қ.а.п. Шўркўл

20

м.ф.й. "Пайкент"

қ.а.п. Қизилработ

қ.а.п. Морли

қ.а.п. Алика-хўжа

21

м.ф.й. "Алика-хўжа"

қ.а.п Қуйи Жанапар

қ.а.п. Юқори Жанапар

қ.а.п. Мўйтоб

22

м.ф.й. "Тожикент"

қ.а.п. Тожикент

қ.а.п. Галабек

қ.а.п. Катта Дурман

23

м.ф.й. " Дўрман"

қ.а.п. Дурман

24

м.ф.й."Қоракўл"

қ.а.п. Қаймоқчи

қ.а.п. Қозон -2

25

м.ф.й. "Қозон"

қ.а.п. Работлиқ

қ.а.п. Зағоракаш

қ.а.п. Хўжалар - 1

қ.а.п. Хўжалар -2

қ.а.п. Пирлар

қ.а.п. Ҳунармандлар

26

м.ф.й. "Янги турмуш"

қ.а.п. Мўйначи

қ.а.п. Лакки

қ.а.п. Мирхўжа

қ.а.п. Обод чиғатой

қ.а.п. Қўхна урганжи

қ.а.п. Олимлар

қ.а.п. Қозон -1

27

м.ф.й. "Ташаббус"

қ.а.п. Ташаббус

қ.а.п. Адҳам

қ.а.п. Қозон -3

қ.а.п. Янги қишлоқ

28

м.ф.й. "Истиқлол"

қ.а.п. Шайхлар

қ.а.п. Суп суп

қ.а.п. Сурмачи

қ.а.п. Қуйи Жалоир

қ.а.п. Дарғали

29

м.ф.й. "Дарғали"

қ.а.п. Қуйи оқработ

қ.а.п. Қиёс

қ.а.п. Орғун

қ.а.п. Мироб ариқ

қ.а.п. Томқишлоқ

қ.а.п. Шакарбек

30

м.ф.й. "Шакарбек"

қ.а.п. Чаткаш

қ.а.п. Қўлва

31

м.ф.й. "Қуйи Янгибозор "

қ.а.п. Кундаков

қ.а.п. Қуйи Сайёт

қ.а.п. Нимпойкол

қ.а.п. Қум қишлоқ

қ.а.п. Мирпўлат

32

м.ф.й. "Арна"

қ.а.п. Човурчи

қ.а.п. Арна

қ.а.п. Қандим

33

м.ф.й. "Деҳқонобод"

қ.а.п. Кўҳна Арабхона

34

м.ф.й. "Арабхона"

қ.а.п. Арабабдал

қ.а.п. Қоракулончи

35

м.ф.й. "Қоракулончи"

қ.а.п. Ваҳим

36

м.ф.й. "Ваҳим"

қ.а.п. Кетмондўғди

37

м.ф.й. "Кетмондўғди"

қ.а.п. Осиё

38

м.ф.й. "Осиё"

қ.а.п. Қораун

39

м.ф.й. "Қораун"

қ.а.п. Янги замон

40

м.ф.й. "Янги замон"

қ.а.п. Қўхна кулончи

қ.а.п. Хосхўрда

қ.а.п. Камолот

41

м.ф.й. "Камолот"

қ.а.п. "Ёйчили"

42

м.ф.й. "Човли"

қ.а.п. Қирқ калла

қ.а.п. Гулистон

қ.а.п. Навбахор

қ.а.п. Човли

қ.а.п. Мироб

43

м.ф.й. "Мироб"

қ.а.п. Фозилхўжа

қ.а.п. Оқ олтин

44

м.ф.й. "Оқ олтин"

қ.а.п. Боғи эрам

қ.а.п. Дўконча

қ.а.п. Манзилобод

45

м.ф.й. "Мустақиллик"

қ.а.п. Ободмиришкор

46

м.ф.й. "Маллаишайх"

қ.а.п. Рохати поён

қ.а.п. Юқори миробод

қ.а.п. Маллаишайх

қ.а.п. Янги қишлоқ

қ.а.п. Янгиобод

47

м.ф.й. "Хўжакон"

қ.а.п. Ҳунарманд

қ.а.п. Хўжакон

қ.а.п. Янги авлод

қ.а.п. Боғиканда

қ.а.п. Қумобод

48

м.ф.й. "Зиёрат"

қ.а.п. Ўрикзор

49

м.ф.й. "Реги Хайдар"

қ.а.п. Реги Хайдар

қ.а.п. Юқори Чармгар

қ.а.п. Роҳатибола

қ.а.п. Қундуқ

50

м.ф.й. "Қулончи"

қ.а.п. Ариқ бўйи Кулончи

қ.а.п. Кулончи













Download 33.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling