Tayanch tushunchalar
Giponimiya — lu’gat boyligidagi leksemalarning pog'onali aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari.
Giponim — tur tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Giperonim — jins (turkum) tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Graduonimiya — leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi.
Partonimiya — leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo'lak muno- sabatlarining ifodalanishi.
Adabiyotlar: 3 [12-26], 10 [8-16], 11 [51—59], 17 [4-158], 27 [173-175], 29 [69-174],
§. Til taraqqiyotining xalq tarixi bilan bog‘liqligi
O’zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi turkiy urug’ va qabilalardan o’sib chiqqan, demak, uning tili ham shu urug’ va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo’g’ullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirg’iz, turkman, tojik xalqlari bilan qo’shnichilik munosabatlari ham o’zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta’sir o’tkazgan, bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o’zbek- arab, o’zbek-tojik, o’zbek-qozoq, o’zbek-qirg’iz va o’zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo’lgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtayi nazaridan qaralganda, hozirgi o’zbek tilining lug’at boyligida ikkita yirik qatlam — o’z va o’zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo’Iadi.
125-§. 0‘z qatlam so‘z!ari
0‘z qatlam — o’zbek tili leksikasining umumturkiy so’zlar va sof o’zbek so’zlaridan iborat qismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |