§. Kasb-hunar leksikasi
Kasb-hunar leksikasi ijtimoiy mehnatning u yoki bu turiga, ishlab chiqarish, ilm-fan, adabiyot-san’at va hokazo sohalarga oid narsa-hodisa hamda tushuncha nomlaridir: degrez — «qozon, omoch tishi va boshqa cho‘yan asboblar quyuvchi usta», kavshar — «metall buyum, detal va sh.k.ni bir-biriga ulash uchun ishlatiladigan metall yoki qotishma», changchi, urug'chi, gultoj (botanikaga oid tushuncha nomlari) kabi. Bular tilshunoslikda professionalizmlar yoki professional leksika deb ham ataladi. Professional leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyotga oid qismi terminlar deb ham nomlanadi: fonema, motfema, semema (tilshunoslik terminlari), tangens, sinus, teorema, katet (matematika terminlari) kabi. («Terminlar» mavzusiga ham qarang.).
Kasb-hunar leksikasi (professionalizmlar), asosan, muayyan sohaga oid og‘zaki va yozma matnlarda faol qo‘llanadi, umumtil doirasida esa ular ancha passiv bo‘ladi. Bunday qatlam leksemalarining ishlatilish doirasidagi chegaralanish shu bilan belgilanadi.
§. Kasb-hunar leksikasidan uslubiy vosita sifatida foydalanish hollari
Kasb-hunar leksikasidan badiiy asar tilida ma’lum uslubiy maqsadlarda foydalanish holatlari ham uchraydi. Masalan:
Payshanba — maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat o ‘ralgan qurilish hovlisiga chang-to ‘zon ko ‘tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi. Chekkadagi ko ‘chma vagoncha oldida voshillab to ‘xtadi. Kabina eshigi ochilib, qo'ltig'iga qora sumka qistirgan kassir qiz — Faya sakrab tushdi. Vagoncha z,inasiga pildirab chiqib, baqirdi:
— Yigitlar, kelig'iz, zarplata olig ‘izJ
Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha tomonga birinchi bo ‘lib yurdi. Ketidan payvandchimiz Ikrom aka. Uning ketidan Erkin degan takeilajchi yigit. (0‘. H.)
Yuqoridagi matn parchasida qurilishdagi bir epizod yoritilganligi tufayli, unda betonchi, vagoncha, payvandchi, takeilajchi kabi qurilish leksikasiga oid so‘zlar ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |