H jamolxonov


§. Argotizm va jargonizmlar


Download 5.34 Mb.
bet129/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

§. Argotizm va jargonizmlar

Argotizm va jargonizmlar — biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Argo va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o‘g‘rilar, olibsotarlar, poraxo‘rlar va boshqalarning «yasama tili»dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida— yakan(«pu\»), ichuvchilar orasida-wovc/ja («araq»), qiz.il («vino») kabi.
Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o‘zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo'rttirib baholash ottenkalari ham mavjud bo'ladi. Masalan, talabalar jargonida: £/wm-«topshirilmagan imtihon», «qarz»; jonli so‘zlashuvda: yo ‘rg‘<7-«yengil tabiatli», «buzuq» va b.lar.
Argotizm va jargonizmlar, asosan, jonli so’zlashuvda, tor doirada ishlatiladi. Ulardan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Masalan: Bu qora yer yutkurning yo‘rg‘a chiqarishini yetti uxlab tushida kim ko ‘ribdi. (Hamza. Paranji sirlari.) Gapni aylqntirmang. Yog'liq joy. Yakan katta bo‘ladi! («Mushtum», 1960, 2).
Bir maktabda gap mish-mish,
Turg‘unning dumi bormish.
Xo‘sh, bu ajab, qanday dum,
Hech kimda yo‘q-ku bu dum?
Bilsam voqea o'zga,
Ilinmas qo'lga, ko'zga!
«Ikki» degan oti bor, na o'zi, na zoti bor...
(Q.M.)

  1. §. Vulgarizmlar

. Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo'llanadigan so’zlar: xunasa, dayus, so'tak, to'nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma’nolari adabiy til birligi sanalmaydi, ularni qo'llash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi, ammo badiiy asar tilida bunday so'zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Masalan: Uqizig‘ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi. (T.M.). Yolg'on gapirasan, xunasa, uyida bo'lmagansan. Ayvoniyo‘q uning (T.M.). Dayus, dayus Vali tog‘a, Mirvcüi tog'a dayus ... (S.Ahm.). Hosilboyvachchaga aytib qo ‘y: senikini artkuncha, o 'zinikini eplasin. Kelib- kelib o'shandan panoh iz.ladingmi, e soHak! (T.M.). Anavi to‘nkani nima qilamiz? ~ dedi Asadbek, jahlidan tushib ... (T.M.).
Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. lshlatilish doirasiga ko'ra leksemalar qanday guruhlanadi?

  2. Qanday so'zlarning ishlatilish doirasi chegaralanmaydi?

  3. Qaysi so'z turkumlarida ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar bor? Ularning turlari?

  4. Dialektizmlar nima? Uning qanday turlari bor?

  5. Dialektizm-so'z va dialektizm-ma’no qanday farqlanadi?

  6. Fonetik dialektizm va leksik-fonetik dialektizmning farqlarini tushun­tiring.

  7. Grammatik dialektizm haqida ma’lumot bering.

  8. Dialektizmlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladimi?

  9. Kasb-hunar leksikasi qanday so'zlarni o'z ichiga oladi?

  10. Terminlar qo'llanishi chegaralangan leksikaning qaysi turiga kiradi?

  11. Argotizm va jargonizmlar nima? Vulgarizmlar-chi?

  12. Dialektizm, professionalizm, argotizm, jargonizm va vulgarizmlardan nutqning qaysi turlarida uslubiy vositalar sifatida foydalaniladi?


Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling