12-Amaliy mashg`ulot
Download 16.63 Kb.
|
12-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars tipi
- Foydalaniladigan adabiyotlar: Asosiy adabiyotlar
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
12-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Leksemalarning ishlatilish doirasi. Dialektlarga xos so‘zlar. Leksik, fonetik va grammatik dialektizmlaming uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi. Argotizm va jargonizmlar.Vulgarizmlar. Reja: 1.Lug`aviy birliklar haqida. 2. Dialektizm turlari. 3. Argotizm va jargotizmlar haqida. 4. Vulgarizmlar. Maqsad: Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash. Talabalarda mavzu bo`yicha bilim, ko`nikma va malakani shakllantirish. Dars tipi: Olingan bilimlarni mustahkamlash tipidagi dars. Dars metodi: Klaster, aqliy hujum, test, tarqatmalar. Dars jihozi: Slayd, ko`rgazmali qurol. Darsni tashkil qilish: Darsni borishi. Mavzuni bayoni: Lug'aviy birliklar ishlatilish doirasi jihatidan avvalo ikkiga guruhlanadi: ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o'zbeklar uchun umumiy bo'lgan lug'aviy birliklar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi lug'aviy birliklar (yashash joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar) O'zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o'zbek tilida ga-piruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo'ladi. O`z-o'zidan, bunday lug'aviy birliklar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarni nomlaydi, tuyg'ularni ifodalaydi. So'z turkumlari nuqtai nazaridan yondashilsa, ishlatish doirasi chegaralanmagan qatlamga butunicha (ba'zi juz'iy istisnolar bo`ladi, albatta) yordamchilar kiritilishi lozim. Chunki, birinchidan, bunday birliklar o'zi ko'p emas; nutqda har gal shu oz miqdordagi birliklarga murojaat qilaveramiz. Ikkinchidan rdamchilar asli grammatik vositalar jumlasiga kiradi: bularda leksik tomondan ko'ra grammatik tomon ustun turadi. Grammatikalashish bu birliklarning nutqda umumiy va zaruriy bo'lishini ta'minlaydi. Undovlar ham ishlatilish doirasi jihatidan yordamchilar qatori baholanadi. Mustaqil turkumlardan son leksemalar va olmoshlarning deyarli barchasi ishlatilish doirasiga ko'ra chegaralanmagan bo'ladi. Qolgan turkumlarda (ot, sifat, fe'l, ravish, shuningdek, modal so'zlarda) har bir leksema ustida konkret fikr yuritishga to'g'ri keladi. Dialektlarga ko'ra voqe bo'ladigan ba'zi fonetik ayirmalarni hisobga olmaganda (chunki bu leksemalar adabiy nutqda yagona talaffuz me'yoriga bo'linadi), ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga ko'z, qo'l, oyoq, bilak, tirsak, yaxshi, yomon, qora, sariq, ko'k, kel, ket, o'tir, tur, yur, tez, erta, kech kabi ko'plab misollar keltirish mumkin. Hozirgi o'zbek tili leksik boyligining asosini xuddi shunday leksemalar tashkil etadi. Ishlatilish doirasi chegaralanmaganlik frazemalarga ham xos. Bunday frazemalar barcha o'zbeklar nutqida ishlatiladi: ko'z(i) etadi, ko'z(i) qiymaydi, ko'ngl(i) qora, qo'l(i) ochish, og'iz ochmaslik kabi. Hozirgi o'zbek tili frazeologik boyligining asosiy qismini xuddi shunday frazemalar tashkil etadi. Dialektizmlar umumtil lug'at boyligining nisbatan oz miqdorini tashkil etadi. Shu oz miqdordagi lug'aviy birliklardan ham adabiy nutqqa saylab kiritiladi. Dialektizmlarning umumtil boyligiga aylanishi ma'lum shart-sharoitga bog'liq. Masalan, shu dialektizm anglatgan ma'no uchun adabiy nutqda boshqa nom bo'lmasligi kerak, agar adabiy nutqda shunday: ma'noni anglatuvchi leksema bo'lsa, yangi qabul qilinayotgan leksema leksik ma'no qirrasida, uslubiy ba-hosida, nutqiy xoslanishida va boshqa jihatlarida. ayrimliklarga ega bo'lishi lozim. Argotizm ham asli jargonizmning bir ko'rinishi bo'lib, tarbiyasi buzuq, qo'li egri shaxslar orasida shu guruhning o'zigagina tushunarli ma'noda ishlatiluvchi leksema va frazemalar yig'indisidan iborat . Masalan, loy ("pul" ma'nosida), bedana ("nagan" ma'nosida), xit ("xavf" ma'nosida); havoga bulut chiqayapti ("ug'irlashga arzigulik manba bor" ma'nosida) kabi. Vulgarizm deb qo'pol, uyatli, haqorat leksema va frazemalarga aytiladi (lotincha ui1§apz —"qo'pol", "sodda"). Vulgarizmning yuqoridagi hodisalardan farqi shundaki, bu leksemalar tildagi o'z ma'nosida ishlatiladi. Bu leksemalarni ishlatish odob doirasidan chiqish deb baholangani sababli, ularni ishlatishdan qochiladi; bunday leksema anglatgan ma'no odatda boshqa leksemalar vositasida yoki tasviriy yo'l bilan anglatiladi. Foydalaniladigan adabiyotlar: Asosiy adabiyotlar: 1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet. 2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B. 2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B. 3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti 4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti. 5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU. Elektron ta’lim resurslari 1. www.tdpu.uz 2.www.pedagog.uz 3.www.Ziyonet.uz 4.www.edu.uz 5. tdpu-INTRANET.Ped 5.www.Google.uz Download 16.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling