Tayanch tushunchalar
Assimilatsiya — bir xil kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro moslashuvi.
Akkomodatsiya — turli kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro moslashuvi.
Nazalizatsiya - unli tovushlarning so'z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida rezonator ton bilan aytilishi.
Reduksiya — urg'usiz bo'g'indagi unlining kuchsizlanishi. Spirantizatsiya - portlovchi undoshning intervokal holatda sirg'aluvchi undoshga o'tishi.
Proteza — so'z boshida tovush orttirilishi.
Epenteza — so'z o'rtasida tovush orttirilishi.
Epiteza - so'z oxirida tovush orttirilishi.
Prokopa — so'z boshidagi tovushning tushib qolishi.
Sinkopa - so'z o'rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi. Apokopa — so'z oxirida tovush tushish hodisasi.
Sandxi — so'zning analitik shakllarida birinchi so'z oxiridagi tovush bilan ikkinchi so'z boshidagi tovush o'rtasidagi singishuv natijasida sodir boiadigän o'zgarishlar.
Aferezis — sandxining bir ko'rinishi.
Metateza — so'z tarkibidagi ayrim tovushlarning o'rin almashinuvi. - Dissimilatsiya — so'z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan birining noo'xshash tovushga ko'chishi.
Geminatsiya ~ so'z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi. Degeminatsiya — so'z tarkibidagi geminatsiyaning yo'qolishi. Sinerezis - so'z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |