Tayanch tushunchalar Assimilatsiya — bir xil kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro moslashuvi. Akkomodatsiya — turli kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro moslashuvi. Nazalizatsiya- unli tovushlarning so'z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida rezonator ton bilan aytilishi. Reduksiya — urg'usiz bo'g'indagi unlining kuchsizlanishi. Spirantizatsiya - portlovchi undoshning intervokal holatda sirg'aluvchi undoshga o'tishi. Proteza — so'z boshida tovush orttirilishi. Epenteza — so'z o'rtasida tovush orttirilishi. Epiteza- so'z oxirida tovush orttirilishi. Prokopa — so'z boshidagi tovushning tushib qolishi. Sinkopa - so'z o'rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi. Apokopa — so'z oxirida tovush tushish hodisasi. Sandxi — so'zning analitik shakllarida birinchi so'z oxiridagi tovush bilan ikkinchi so'z boshidagi tovush o'rtasidagi singishuv natijasida sodir boiadigän o'zgarishlar. Aferezis — sandxining bir ko'rinishi. Metateza — so'z tarkibidagi ayrim tovushlarning o'rin almashinuvi. - Dissimilatsiya — so'z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan birining noo'xshash tovushga ko'chishi. Geminatsiya ~ so'z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi. Degeminatsiya — so'z tarkibidagi geminatsiyaning yo'qolishi. Sinerezis - so'z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi.