§. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati
Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat:
So‘zning, xususan, fonetik so‘zning shakllanishida «qurilish materiali» va qoliplovchi vazifalarni bajaradi.-Ayrim tillarda bo‘g‘inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funksiyasi ham bor. Masalan, koreys, vyetnam, xitoy tillarida bo‘g‘in ohang turiga qarab so‘z ma’nosini farqlaydi, ayni shu xususiyati bo‘lgan tillarda u sillabema hisoblanadi. 0‘zbek tilida bo‘g‘inning bu funksiyasi nihoyatda kuchsizdir.
Bo‘g‘inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor: birinchi sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri yozishga o‘rgatishda, ularda to‘g‘ri talaffuz va imlo ko‘nikmalarini shakllantirishda bo‘g‘inlab o‘qitish va bo‘g‘inlab yozdirish yaxshi natija beradi.
Orfografiya qoidalarining bir qismi bo‘g‘in ko‘chirilishiga asoslanadi.
Bo‘inning she’riyatda turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta’minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she’riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Quyidagi she’riy parchalami qiyoslab ko‘raylik:
Kuy avjida uzilmasin tor,
She’r yarmida sinmasin qalam.
Yashab bo‘lmay umrini zinhor,
Bu dunyodan ketmasin odam.
(E. Vohidov. «Kuy avjida uzilmasin tor»).
She’rlarim — chechagim, hayotim,
She’rlarim boylikdir, bisotim,
Yomg‘irdan namlanmas qanotim,
Oshaman bulutlar tog‘idan!
(A. Umariy. «Yomg‘irda»).
Keltirilgan bu ikki she’riy parchani bir-biriga ohang jihatdan solishtirsak, ularning to‘qqizlik turkumiga mansubligi ma’lum bo‘ladi, shunga qaramay bu ikki she’rning ritmik xususiyatlari bir xil emas. Buning sababi shuki, ularning harbirida bo‘g‘inlarturlicha guruhlanib kelmoqda. Qiyos qiling:
h Kuy avjida4 / uzilmasin tor5 = 9 She’r yarmida4 / sinmasin qalam5 = 9 Yashab bo‘lmay4 / umrini zinhor5 = 9 Bu dunyodan4 / ketmasin odam5 = 9
Bo‘g‘in nima?
Bo‘g‘in tuzilishining qanday xususiyatlari bor?
Bo‘g‘in markazi nima?
Bo‘g‘inning qanday tiplari bor?
Bo‘g‘inga oid qanday tasniflarni bilasiz?
Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati nimalardan iborat?
Sillabema va sillabika deganda nimalar anglashiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |