H jamolxonov


Download 5.34 Mb.
bet64/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

§. Intonatsiya turlari

Intonatsiya turlari — intonatsiyaning yuqorida sanab ko‘rsatilgan prosodik elementlar ishtirokida shakllangan maxsus ko‘rinishlari. Ularga quyidagilar kiradi:

  1. Tugallangan intonatsiya. Har bir gap nisbiy tugal intonatsiyaga ega bo‘ladi.

  2. Tugallanmagan intonatsiya. Ayrim so‘z yoki so‘z birikmasining gap emasligini bildiradigan intonatsiya. Masalan: A ’lochi talaba (aniqlovchi- aniqlanmish qolipidagi birikma. Bunda intonatsion tugallik yo‘q). Talaba — a 'lochi: ega+kesim = gap. (Bunda gapga xos intonatsion tugallik bor).

  3. Darak intonatsiyasi — tinch ohang.

  4. So‘roq intonatsiyasi — ko‘tariluvchi ohang.

  5. Undov intonatsiyasi — fikrni kuchli his bilan ifodalashda qo‘llana- digan ohang. Bu ohang emotsional gaplarda qo‘llanadi.

  6. Chaqiruvyoki undash intonatsiyasi — undalinalarga, vokativ gaplarga, buyruq gaplarga xos intonatsiya.

  7. Sanash intonatsiyasi — teng grammatik munosabatda bo‘lgan so‘zlarni — uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi fonetik vosita.

  1. §. Intonatsiyaning til va nutqdagi roli

Intonatsiyaning til va nutqdagi roli: a) gapning intonatsion tugalligini ifodalovchi muhim vosita sifatida xizmat qiladi; b) gapning ifoda maqsadiga va emotsionalfikka ko‘ra turlarini farqlashda ishtirok etadi; d) sintaktik aloqalarni ifodalovchi muhim fonetik vosita sanaladi.
Tekshirish savollari

  1. Intonatsiya nima?

  2. Intonatsiyaning qanday prosodik elementlari bor?

  3. Intonatsiyaning turlari?

  4. Intonatsiyaning til va nutqdagi roli?

  5. Fonetikaning intonatsiyani o'rganuvchi bo'limi qanday nomlanadi?

Intonatsiya — og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari.
Nutq melodikasi — gapda ovozning ko‘tarilishi va pasayishi.
Nutq ritmi — urg‘uli va urg'usiz bo‘g‘inlarning, ulardagi cho'ziq va qisqa unlilarning qo'llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo'lishi.
Temp — nutq oqimining sur’ati, tezlik darajasi.

Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling